Adabiyotlar ro’yxati:
Pedagogika // M.X.Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 252-257;
Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B.153-155;
Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. – T.: Fan, 1995;
Hasanboev J., Turopova M., Hasanboeva O. Ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002;
Elektron ta’lim resurslari:www.pedagog.uz. www.ziyonet.uz
2-ilova
Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: talabalarga ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish metodlariga doir bilim berish. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni borasidagi ma’lumotlarni berish.
3-ilova
“Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob
1. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?
2. Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang
3. Fuqarolik nima?
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik1.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.
Madaniyat («kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
“Ma’naviyat - moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”.1 (Yusupov E).
“Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa”2
Do'stlaringiz bilan baham: |