15-mavzu. Tabiat va inson



Download 0,7 Mb.
bet1/20
Sana31.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#419411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15 мавзу


15-MAVZU. TABIAT VA INSON

Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Abu Ali ibn Sino
Ekologik xavf


XX asrda texnikaning rivoji, xalq xo‘jaligi va kundalik turmushni kimyolashtirish, Yer yuzida aholi sonining keskin ko‘payishi oqibatida tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yer, suv va havoning inson hayotiga zararli darajada ifloslanishi natijasida ekologik tanglik xavfi paydo bo‘ldi.
Buning birinchi sababi jamiyatga motorlarning keng ko‘lamda kirib kelishi bo‘lib, XIX asrning oxiri - XX asrning ilk yillaridan boshlandi; keyingi yuz yil ichida dunyo motorlar olamiga aylandi: hozirgi davrda jahon bo‘yicha necha million avtomobil, paroxod, parovoz, lokomobil, samolyot, mototsikl, yaxta, kemacha, turli yoqilg‘ida va yonilg‘ida ishlaydigan elektrostansiyalar, isitish qurilmalari va hokazolarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Yoqilg‘ida va yonilg‘ida ishlaydigan har bir motor yoki motorli inshoot, aslida, insonga kerakli kislorodni iste’mol qiluvchi raqibdir. Motorlar tutab, bir tomondan, insonga yengillik va qulaylik tug‘dirsa-da, ikkinchi tomondan, atrof-muhitni ifloslantiradi, inson yashayotgan muhitni izdan chiqarib, uni turli kasalliklarga duchor qiladi.
Ekologik tanglik xavfi yuzaga kelishining ikkinchi manbai - kimyolashtirish, qishloq xo‘jaligida, chorvachilikda, sanoatda, transportda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida kimyoviy moddalardan keng foydalanishdir. Bu jarayon O‘zbekistonda ham namoyon bo‘ldi, sariq kasali bo‘yicha respublikamizning jahonda “yetakchi” o‘ringa chiqishiga olib keldi, turli kasalliklarning keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ekologik tanglik xavfi o‘sishining uchinchi sababi - aholining talablari va unga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatning takomillashishi natijasida paydo bo‘ladigan iflos chiqindilarning ko‘payishidir (turli ishlatilgan qog‘oz, karton, quticha, butilka, flakon, oziq-ovqat qoldiqlari va hokazolar).
Jamiyat hayoti izchil ilmiy negizda tashkil qilinib, u fan tavsiyalari va tibbiyot qonunlari asosida olib borilsa, ekologik tanglik xavfini kamaytirish va asta-sekin zaruriy muvozanatga erishish mumkin.
O‘zbekistonda ekologik tanglik xavfi, ayniqsa, katta e’tiborni talab qiladi. O‘zbekiston - qadimiy boy sivilizatsiyaning markazlaridan biri. Uning aholisi zich joylashgan va yil sayin o‘sib bormoqda. Keyingi yuz yil ichida (1897-1997) O‘zbekistonda aholi soni o‘n barobar o‘sdi. Ammo suvni iste’mol qilish, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati takomillashishi bilan, sug‘oriladigan yerlar sathi kengayishi sababli, o‘n besh barobar o‘sdi. Suv beradigan manba esa o‘sha ikkita - Amudaryo va Sirdaryo. Ko‘z o‘ngimizda yuzaga kelayotgan bu nomutanosiblik ekologik ahvolni yanada jiddiylashtirishi mumkin.

1-topshiriq:

  1. matnni o‘qing;

  2. matndagi asosiy fikrni ajratib, ijodiy so’zlab bering;

  3. quyidagi termin va iboralarning ma’nosini yod oling.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish