4-topshiriq. Ushbu “Nilufar guli”dan foydalangan holda -lar qo‘shimchasining uslubiy xususiyatlariga taalluqli gaplar tuzing va ma'nosini izohlang.
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
1-topshiriq. Ixtiyoriy badiiy asardan sub'yektiv baho shakllariga doir misollar toping va ularni izohlang.
2-topshiriq. Qaratqich (-ning), jo‘nalish (-ga) va tushum (-ni) kelishigi qo‘shimchalarining o‘xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasi orqali izohlang.
Nazorat savollari:
1. Morfologik uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
2. Egalik qo‘shimchalari qaysi holatda tushirib qoldiriladi?
3. Qaysi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin?
4. Ko‘plik qo‘shimchasining qanday konnotativ ma'nolari bor?
5. -gina qo‘shimchasining ma'nolarini aytib bering.
6. Morfologik parallelizm deb nimaga aytiladi?
7. Egalik shakli grammatik ma'nosidan tashqari yana qanday ma'nolarda qo‘llanilishi mumkin?
8.Badiiy adabiyot tilida eng ko‘p uchraydigan epitetlar hosil qilishda qaysi so‘z turkumi qo‘llaniladi?
Testlar:
1. Ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda ta'kidlash, kuchaytirish ma'nolari ifodalanadigan otlar qaysi javobda berilgan?
a) aniq otlar.
v) mavhum otlar.
s) narsa otlari.
d) shaxs otlari
2. Butun va qismni bildirishda qaysi kelishik qo‘shimchalari ba'zan almashinib ishlatilishi mumkin?
a) qaratqich bilan bosh
v) tushum bilan chiqish
s) o‘rin-payt bilan jo‘nalish
d) tushum bilan jo‘nalish
3. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchiga almashtirish mumkin?.
a) Yuraklarda jaranglar kuyi, ohangi.
v) Biz paxtakormiz, suyagimiz mehnatda qotgan.
s) Hali butun qishloq vazmin uyquda.
d) Mayning to‘qqizida gilos pishdi.
4. Qaratqich kelishigi qaysi kelishik bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi?
a) o‘rin-payt kelishigi bilan
v) chiqish kelishigi bilan
s) jo‘nalish kelishigi bilan
d) tushum kelishigi bilan
5. Egalik qo‘shimchalarining qaysi biri birlik va ko‘plik uchun xos?
a) 1-shaxs shakli.
v) 2-shaxs shakli
s) 3-shaxs shakli
d) 2 va 3-shaxs shakllari
6. Egalik, kelishik, ko‘plik shakllari quyidagilarning qaysi biriga qo‘shiladi?
a) ot, olmosh, fe'l, son
v) ot, olmosh, sifat, son
s) ot, olmosh, sifat, ravishdosh
d) ot, olmosh, sifatdosh, ravish
7. Jamlik ma'nosi ifodalangan donalab sanalmaydigan narsa oti qaysi gapda qatnashgan?
a) Bolalarning shovqinidan boshlarim og‘rib ketdi.
v) Ko‘chaga qum to‘kilgan.
s) Yoshligingda bilim sirlarini egalla.
d) Inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zni aytishi kerak.
8. Qaysi gapdagi so‘zda egalik qo‘shimchasi xoslik, umumdan ajratilganlik ma'nosini ifodalagan?
a) Kunduz kunlari aniq ko‘rinadi.
b) Kecha dam olishimiz maroqli o‘tdi.
s) Ilon zahridan til zahri o‘tkirroq.
d) Toshkent shahri osmono‘par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan.
9. -lar qo‘shimchasi tasviriylik, ifodalilikni kuchaytirgan javobni belgilang.
a) Olimjonlar kelishdi.
b) Tuzlar guruhiga kiruvchi moddalarni aniqlang.
s) Opamlar salom aytdilar.
d) Ko‘z yoshlarini artdi.
10. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasi uslubiy ma'no ifodalamagan?
a) Shu payt qayerdandir ayol kishilarning shivir-shiviri eshitildi.
b) Hirotlar ham notinch bo‘lib ketdi.
s) Humoyun Mirzo kecha oqshomlarda muborak huzuringizga otlangan ekan.
d) U kishi ham diplom yoqladilarmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |