16-mavzu. Ayirish tizimi kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari Reja



Download 40,5 Kb.
bet10/14
Sana24.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#699739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Sabablari. Buyraklarga jinsiy a’zolardan kirib keladigan miikroorganizmlar kasallikning kelib chiqishida asosiy o‘rinda turadi. SHuning uchun asosan yaqinda tuqqan, tug‘ishning qiyin bo‘lishi va asoratlari kuzatilgan sigirlar kasallanadi. Sun’iy qochirish qoidalarining buzilishi ham kasallika sabab bo‘lishi mumkin. Ichak bakteriyalari, stafilakkok, streptokkok, protey va ichak tayokchalari pielonefritning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin. Hayvonlarning bo‘g‘ozlik paytlarida bachadon yoki oshqozonning meteorizmi va to‘lib qolishi paytida vena qon tomirlari va limfa tomirlarini qisib qo‘yishi oqibatida ham kasallik kelib chiqishi mumkin.
Kasalliklar oqibatida organizm tabiiy rezistentligining pasayishi, buyrak jomi va siydik xaltasida siydikning turib qolishi, gipovitaminozlar va sovuqda qolishlar ham pielonefritni keltirib chiqarish mumkin.
Rivojlanishi. Agar infeksiya buyrakga gematogen yo‘llar bilan tushsa, bakteriyalarning bir qismi to‘pchalardagi kapillyarlarda, arteriolalarda yoki Bauman-SHumlyanskiy kapsulasida qoladi, bir qismi provizor siydik bilan birga kanalchalarga o‘tadi, kanalcha so‘rg‘ichlari va buyrak jomining yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Birlamchi infeksiya urg‘ochi hayvon siydik yo‘llarida to‘planganda jarayonning keyingi tarqalishida «qovuq-buyrak», «jom-buyrak» reflekslari yordam beradi. Siydik yo‘lining perestaltikasi oqibatida infeksiya tushgan siydik qovuqdan buyrak jomiga qaytib tushadi.
Jom devori taranglashadi, ichki bosim oshadi, natijada bu erdagi mikroflora limfa va qon tomirlari orqali umumiy qon aylanish doirasiga o‘tadi. Bunday hollarda mikroblar jom shilliq pardasida, so‘rg‘ichlarda va so‘rg‘ichli yo‘lda yallig‘lanish chaqiradi. So‘rg‘ich qon tomiri va limfa yo‘liga o‘tib, so‘rg‘ich interetitsiol to‘qimasida yiringli yoki yiringli-nekrotik yallig‘lanishni chaqiradi. Yallig‘lanish jarayoni tarqaladi va yig‘uvchi kanalchalarni ham qamrab oladi. Qonga so‘rilgan mikroflora yana buyraklarga qaytib tushadi va u erda ham yallig‘lanishlarga sabab bo‘ladi.
Buyrak jomining yallig‘lanishi shilliq pardaning ko‘tarilishi va shilliq osti qavatning yiringli infiltratsiyasi bilan o‘tadi. Keyin jarayon siydik yo‘lining jom atrofi qismiga ham tarqaladi va ba’zan siydik yo‘lini butun bo‘yicha qamrab oladi. Oqibatda siydikning chiqib ketishining qiyinlashuvi, jom ichki bosimining oshuvi, buyrak sohasida og‘riq sezuvchanlikning kuchayishi, boshqa kasalliklarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Siydikning uzoq muddat davomida jomda turib qolishi jom devorining atoniyasi, yiringli ekssudatning to‘planishi, buyrak parenximasining emirilishi va yiringli ekssudat bilan to‘lgan bo‘shliqlarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Nefronlarning qaerda va qanday darajada emirilganligiga qarab siydik ajratish faoliyatida ham shunday o‘zgarishlar kuzatiladi. Kanalchalar reabsorbsiyasining pasayishi poliuriyaga, yallig‘lanishning to‘pchalarga tarqalishi va filtratsiyani buzilishi oliguriyaga olib keladi. Ajralayotgan siydikda jomdagi yallig‘lanish mahsulotlari va bakteriyalar bo‘lishi kuzatiladi.

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish