15-Mavzu: Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#668919
Bog'liq
Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi



15-Mavzu: Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi
Reja: 
1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari 
2. Ilmiy uslub va sohaviy terminlar. 
3. Olinma so’zlar orqali kirib kelgan ilmiy atamalar 
Tayanch so’z va iboralar: 
Sof ilmiy uslub va ilmiy-ommabop uslub, ilmiy 
atamalar; 
Ilm-fan 
sohasida 
qo'llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub dalilly ma'lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta`rif-
qoidalarga) ega bo'lish, atamalarining keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq 
qiladi. 
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy 
atamalarning keng qo’llanishi xos bo’lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab 
darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy 
munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining 
o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub 
ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar 
faqat bir ma’noda qo’llanilib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini 
ko’rsatadi, masalan 
o’zak, negiz, yasovchi qo’shimcha, turlovchi va tuslovchi 
qo’shimchalar, shakl yasovchilar 
kabi atamalar so’z tarkibiga oid lingvistik 
tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: 
Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta 
tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. 
(Ona 
tili darsligidan). 
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib 
olinganligi 
sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. 
yig’indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi 
(«Fizika» darsligidan). 
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo’linadi:
1) sof Ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.) 
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo’llaniladi. 
Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi. 


Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad 
qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan 
sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi 
uchun izohlanadi. 
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. 
Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. 
Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika 
fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil 
formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi. 
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, 
jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar 
davlat, tergov, alibi, kodeks 
yurisprudentsiya tarmoqlarida; 
jamiyat, ong, tafakkur, 
mushohada 
falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi, 
qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish 
so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi. 
Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan 
shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, 
shunga qaramasdan 
kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar 
ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni 
aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi. 
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap 
qismlarini bog’lash uchun 
shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga 
ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra 
kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. 
Ko’p qo’llaniladigan 
birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak 
shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi. 
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. 
Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: 
dalillar keltirilgan, tajriba 
o’tkaziladi, foydalaniladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy 
belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi 
asosiy xususiyatlar hisoblanadi. 


1-Mashg’ulot. 
 
«Tadbirkorlikka 
keng 
yo'l», 
«Kichik 
korxonalar 
hayotidan», 
«Bozor 
infrastrukturasi», kabi mavzulardan birida ilmiy-ommabop matn tuzing, matnning 
o'ziga xos tomonlarini izohlang. 
2-Mashg’ulot. 
Uch guruhga bo'lining: 1-guruh texnika, 2-guruh niatematika, 3-guruh 
tilshunoslik faniga oid atamalarni yozib izohlasinlar. 
3-Mashg’ulot. 
Nutq uslublari haqida klaster tuzing va shu asosida matnni gapirib 
bering. 
Nutq 
uslublari
 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish