15-Mavzu: Korruptsiya-xufyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi Ma’ruza rejasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#537128
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu



15-Mavzu: Korruptsiya-xufyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi 
Ma’ruza rejasi:
15.1. Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
15.2. Korruptsiya-iqtisodiy muammolar manbai.
15.3. BMTning Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha universal 
konventsiyasi. 
15.4. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari. 
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar:
axborot xavfsizligi, iqtisodiy 
xavfsizlik, axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, axborot xavfsizligiga 
tahdidlar, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi. 
 
 
2.7.1.Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. 
"Korruptsiya" atamasi lotincha "corruptio" so‘zidan kepib chiqqan bo‘lib, 
"buzish", "sotib olish" degan ma'noni anglatadi. Ushbu ikki so‘z korruptsiyaning
mazmun va mohiyatini belgilab beradi. Masalan, Rossiyada chop etilgan “Yuridik 
korruptsiya”ning entsiklopediyasida mansabdor shaxslarning o‘zlariga berilgan 
huquq va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishlaridan 
iborat bo‘lgan siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat"
1
deb 
ta’riflangan.
1979 yil 17 dekabr qabul qilingan “Mansabdor shahslarning huquq-tartibotni 
saqlash borasidagi axloq kodeksida: "...korruptsiya tushunchasi milliy huquqda 
tariflanishiga muhtoj" deyilgan, biroq, ushbu hodisaning taxminiy ta’rifi berilgan: 
«...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati yo‘lida mansab 
yuriqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida amalga oshirgan 
har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi»
2

Korruptsiyani bunday tushunish rossiyalik olimlar tomonidan yaratilgan 
kriminologiya fanida ham mavjud. Masalan, A.I.Dolgova korruptsiyani «davlat 
1
Юридическая энциклопедия. 2-е изд., перераб. — М., 2003. 
2
Уголовный кодекс Республики Казахстан. — Алматы, 2007. 


xodimlari yoki boshqa xizmatchilarning sotilishi va shu asosda ularning rasmiy 
xizmat vakolatlari, ular bilan bog’liq, obro‘si va imkoniyatlaridan shaxsiy yoxud tor 
guruxiy, koriorativ manfaatlari yo‘lida foydalanishlarida ko‘rinadigan ijtimoiy 
hodisa»
3
sifatida ta’riflagan. 
N.F.Kuznetsova korruptsiyani «davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining 
xizmatchilarini sotib olishda ifodalanadigan ijtimoiy xavfli xodisa»
4
deb ta’riflagan. 
Biroq, korruptsiyani faqat sotilish, poraxo’rlikdan iborat bo‘lmagan ijtimoiy hodisa 
sifatida kengroq tushunish to‘griroq bo‘ladi. 
«Korruptsiya» tushunchasini АQSh olimlari chuqurroq va har tomonlama
o‘rganganlar. Аmerikalik tadqiqogchilar ushbu hodisani siyosiy arboblar, davlat 
apparatining xodimlari, tadbirkorlar va boshqa shaxslarning shaxsiy, oilaviy yoki 
guruhiy manfaatlar yo‘lida boyish hamda o‘z ijtimoiy maqomini oshirish maqsadida
o‘zlarining rasmiy majburiyatlari va davlat funktsiyalarini bajarishdan bo‘yin 
tovlashlari deb ta’riflaydilar
5

Davlat xizmatchisi ham davlat funktsiyalari ijrosining zanjiridagi xalqa bo‘lib,
o‘z mavqeidan ko‘nikmagan taqdirda davlat faoliyati shakllanadigan butun zanjirga 
zarar yetkazishi, ya’ni qonunga xilof ish qilishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun davlat amaldorini zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajarishga undovchi 
sharoitlar yaratish kerak, aksincha emas
6

Korruptsiyaning yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarini tahlil qilib, umuman 
olganda, korruptsiyaga quyidagi belgilar xosligini ko‘rsatish mumkin: 
-
bu, avvalo, aniq, yuridik ta’rifi bo‘lmagan ijtimoiy hodisa;
-
oxir-oqibatda u rivojlanayotgan butun fuqarolik jamiyati va davlatning 
chirishiga olib keladi, bunda korruptsion ko‘pchishlar jamiyat hayotining kundalik 
normasiga aylanadi; 
3
Криминология / Под ред. А.И. Долговой. - М., 1997. 
4
Криминология / Под ред. Н. Ф. Кузнецовой, Г. М. Миньковского. - М., 1994. 
5
Михайлов. А.В. Борьба с коррупцией в СШ А (80-е годы) / / Вопросы истории. — 1994. — №5. 
6
Каранг: Исмагулов Д. К. Причины и условия коррупционных правонарушений в государственных органов. 
/ / Материалы научной конференции молодых ученых Казахстана. Проблемы и перспективы развития 
Казахстана как правового и демократического государства: взгляды и суждения молодежи. — Алматы, 2007. 


-
mazkur huquqbuzarlik subyektlarining muayyan doirasi mavjud (bular, 
avvalo, davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bulgan xizmatchilar, shaxslar, 
shuningdek, xususiy sektorda boshqaruv funktsiyalarini bajarishga vakolatli 
shaxslardir); 
-
mazkur subyektlarning o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining 
huquqiy maqomi va obrusidan (fuqaro sifatida o‘zining emas, balki aynan lavozim-
ning obrusidan) xizmat (ya’ni davlat xizmati va xususiy sector tashkilotlaridagi 
xizmat) manfaatlariga hamda huquq va axloqning belgilanganlariga xilof tarzda 
foydalanishlari; 
-
mazkur subyektlarning ham shaxsiy boyish maqsadida, ham boshqa shaxslar 
manfaatlari yoxud korporativ manfaatlar yo‘lidagi faoliyati. 
Shunday qilib, korruptsiya-jamiyat va davlatning chirishidan iborat ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va o‘zga boshqaruv 
funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga 
ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining 
maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda belgilangan huquq va axloq, 
qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yo‘lida foydalanadilar. 
Hokimiyat organlaridagi korruptsiyaga kelsak, bizningcha, uni quyidagicha 
ta’riflash mumkin: korruptsiya — davlat hokimiyatining chirishidan iborat ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va uzga boshqaruv 
funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga 
ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining 
maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda mavjud huquq va axloq, 
qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yoki guruxiy manfaatlar yulida foydalanish 
tushuniladi. 
Jahon tajribasiga ko‘ra, nodavlat tashkilotlari yoxud xususiy sektordagi 
korruptsiya hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) 
rahbari uning nizomida ko‘rsatilgan vazifalarga rioya etishi shart, biroq, u huddi 
davlat amaldori singari o‘z shaxsiy g’araz manfaatlari yo‘lida yoki boshqa birov 


foydasiga o‘ziga tegishli bo‘lmagan boyliklarni tasarruf etish, tashkilot manfaat-
lariga zid harakatlar qilish imkoniga ega. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish