15-mavzu. Sug‘oriladigan yerlarda zovurlar, ularning ahamiyati va turlari Reja


-jadval  Ba`zi elementlarning suv bosgan holatdagi o‘zgarishi



Download 236,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.06.2022
Hajmi236,7 Kb.
#632470
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-мавзу Zovurlar

-jadval 
Ba`zi elementlarning suv bosgan holatdagi o‘zgarishi 
Elementlar 
Odatdagi shakli 
Tuproqni suv bosgan 


holatdagi o‘zgarishi 
Uglerod 
Karbonat angidrid 
Metan (SN
4
)ning 
murakkab aldigedlari 
Azot 
Nitrat (NO
3
), 
Azot (N) va NH
2
amidlari, 
ammiak 
Oltingugurt 
Sul`fat (SO
4

Vodorod sul`fid (H
2
S) 
C. Drenaj -tushunchasi 
Bu tuproq qatlamlaridagi erkin yoki gravitatsion suvlarini tuproq qatlamla-
rida to‘planib tuproqni namiqtirishidan saqlash hamda o‘simliking o‘sishi, 
rivojlanishi uchun qo‘lay sharoit yaratish maqsadida ortiqcha suvni chiqarib 
tashlashdir.
(i) Zaruriyati
Odatda quruq iqlim sharoitlarida botqoqlanish muammosi yo‘q joylarda 
drenaj zarur emas deb hisoblanadi. Lekin, arid mintaqalarning juda ko‘p sug‘ori-
ladigan joylarida, kanallar, suv havzalari va sug‘orish tarmoqlaridan shimilish (suv 
o‘tkazuvchnalik) yuqori bo‘lgan joylarda drenaj muhim hisoblanadi. Sug‘orish va 
drenaj sistemasi sug‘orish amaliyotida arid mintaqalarda tuproq suv balansini 
optimal saqlashga imkon beradi. Nam mintaqalarda drenaj asosan ortiqcha 
yog‘inlar tufayli zarur hisoblanadi. Drenaj uchun quyidagi shartlar talab qilinadi. 
• sizot suvlari sathinnig yuqoriligi. 
• suvning uzoq vaqt davomida yuzada saqlanishi. 
• tuproq pastki qatlamlariga dala nam sig‘imidan ortiqcha namlikning, 
ayniqsa loyli tuproqlarda juda sekin o‘tishi. 
• sho‘rlanish va ishqorlanish bor joylarda yillik bo‘g‘lanish miqdori yog‘inlar 
miqdoridan oshadigan, sizot suvlariingi kapillyar orqali ko‘tarilishi yuqori bo‘lgan 
joylari. 
• nam hududlarda uzluskiz yoki ko‘p miqdorda yog‘inlar yog‘adigan joylar. 
• yaxshi strukturali tekis yer. 
• tepaliklar bilan o‘ralgan past tekislik joylari. 
(ii) Yaxshi drenaj tizimi xususiyatlari
• doimiy bo‘lishi (ishlashi) kerak. 
• butun hudud uchun etarli quvvatga ega bo‘lishi kerak. 
• ekin etishtirish ishlari bilan kam bog‘langan bo‘lishi kerak yoki ularning 
ta`siriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. 
• ekin maydonlari yerlari minimal darajada yo‘qotilgan bo‘lishi kerak (yoki 
ko‘p yerlarni drenaj zovurlari egallamasligi kerak).
1
• ma`lum vaqt ichida to‘plangan suvlarni qisqa vaqt ichida chiqarib tashlashi 
kerak.. 
(iii) Drenaj usullari
Drenaj tizimining 2 usuli mavjud; 1. Yuza (sayoz) usuli, 2. Pastki yuza 
(o‘tacha sayoz) usuli yuza drenaji - bu birinchi navbatda, tuproq profili yuzasidan 
ortiqcha suvni olib tashlash uchun mo‘ljallangan. Bu tuproq qatlamlarida ortiqcha 
1
Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. r. 408-409. 


suvlar erkin chiqib ketadigan nishabi past joylarda amalga oshirilishi mumkin. U 
quyidagi yerlarga to‘g‘ri keladi: 
• sekin suv o‘tkazadigan loyli, mayda tuproqli yerlarda. 
• kuchli, ko‘p yog‘inlar yog‘adigan hududlar 
• etarli darajada suvlar chiqib ketmaydigan dalalarda. 
• nishabligi 1,5 % dan kam bo‘lgan dalalar. 
bu dalani yaxshilab tekislash va chuqurroq ariqlar qazish orqali amalga 
oshirilishi mumkin. Yuza drenaj quyidagi turlarga ajratilib tasniflanadi: 
• bosimli ko‘tariluvchan (Lift) drenaj. 
• gravitatsion drenaj. 
• yuza drenaj. 
• zovur drenaj.
2
2. Ochiq zovurlarning rejali joylashtirish, zovurlar orasidagi masofa, chuqurligi va 
nishabligi. 
Ochiq zovurlar asosan O‘zbekistonning eskidan sug‘orilib keladigan yerlarida 
qo‘llaniladi (Mirzachul, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida) Ochiq 
zovurlar bir-birlariga tutashgan ma`lum chuqurlikda va ma`lum masofada qazilgan 
kanal chuqurlardir. 
Bunday zovurlar loyhali va loyhasiz bo‘lishi mumkin. 
Loyihali zovurlar tekis yerlarda, loyihasiz zovurlar esa adir yoki relefi notekis 
bo‘lgan yerlarda qo‘llaniladi. 
Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo‘ladi. 
1.Zovurlar (gruppa) 
2.Yig’ish zovurlari. 
3.Kollektorlar. 
4.Bosh kollektor. 
Ochiq zovurlar ekskvatorlarda qaziladi. Kavlashda zovurlar nishabligi 0,001-
0,002 (1000 m masofadagi farq 1-2 m) va ularning qiyaligi hamda tuproqning 
mexanik tarkibi hisobiga olinadi. Agar tuproqning tarkibi og‘ir soz bo‘lsa 1:0,5, 
O‘rtacha bo‘lganda 1:1, va engil tarkibli bo‘lganda esa 1:1,5 nisbatda bo‘ladi. Shu 
tarkibda kavlanganda zovurlardan oqayotgan suvning tezligi 0,25-0,40 m/sek 
bo‘lishi kerak. 
Ochiq zovurlarning chuqurligi 2 ga bo‘linadi: 1.Umumiy chuqurligi-yer 
yuzasidan zovurning tubigacha bo‘lgan masofa. 2. Ish chuqurligi-yer yuzasidan 
zovurdagi suvning yuzasigacha bo‘lgan masofa. 
Zovurlarning chuqurligi sizot suvining satxidan pastda turishi kerak, shunday 
chuqurlikda bo‘lgan yerlarda u samarali faoliyat ko‘rsatadi. Zovurlarning chuqur-
ligi sizot suvlarining chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Gruppa zovurlar chuqurligi-2,5-3 m. Yig‘ish zovurlari-3-3,5 m. kollektorlar-
4-5 m. chuqurlikda kalanishi maqsadga muvofiqdir.
Zovurlarni rejali joylashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zovurlar yerning 
asosiy nishabligi bo‘ylab ikki sug‘orish tarmog‘ini o‘rtasiga joylashtirilgani ma`-
qul. Chunki kanallardan filtir-langan suvlar shu zovurga tushishi kerak. Zovurlar 
2
Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. r. 409. 


nishablikka nisbatan bo‘ylama joylashtirilganda ko‘ndalang joylashtirishga 
nisbatan ancha afzaliklarga ega. 
Bo‘ylamada sizot suvlari katta tezlikda oqib keladi va zovurdan tez oqib 
chiqadi kam loyqa bosadi. 
Ochiq zovurlar orasidagi masofa quyidagi omillarga bog‘liq buladi: Tuproq-
gruntining suv o‘tkazmaydigan qatlam chuqurligiga, tuproq-gruntning suv-fizik 
xossalariga territoriyalarning tabiiy zovurlashganlik darajasiga, sizot suvlarining 
pasayish tezligiga va qabul qilingan sizot suvlarning maqbul sathiga, hamda 
zovurlarning oqim moduliga. 
-jadval 
Zovurlar orasidagi masofaning kattaligi. 
Sizot suv 
chuqurligi 
Tuproqning mexanik tarkibi 
og‘ir 
o‘rta 
Engil 
2-3 
1-2 
0-1 
250-300 
200-250 
100-150 
300-400 
250-300 
150-200 
400-600 
300-400 
200-300 
Zovurlarni samarali ishlash-ini aniqlash uchun zovur oqimi modul aniqlab 
boriladi.Zovur oqimi moduli deb - bir gektar yerdan bir sekund davomida zovur 
orqali chiqib ketayotgan suv miqdoriga aytiladi. 
Zovurlarning o‘rtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek, sho‘r 
yuvish davomida esa 0,50-0,85 l/sek ga ko‘payshi mumkin. 
Amaliyotda kuchli sho‘rlangan va sho‘rxok yerlari o‘zlashtirishda hamda 
sizot suvlari yer yuzasiga juda yaqin joylashgan yerlarda ochiq muvoaqqat 
(vaqtinchallik) zovurlardan ham keng foydalaniladi. 
Ochiq muvaqqat zovurlarning chuqurligi 0,8-1,2 m, tuproqning mexanik 
tarkibi bo‘yicha orasidagi masofa 40-80 m bo‘ladi. Ochiq muvaqqat zovurlar S-
100 markali ikki traktorga tirkalgan KM-800, KM-1200 markali kanal qazigichlar 
yordamida olinadi va ular ochiq doimiy chuqur zovurlarga tutash-tiriladi. 
Sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarda yopiq va tik (vertikal) zovurlardan ham 
keng foyda-laniladi. 

Download 236,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish