15-вариант мулоqот жараѐнида юзага келадиган зиддиятлар


Ishga oid muloqotlar pristiplari



Download 21,31 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi21,31 Kb.
#208917
1   2
Bog'liq
boshqaruv etikasi OH Zarifov Tohir

Ishga oid muloqotlar pristiplari:

  • suhbatdosh xodimning diqqatini jalb etish (suhbatning boshi).

  • suhbatdoshda suhbatga nisbatan qiziqish uyғotish ya’ni ma’lumot uzatish.

  • Fikriniasoslab berish (argumentastiya) .

  • suhbatdoshda qiziqish uyғota olish va har qanday shubhalarni bartaraf etish.

  • muloqot jarayonida suhbatdoshda qiziqish uyғotib bo’lgach, rahbarga ma’qul tushadigan so’nggi qarorga olib kelish (qarorni qabul qilishi).

Boshqaruvda yuzaga keladigan ziddiyatlar rahbar va xodim bir birini tushunmasliklari yoki rahbar yoki xodimning ishga ma’sulyatsiz yondashganligi, qa’tiyatsizligi, yoki o’zaro muloqot va odob axloq qoidalarini, muomala madaniyatini to’laqonli bilmasligi natijasida va juda ko’plab sabablar orqali yuzaga kelishi mumkin.

Muomaladagi ziddiyat - insonlar o‘rtasidagi muloqotlarda – so‘zlashish, fikr almashish, muzokara olib borish, baxslashishda biri ikkinchisini inkor etadigan ikkita muomala natijasida vujudga keladi. Ziddiyatli vaziyatlar asosida alohida shaxslar va guruxlarning qarama-qarshi fikrlari, maqsadlari hamda shu maqsadlarga erishishning vositalari yotadi.

2. Boshqaruvda rahbar uchun eng muhim talablardan biri - notiqlik mahoratini egallash, jonli so‘zning ta'sir kuchidan foydalana bilishdir.Notiqlik san'atini yaxshi egallagan rahbar so‘z qudratidan foydalanib, odamlarni o‘ziga qarata oladigan haqiqiy yo‘lboshchiga aylana oladi. Rimning buyuk notig‘i Siseron shunday degan edi: “Suxandonlik shunday sifatki, unga osonlikcha erishib bo‘lmaydi va u juda ko‘p bilim va mehnatdan tug‘iladi”.

Rahbar va u muloqotga kirishgan shaxs yoki auditoriya bir-biri bilan uzviy bog‘liq va u yoki bu masalani hal etishda o‘ziga xos tandemni tashkil etadi.Rahbarning muloqot o‘rnatish mahorati, o‘zgalarni ishontirish qobiliyatining ahamiyati va zaruriyati barcha davrlar uchun dolzarbdir. Zamonaviy rahbar targ‘ibot-tashviqot ishlarining o‘ziga xos qonun-qoidalarini bilishi, odamlar bilan muloqotda ularni qo‘llay bilishi ham lozim. Odamlarning ongini o‘zgartirish, ularni oliy maqsadlar sari yo‘naltirish kabi murakkab ijtimoiy vazifalarni uddalay olmagan kishi rahbarlik lavozimini egallashi mumkin emas.

Notiqlik san'ati murakkab san'at bo‘lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va tajriba talab etadi. Haqiqiy nutq katta mahorat va puxta tayyorgarlikning mahsulidir. Oddiy, madaniy va savodli so‘zlashni o‘rgangan notiq, notiqlik san'atini egallashga birinchi qadamni qo‘ygan hisoblanadi. Boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchunmuloqot madaniyatini o‘zlashtirish, jonli so‘z vositasida kishilarga tushuntira olish muhim ahamiyatga ega.

Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bulardi», - deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi.



. Alisher Navoiy o’zining «Muhokamatul lug’atayn» asarida har bir tilning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, o’ziga xos ijobiy tomonlari borki, ularni boshqa biror tildan topib bo’lmaydi, degan fikrni aytib, fors tili shuhrat topgan til bo’lishiga qaramasdan, turkiy tilda bo’lgan ba’zi bir imkoniyatlar unda yo’qligini bayon etadi va dalil sifatida o’sha davr o’zbek tilida amal qilgan 99 dona fe’lni keltirib ular fors tilida yo’q ekanligini ko’rsatadi.

Nutqiy chechanlik - notiqlik alohida qobiliyatdir. Mumtoz ma’nodagi notiqlik - bu alohida farqulotda nutqiy san’atdir. CHinnakam notiqlar notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat bilan bir qatorda o’z tili, nutqi ustida tinimsiz ishlash natijasida erishadilar. O’tmish va o’tmishga oid adabiyotlarda alohida nutqiy mahorat bo’lgan notiqlik ko’rinishlari odamlarning kundalik nutqidan, nutqiy faoliyatidan farqlanilgan. CHinnakam san’at, alohida qobiliyat ma’nosidagi notiqlik barcha kishilar uchun ham xos bo’lmagan. Har qanday nutq «notiqlik» namunasi (san’at sifatida) va uning egasi chin ma’noda «notiq» (san’atkor ma’nosida) degan gap emas. Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san’at sifatida insondagi maxsus, noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. SHu tufayli notiqlikni (ular orasidagi bog’liqlikni inkor etmagan holda) nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og’zaki nutq shakli nutqiy mahorat ma’nosidagi notiqlik bo’lavermaydi. So’zlash madaniyati haqida gap yuritiluvchi va hatto lektorlar, targ’ibotchilar (bular orasida ham haqiqiy ma’nodagi notiqlar kam uchraydi) mo’ljallangan asarlar ham bizningcha «Notiqlik san’ati» nomi bilan atalavermaslik kerak.
Download 21,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish