15-Mavzu: Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi
Reja:
1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
2. Ilmiy uslub va sohaviy terminlar.
3. Olinma so’zlar orqali kirib kelgan ilmiy atamalar
Tayanch so’z va iboralar:
Sof ilmiy uslub va ilmiy-ommabop uslub, ilmiy
atamalar;
Ilm-fan
sohasida
qo'llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub dalilly ma'lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta`rif-
qoidalarga) ega bo'lish, atamalarining keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq
qiladi.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy
atamalarning keng qo’llanishi xos bo’lib,
barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab
darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy
munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining
o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub
ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar,
qoidalar, qonunlardir. Atamalar
faqat bir ma’noda qo’llanilib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini
ko’rsatadi, masalan
o’zak, negiz, yasovchi qo’shimcha, turlovchi va tuslovchi
qo’shimchalar, shakl yasovchilar
kabi atamalar so’z tarkibiga oid lingvistik
tushunchalarni ifodalaydi. Masalan:
Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta
tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni.
(Ona
tili darsligidan).
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib
olinganligi
sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan.
yig’indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi
(«Fizika» darsligidan).
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo’linadi:
1) sof Ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.)
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo’llaniladi.
Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng
ommaga yetkazish maqsad
qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan
sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi
uchun izohlanadi.
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi.
Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas.
Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika
fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil
formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan,
jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar
davlat, tergov, alibi, kodeks
yurisprudentsiya tarmoqlarida;
jamiyat, ong, tafakkur,
mushohada
falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi,
qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish
so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslubda qo’shma
gaplardan
shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda,
shunga qaramasdan
kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar
ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni
aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap
qismlarini bog’lash uchun
shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga
ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra
kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi.
Ko’p qo’llaniladigan
birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak
shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi.
Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi:
dalillar keltirilgan, tajriba
o’tkaziladi, foydalaniladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy
belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi
asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
1-Mashg’ulot.
«Tadbirkorlikka
keng
yo'l»,
«Kichik
korxonalar
hayotidan»,
«Bozor
infrastrukturasi», kabi mavzulardan birida ilmiy-ommabop matn tuzing, matnning
o'ziga xos tomonlarini izohlang.
2-Mashg’ulot.
Uch guruhga bo'lining: 1-guruh texnika, 2-guruh niatematika, 3-guruh
tilshunoslik faniga oid atamalarni yozib izohlasinlar.
3-Mashg’ulot.
Nutq uslublari haqida klaster tuzing va shu asosida matnni gapirib
bering.
Nutq
uslublari