2. Qaysi olimlar o’simlik va hayvon turlari o’zgarmaydi, deb hisoblashgan?
A) Kyuve, Lamark B)Linney, Lamark
C) Linney, Kyuve D)Darvin, Lamark
3. Lamark hayvonlarni bosqichlarga ajratishda qaysi
organlar sistemasiga e’tibor qaratdi? 1.ovqat hazm qilish; 2.ayirish; 3.qon aylanish; 4.nafas olish; 5.nerv sistemasiga; 6.sezgi organlari; 7.jinsiy sistemasi
A)1.2.3.4.5 B)1.3.4.5.6 C)3.4.1.5 D)6.7.5.4.3
4. Kyuve biologiyaning qaysi sohalarida faoliyat
yuritgan? 1.solishtirma anatomiya; 2.anatomiya;
3.morfologiya; 4.embriologiya; 5.sistematika; 6.paleontologiya; 7.fiziologiya
A)2.3.5.6 B)1.3.4.5 C)1.2.3.4.5.6 D)2.3.5.6.7
5. To’g’ri fikrni aniqlang
A)Kyuve turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligni aniqlab, turlar o’zgaruvchan degan xulosaga kelgan
B)Lamark muhit muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab barcha organizmlarni 2 ta guruhga ajratdi
C)XVII-XIX asrlarda hayvon va o’simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o’rganish sohasida tadqiqiotlar olib borildi
D)Kyuve Linneydan farqli ravishda hayvonlarni klassifikatsiyaga solishda ayrim belgilarga emas, qon aylanish sistemasiga e’tibor berdi
6. Janubiy Amerikada uchrab Shimoliy Amerikada uchramaydigan tuyoqli sutemizuvchilarni aniqlang.
A) keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, zirhli B)lama,tapir,kabarga
C) yalqov, chumolixo‘r, zirhli D) lama,tapir
7. Shimoliy va Janubiy Amerika faunasidagi farqlar qaysi alohidalanish natijasida yuzaga kelgan?
A) Geografik B)ekologik C)fiziologik D)etiologik
8. Ch.Darvinning asari keltirilmagan qatorni toping.
A) “Turlarning paydo bo’lishi”,
B) “O’simliklar dunyosida chetdan va o’z-o’zidan changlanishnin ta’siri”
C) “Zoologiyaga kirish”
D) “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish”
9. Qaysi fan dalillari turlarning turg‘un emas, balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi ?
1.Geologiya, 2.zoologiya 3.paleontologiya, 4.arxeologiya
5.solishtirma anatomiya, 6.embriologiya 7.sistematika
A)1,2,3,4 B)1,3,5,6 C)2,4,6,7 D)3,5,7
10. Ongsiz (a)va ongli(b)tanlashga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang.
1. Bunda yaratilmoqchi bo‘lgan o‘simlik navi, hayvon zoti
qanday ijobiy belgi-xossalarga ega bo‘lishi oldindan rejalashtiriladi 2. Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytida vidra ovlashda unchalik ko‘mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb,yordam beruvchi itlarni saqlab qolinishi mislo bo`ladi 3.tarkibida yuqori sifatli kleykovina bo`lgan bug`doyning yaratilishi 4.zot va nav chiqarish uzoq muddat talab qiladi5. tanlash natijasining ko‘p jihatdan samarali 6.Ko`k qoya kaptari shu usulda keltirib chiqarilgan
A) a-2.4,6 b-1.3.5 B) a-1,3,5 b-2,4
C)a-2.4 b-1.3.5 D) a-4,6 b-3.5
11. Sun’iy tanlash natijasida inson tomonidan yaratilgan bitta turkumga mansub hayvonlarni toping.
A) cho’chqa zotlari, itlarning junsiz zoti
B) ko’k qoya kaptar, tovus kaptar
C) bo’rdoqi qo’y, cho’chqa zotlari
D) ko’p sut beruvchi sigir, bo’rdoqi qo’y
12. Bir yovvoyi ajdoddan (1) va ikki yovvoyi ajdoddan (2)
kelib chiqqan hayvonlar to’g’ri keltirilgan qatorni toping.
A) 1-karam; 2-it B) 1-qo’y, 2-tovuq
C) 1-kaptar, 2-sigir D) 1-sigir, 2-karam
13. Terisida bezlari rivojlanmagan hayvon zotlari keltirilgan qatorni toping.
1-yoroslavl 2-yakobin 3-muflon 4-kostroma 5-arxar 6-turman 7-axaltaka 8-qorabayir
A) 7,8 B) 3,5 C) 1,4 D) 2,6
14. Yangi nav va zot chiqarishda asosiy omil, ya’ni harakatlantiruvchi kuch nima?
A) irsiy o‘zgaruvchanlik va sun’iy tanlash
B)Tabiiy tanlash, irsiy o‘zgaruvchanlik
C)Irsiyat ,o`zgaruvchanlik. D)Irsiyat,Sun`iy tanlash
15. K. D. Belyayev faoliyati bilan bog`liq to`g`ri javoblarni ajrating. 1.Sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlagan 2. kumushsimon qora bo`rilar ustida kuzatish ishlarini olib borgan 3. ikkinchi guruhi kiruvchi odamga tashlanishga qo‘rqib turadigan formalarni chatishtirgan 4. sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan organizmlar olishga muvoffaq bo`lgan5.Genetik xususiyatlariga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik va fiziologik belgilari ham o‘zgargan.6.
Tajribada morfologik belgilari ya`ni tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan organizmlar olingan
A)1,3,5,6 B)2,3,4 C)1,4,6 D)1,3,4,5,6
16. Darvin sun’iy tanlashning muvaffaqiyatli chiqishi qanday omillarga bog`liq deb hisoblagan?
1.tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdan kamligiga, 2.organizmlardagi individual o‘zgaruvchanlikka, 3.seleksionerning tajribasi va sinchkovligiga, 4.tanlash olib borilayotgan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga,
5- tanlash ta’sirini sun`iy tanlash tufayli to‘plana borishiga 6.Organizmlarning yoshi va jinsiy tarkibiga
A)1,3,5 B)2,4,6 C)2,3,4 D)2,3,5
17. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan muayyan(a) va nomuayyan(b)ta’siri mos keluvchi javoblarni aniqlang.
1. bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘nalishda o`zgaradi 2.individual o`zgaruvchanlik 3.guruhli o`zgaruvchanlik 4. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi5.evolyutsiya jarayonida nisbatan katta ahamiyatga ega 6. evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi.
A)a-1,3,4,5,6 b-2,5 B)1,3,4,6 b-2,5
C)a-2,5,6 b-1,3,4 D)a-3,4,5 b-2,6
18. Kombinativ (a),mutatsion(b) o‘zgaruvchanlik uchun xos bo`lgan to`g`ri javoblarni ajrating.
1. organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi 2.Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. 3.meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi asosida kelib chiqmaydi 4. urug‘lanish paytida gametalarning tasodifiy kombinatsiyalari asosiga kelib chiqadi.5. foydali, neytral va zararli bo‘ladi 6.xromosomalar chalkashuvi va genlarning
rekombinatsiyasi asosida kelib chiqadi. 7. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadi
A)a-2,4,3,6 b-1,5,7. B) a-2,4,6 b-1,5,7
C) a-1,5,7 b-2,4,6. D) a-1,3,5,7 b-2,4,6
19. Gen (a) va xromasoma(b) mutatsiyalariga xos bo`lgan tog`ri xususiyatlarni ajrating.
1.Nisbatan ko`proq tarqalgan 2.Mikroskopda aniq ko`rsa bo`ladigan mutatsiyalar .3.xromasomalar soni o`zgaradi 4.polidaktiliya misol bo`ladi 5.Tug`ma karlik misol bo`ladi 6.Deletsiya misol bo`ladi 7.Gemofiliya dominant gen kasalligi 8.inversiyada xromasoma ayrim qismini 180 0ga o`zgartiradi8.braxidaktiliya dominant gen kasalligidir.
A) a-1,3,5,8 b-2,6,7 B)a-2,3,6,7 b-1,4,5,8
C)a-1,4,5,8 b-2,3,6,7 D)a-1,4,5,8 b-2,6,7
20. Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash;(a) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash (b) organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi(c)ga mos keluvchi javoblarni ajrating.
1.sutemizuvchilarda mavsumiy tullash 2.Qo`ng`ir ayiqlarning yashash joyi uchun kurashi 3.Bug`doyzorda yorug`lik uchun kurash 4.hayvonlarning qishki uyquga ketishi 5.yirtqichlik 6.qushlar migratsiyasi 7.kannibalizm 8.bo`ri va tulkilarning o`lja uchun kurashi.9.Kulrang kalamush tomonidan qora kalamushlarning siqib chiqarilishi 10.Gorillalar o`rtasida gala boshchiligi uchun kurash
A)a-5,8,9,7b-2,3,10 c-1.4.6 B)a-5,8,9 b-2,3,7,10 c-1.4.6
C)a-5,8,9,4 b-2,3,10 c-1,7,6 D)a-5,8,9,10 b-2,3,7 c-1.4.6
21. O’simliklarning qaysi shakllarida quyosh nurini tutib
qolish uchun raqobat kuzatiladi?
1.daraxtlar. 2. Butalar 3, chala butalar. 4.o’tlar
A) 4,1 B) 2,3 C) 1,3 D) 1,2
22. Noto’g’ri fikrlar (a) va to’g’ri fikrlar(b) ni misollar bilan juftlang. 1. Qoqio’t , uy pashshasi ,ituzum va baqalar ko’p nasl qoldiradi. 2. Ko’p hollarda qoldirilgan naslning barchasi voyaga yetib nasl beradi. 3. Darvin yashash uchun kurashning 3 xilini farqlagan.4. Hind maynasi Markaziy Osiyoda ko’p tarqalgan. 5. Turlararo kurash doimo juda shiddatli bo'ladi
A) a-2,5 b-1,3,4 B) a-1,3,4 b-2,5
C) a-2,4,5 b-1,3 D) a-1,4,5 b-2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |