4-ilova
Blits-so’rov
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha.
Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi?
Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi?
Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering.
5-ilova
«Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish
Ma’naviy-axloqiy tarbiya
|
|
Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi o’rni.
|
|
Insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalangan barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga turli illatlarning salibiy ta’siri.
|
1.
|
|
1.
|
|
2.
|
|
2.
|
|
3.
|
|
3.
|
|
4.
|
|
4.
|
|
5..
|
|
5..
|
|
6- ilova
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilьm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.
Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.
O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |