15-mavzu.O’zbekistonda Biznes va xususiy
Tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari
Dars o’quv maqsadi.
Dars o’quv maqsadi bo’lib, O’zbekistonda Biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning Davlat dasturi,ular orasida
xo’jalik aloqalarining yo’lga qo’yilishi va Biznes va xusu-siy tadbirkorlikni
rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi-ningmazmunini
bayon qilish
va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.
Biznes va xususiy tad- birkor-
likni
rivojlantirish
Davlat
dasturi.Milliy
iqtisodiyot.Iqtisodiyot
sektorlari.Biznes korxonalari.Yirik biznes korxonalari.
Maruzani o’tish usuli (metodi).
Maruza “Bilaman . Bilishni xohlay-
man . Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar
11.1.
O’zbekistonda Biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-
rishning Davlat dasturi.
11.2.
Biznes va
xususiy tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotning turli
sektorlarida rivojlanishi.
11.1.
O’zbekistonda Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlan- tirishning
Davlat dasturi.
O’zbekiston Respublikasida Biznesning
rivojlanishdagi mavjud
muammolarning yechimini topish va 2007-2015 yillarda istiqbollashtirila-
yotgan parametrlarni ta’minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini
oshirishning yo’nalishlarini aniqlash va ular chora- tadbirlarni belgilashni
talab etadi.
O’zbekiston Respublikasida Biznes faoliyatini rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-
Biznesning huquqiy-me’yoriy va tashkiliy
asoslarini iqti- sodiyotda
turli omillar ta’sirida ro’y berayotgan o’zgarishlarga mos ravishda uzluksiz
takomillashtirib borish;
-
davlat tomonidan Biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash
mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mam-
lakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan
holda amaliyotga qo’llash;
-
Biznesning innovasiya negizida rivojlanishini ta’minlash bo- rasida
chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
-
Biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlar
samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini
harakatga keltirish negizida qulay investisiya muhitini yaratish;
-
Biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishning moddiy ta’minotini
takomillashtirish;
-
Biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomil- lashtirish;
-
Biznes sohasi uchun malakali raqobatbardosh kadrlarni
tayyor- lash;
-
Biznesda kooperasiyani chuqurlashtirish.
Mamlakat iqtisodiyotida Biznes subyektlarining ulushi va ahamiyatini
tubdan oshirish maqsadida dasturda quyidagi yo’nalishlarda kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
-
tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va faoliyat yuritishning
huquqiy me’yoriy bazasini takomillashtirish. Bunda mansabdor shaxslar
tomonidan buyruqbozlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida
ularning mas’ulligini oshirishga muhim e’tibor qaratiladi;
-
Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
davlat tomoni- dan
tartibga solish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik tuzilmalari faoli-
yatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noqonuniy va asossiz
aralashuvi holatlarini bartaraf etish;
-
yirik korxonalarni tarkibiy o’zgartirish natijasida bo’shab qolgan no-
turarjoy binolar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini kichik
korxonalarga berish;
-
yirik sanoat korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun
importga mo’ljallangan yehtiyot qismlar, detallar va kerakli uskunalar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish Dasturni amalga oshirish;
-
Biznes uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini
takomil- lashtirish va
sifatini oshirish.
Biznes tadbirkorlik faoliyatini oshirishda davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash samarasini oshirish maqsadida dasturda quyidagilarni amalga
oshirishi lozim:
-
davlat organlari, tadbirkorlarning jamoat tashkilotlari va tijorat
tuzilmalari bilan hamkorligini ta’minlovchi mexanizmni takomillashtirish;
-
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan investis-
ion loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy xomashyo
resurslaridan
foydalanishni yaxshilash, qo’shimcha ishchi o’rinlarni tashkil
etishga ko’maklashish;
-
doimiy faoliyat ko’rsatadigan ko’rgazma va texnologik uskunalar, mini
texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish;
-
Biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish im-
koniyatlarini yaratish;
-
Biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdan iborat.
Kichik biznesni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida
Dasturda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
-
moliyalashtirish va sug’urta loyihalarini amalga kiritishni kengaytirish,
kafolat berish va mexanizmini takomillashtirish;
-
operasiyalarini qo’llash;
-
lizing;
-
byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga
imtiyozli kreditlash va
mikrokreditlash;
-
Biznes subyektlariga lizing asosida uskunalar sotib olishni mablag’lar
bilan ta’minlash;
-
tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish va aylanma
mablag’larni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirishga qaratil-
gan kreditlar berish mexanizmlarini takomillashtirish;
-
mahalliy xomashyodan chet el kredit liniyalari, shuningdek milliy val-
yutadagi mablag’larni jalb yetgan holda tayyor mahsulot ishlab
chiqaradigan miniuskunalar yaratish amaliyoti davom ettiriladi.
Biznes subyektlarining moddiy-texnik ta’minoti kelgusidagi 2008-2015
yillarda amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
-
birja, auksion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish;
-
zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish.