1-topshiriq:
matnni o’qing;
matnga munosabat bildirib so’zlang. Oxirgi yillarda sportchilarimiz erishgan yutuqlarni aytib bering;
quyidagi termin va iboralarning ma’nosini eslab qoling.
Chempion [ingl. champion < fr. champion - jangchi; kurashchi] - Sportning biror turi bo‘yicha shahar, viloyat, mamlakat yoki jahon birinchiligi uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘lgan sportchi yoki sport jamoasi. Bugun hammaning og‘zida bir gap: Rustam Qosimjonov - shaxmat bo‘yicha jahon chempioni!
Boks [ingl. box - musht urish, zarb] - Ikki raqibning maxsus qo‘lqop kiyib, ma’lum qoidalar asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasi. Harbiyda boks sportiga qiziqib, razryad ham olibdi.
Inshoot [qurilishlar, binolar] - Turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.
Taekvando [koreyscha: taz-oyoq, kvon - qo‘l, do-yo‘l: oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li, usuli] - Erkak va ayollarning o‘z vazn toifalarida (yakka va jamoaviy), belgili qoidalar asosida, oyoq va qo‘llar bilan zarbalar berishdan iborat sport kurashi turi. Xalqaro taekvando federatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |