IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:(5 daqiqa). 4.1. ,, Aqliy hujum” metodi: 1. Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi, asosan, qanday ko‘rinishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi? 2. Mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining maqsad va vazifalari nimadan iborat edi? 3. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
O’tilgan mavzu yuzasidan test svollari:
1. Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd boshlig’ining uyini o’rab oldilar? 1878-yil-Mingtepa B) 1879-yil-Marg’ilon
C) 1880-yil noyabr-Xo’jand D) 1882-yilning boshlari-Namangan 2. Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi? A) 1885-yilning qishi B) 1885-yilning kuzi C) 1885-yilning yozi D) 1885-yilning bahori 3. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda ko’tarildi? 1878-yil-Mingtepa B) 1879-yil-Marg’ilon
C) 1885-yilning kuzi-Chust D) 1885-yilning yozi-Andijon 4. Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar? A) Yetimxon B) Mirkarimboy C) Darvishxon D) Rahmonqulixoji 5. Qachon Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) 1895-yil B) 1896-yil C) 1897-yil D) 1898-yil 6. Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlar xato berilgan javobni aniqlang. A) Naymanchi B) Ko’hnamozor C) Langarbob D) Yangibozor 7. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlarid agi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) Oqtepa B) Oqsuv-Shaxrixon C) Rishton D) Denov 8. Quyidagi xato ma’lumotni toping. A) mustamlakachi rus hukumati dastlab ko’chirib keltirilganlar qishloqlarini o’zbek, qirg’iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustqail bo’lishini ta’minladi B) mahalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga rahbarlarni mahalliy aholiga mansub bo’lmagan shaxslardan qo’ya boshladi C) general-gubernator o’z ma’ruzasida “isyonga moyil” aholi vakillarini oshkora etish haqida fikr bildirdi D) mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita konstitutsion sudga bera boshladilar 9. Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar?