15-Mavzu: Korruptsiya-xufyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi Ma’ruza rejasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana08.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#537128
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

quyidagilardan iborat: 
– sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga 
qonunga xilof ravishda ta’sir o’tkazish shart-sharoitlarini istisno etish; 
– davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga va yuqori 
lavozimlarga tayinlashning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini 
shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag’batlantirish choralari hamda 
korruptsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro’yxatini belgilash; 
– davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-
bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo’lishini ta’minlash, 
shuningdek, davlat xizmatini o’tashda manfaatlar to’qnashuvini hal etishning 
tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 


– korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni 
himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; 
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda 
korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish; 
– davlat organlarining hisobdorligi va faoliyati shaffofligini oshirish; 
– fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining 
chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korruptsiyaga qarshi choralarni 
tayyorlash, o’tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish. 
O’tgan davrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona Qo’mitasi tomoni-dan 
ham korruptsiyaga qarshi kurashish borasida qator tashkiliy-amaliy ishlar bajarildi. 
Bojxona organlarida shaxsiy tarkibning kasbiy odob-axloq printsiplari va xulq-
atvor qoidalarini belgilash, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarni oldini olishga 
qaratilgan “O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari 
xodimlarining odob-axloq qoidalari” to’g’risida DBQning 2016 yil 28 martdagi 66-
buyrug’i qabul qilindi. 
2018 yil 12 aprel kuni qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat 
bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi Farmonga binoan, bojxona organlari tizimida korruptsiya 
ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustah-
kamlash va davlat bojxona xizmati obro’sini oshirish O’zbekiston Respublikasi 
bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. 
Davlat bojxona qo’mitasi veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurash” nomli 
maxsus rukn tashkil qilinib, shu mavzudagi xabar va yangiliklar joylashtirib 
kelinmoqda. 
Jamoatchilikka ob’ektiv va tezkor axborot etkazish maqsadida Davlat bojxona 
qo’mitasining Facebook ijtimoiy tarmog’ida rasmiy sahifasi (
https://www

facebook.com/UZDBQ/) hamda Telegram messenjerida rasmiy axborot kanali 
(https://t.me/customschannel) va guruhlari (@exportgtkuz) ishga tushirilgan. 
Korruptsiyaning oldini olishga oid funktsional vazifalarini amalga oshiruvchi 
bo’lim, guruhlar tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar asosida zarur chora-


tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’z xavfsizlik boshqarmasi va uning 
hududiy tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkib o’rtasida qonunchilik va xizmat 
intizomga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni 
amalga oshiradi, salbiy holatlar bo’yicha xizmat tekshiruvlari o’tkazadi. 
O’z navbatida, bojxona organlarida korruptsiyani oldini olishga qaratilgan 
ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida Qo’mita rahabtiyati tomonidan muhim 
vazifalar belgilab olingan. Bular jumlasiga: 
– idoraviy korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan 
ichki dasturni ishlab chiqish va uni barcha darajadagi bo’lim-postlarda samarali 
amalga oshirish; 
– rahbarlar nazoratiga shaxsiy tarkib o’rtasida korruptsiya bilan bog’liq 
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etilishiga sabab 
va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish majburiyatini kiritish; 
– korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun harbiy 
xizmatdan bo’shatilgan va lavozimidan chetlashtirilgan shaxslar haqida xizmatda 
foydalanish uchun mo’ljallangan film-roliklar tayyorlash va shaxsiy tarkib o’rtasida 
namoyish etish; 
– shaxsiy tarkib orasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar profilak-
tikasini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar faoliyatining samaradorligini 
baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar. 
Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tish joizki, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida 
qabul qilingan har bir me’yoriy hujjat ertangi O’zbekistonning hayotida korruptsiya 
degan illatning tamoman yo’qolishiga qo’yilayotgan katta qadamlardir. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish