15-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy ta’minoti



Download 136,57 Kb.
bet11/14
Sana31.03.2022
Hajmi136,57 Kb.
#520613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
15 мавзу (1)

1-rasm. Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasi yo’nalishlari12
Ushbu strategik vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi (26.08.2004) Qonunining qabul qilinishi byudjet ijrosi­ning g’aznachilik tizimiga o’tilishiga asos soldi. 2005 yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yilda) uning negizida Moliya vazirligi G’aznachiligi tashkil etildi.
2007 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.
Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarini amalga oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag’­lar­dan tashqari, Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag’lari, Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko’zda tutilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – byudjet tizimining to’liq shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini ularning oluvchilariga etkazishda kechikishlarga, qarzdor­likka yo’l qo’ymaslik, byudjet mablag’laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi mexanizmlarini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlan­tirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlash­tirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G’aznachilik tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G’aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluv­chi­larning majburiyatlarini ro’yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko’rsa­tilgandan so’ng, byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchi­larning nomidan va ularning topshirig’iga asosan G’aznachilik vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.
G’aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlash­tiradi, yangi sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona davlat xazinasida jamlashga qaratiladi.
Har qanday davlat va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash, mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Buning uchun rivojlangan byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslan­gan tahliliy malumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o’rta va uzoq istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini belgilab olish uchun ushbu malumotlarni aniq va o’z vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida G’aznachilik organlari oldiga davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilish, davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlari­ga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.


Download 136,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish