Iio xodimlarining kasbiy odob-axloq qoidalari qabul qilindi



Download 17,18 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,18 Kb.
#261816
Bog'liq
IIO xodimlarining kasbiy odob


IIO xodimlarining kasbiy odob-axloq qoidalari qabul qilindi

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy odob-axloq qoidalari tasdiqlandi.

2 dekabr 2017, 12:35   Jamiyat  

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 noyabrdagi ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash tartiblarini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida Xodimlarning odob-axloq qoidalarini o‘z ichiga olgan ichki ishlar organlarining intizomiy ustavi tasdiqlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, ichki ishlar organlarida хизмат intizomi har bir xodimning o‘z xizmat burchini hamda yuklatilgan ishga shaxsiy javobgarlikni yuqori darajada anglashi va chuqur tushunib yetishiga asoslanadi.

Xizmat intizomi har bir xodimni O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy aktlarga rioya etish, IIV kollegiyasi qarorlari, ichki ishlar vaziri farmoyish va buyruqlari talablariga qat’iy amal qilish, ichki ishlar organi xodimi qasamyodiga sodiq qolish va o‘z xizmat burchi - «Xalq manfaatlariga xizmat qilish"ni so‘zsiz ado etish majburiyatini yuklaydi.

РЕКЛАМА

Включить звук



"Gazeta.uz"da reklama

Xodim fuqarolarning huquqlari, erkinlik va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslar mulki, konstitutsion tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligi, shaxslar, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi, ogoh bo‘lish, davlat va xizmat sirlarini qat’iy saqlash, o‘z bilim va kasbiy ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish, malakasi va huquqiy madaniyatini oshirish, xizmatda bo‘lmagan vaqtda o‘z sha’ni va obro‘sini saqlashi, jamoat tartibini saqlash va odob-axloq qoidalariga rioya etishda namuna bo‘lishga majbur.

Odob-axloq qoidalari kasbiy etikaning umumiy tamoyillari va egallagan lavozim va vazifasidan qat’i nazar, xodimlarning xizmatga oid xulq-atvorning asosiy qoidalaridan tarkib topadi.

Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi xodim faoliyati samaradorligini baholashda asosiy mezonlardan biri bo‘ladi.

Odob-axloq qoidalari asosiy talablariga rioya etish quyidagilarni ko‘zda tutadi:

Fuqarolarga murojaat qilishda xushmuomalalik, kamtarlik va vazminlik, qaysi bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarga nisbatan kamsitish va afzal ko‘rishga yo‘l qo‘ymaslik;

O‘zbekiston Respublikasi hamda boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va an’analariga hurmat, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy va boshqa o‘ziga xosliklarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo inoqlikka ko‘maklashish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy jihatdan ko‘rib chiqish;

Fuqarolarda o‘z xizmat vazifalarini vijdonan ado etayotganiga shubha uyg‘otuvchi xatti-harakatlardan o‘zini tiyish, shuningdek ichki ishlar organlari obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mojaroli vaziyatlardan uzoqlashish;

Shaxsiy g‘arazlar yoki boshqa sub’ektiv sabablar xodimlarning qonun va odob-axloq qoidalari talablarini buzishi uchun xizmat qilmasligi lozim.

Qoidalar barcha xodimlarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish va uning profilaktikasida faol ishtirok etish majburiyatini yuklaydi. Xodimlar uni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilgan shaxslar, shuningdek boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgani unga ma’lum bo‘lgan har qanday huquqbuzarliklar to‘g‘risida o‘z boshlig‘i yoki vakolatli organlarga xabar berishi zarur.

Xodimlar xayrixoh, odobli va diqqatli bo‘lishi, fuqarolar va xizmatdoshlari bilan muloqotda sabrlilik va hurmatni namoyish etishi lozim. Xodimlar fuqarolarga nisbatan munosabatda qo‘pollik ko‘rsatmasligi, shaxslar sha’ni va obro‘sini yerga urishga yo‘l qo‘ymasligi, ruhiy va jismoniy ta’sir o‘tkazmasligi lozim.

Ishlash sharoiti va xizmat tadbiridan qat’i nazar, xizmat vazifalarini bajarishdagi xodimlarning tashqi ko‘rinishi aholida ichki ishlar organlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otishi, toza va tartibli bo‘lishi lozim.

Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodimlarga alkogol ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi.



Xizmatni ado etmayotgan vaqtlarda xodimlar umumqabul qilingan odob-axloq me’yorlariga rioya etishi va aksilijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
Download 17,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish