Buxgalteriya hisobini tashkiliy ta’minlashning mazmunini ta’riflang.
Buxgalteriya hisobini texnik ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
Hisob siyosati qanday hollarda o‘zgartiriladi?
TEST TOPSHIRIQLARI 1. Hisob siyosatini tarkibi qanday? A) Buxgalteriya hisobining uslubiy, texnik va tashkiliy ta’minoti
B) Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti
S) Buxgalteriya hisobining texnik ta’minoti
D) Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti
2. Korxonaning hisob siyosati kim tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi? A) №1 “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli BHMS talablari va tavsiyalari asosida korxona bosh buxgalteri tomonidan tuzilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi
B) Korxonaning bosh buxgalteri tomonidan biznes-reja asosida tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi
S) Korxona bosh iqtisodchisi tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi
D) Korxona menejerlari tomonidan tuziladi va rahbari tomonidan tasdilanadi
3. Hisob siyosati shakllantirishning uslubiy jihati ... A) Korxonada mulklar va majburiyatlarni baholash, amortizatsiya hisoblash va h.k. usullaridan qaysilari foydalanishini ko‘rsatadi
B) Hisob usullarining hisob registrlarida qanday amalga oshirilishini ko‘rsatadi
S) Buxgalteriya xizmati tuzilishi nuqtai nazaridan hisob usullarining qanday amalga oshirilishini ko‘rsatadi
D) Dastlabki hujjatlarni qanday tuzishni aks ettiradi
4. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq qancha muddatga ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi? A) Bir yilga
B) Bir chorakka
S) Korxonaning butun faoliyat davriga
D) Besh yilga
5. Korxona faoliyatini aks ettiradigan sintetik va analitik scho‘tlardan iborat hisob siyosati tarkibiga kiritiladigan “Ishchi scho‘tlar rejasi” buxgalteriya hisobining qaysi talablarini hisobga olgan holda tuziladi? A) Hisob va hisobotning o‘z vaqtidaligi, to‘liqligi
B) Faoliyat uzluksizligi
S) Mulkiy alohidalik
D) Bir-biriga zid kelmaslik
6. Korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida avval amal qilingan yoki birinchi marta vujudga kelgan xo‘jalik muomalalarini hisobga olish usulining hisob siyosati bilan tasdiqlanishi hisob siyosatining o‘zgartirilishi deb tan olinadimi? A) Yo‘q
B) Ha
S) Ha, agar ushbu usullar korxona faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasa
D) Ushbu holati №1 “Hisob siyosati va mliyaviy hisobot” nomli BHMSda aks ettirilmagan