15-ma’ruza.Texnologik jarayonni optimallashda dasturlardan
foydalanish. Komp’yuterni qo’llab yigirish texnologik jarayonlarini
optimallash.
Reja:
1.
Nazariy matematik modelni tanlash;
2.
Kiruvchi ba chiquvchi parametrlar tahlili;
3.
Jarayonni optimallashda komp’yuterdan foydalanish;
4.
Nazariy matematik model yechimlari asosida jarayonni optimallash.
Tayanch so’z ba iboralar
Nazariy matematik model, kirubchi ba
chiqubchi parametrlar,
jarayonni optimallash, izoliniyalar, sathlar ba qirqimlar.
Yigirish kamerasi novida piltachadan ip shakllanganda halqali yigirishdagidan
farqli o‘laroq pishitish uchburchagi teng yonli bo‘lmasligi ta’kidlangan. Tolali
piltacha modelidan foydalanib, unda tolaning siljishi quyidagi formula yordamida
aniqlanishi ham aynan shu joyda keltirilgan.
(1)
Piltachaning ko‘ndalang kesimi
S
ni formuladan foydalanish qulay bo‘lishi
uchun ipning chiziqiy zichligi va yigirish kamerasi radiusi
R
k
ni esa diametr orqali
ifodalab, quyidagi tenglamaga ega bo‘linadi.
(2)
Bu yerda, boshqariladigan kiruvchi omillar sifatida ipning chiziqiy zichligi
T
, yigirish
kamerasining tezligi
va uning diametri
d
ligini ta’kidlash mumkin.
Mazkur omillarni quyi va yuqori sathlarida o‘zgartirib, pishitish uchburchagida
tolaning siljishi o‘rganilib, uning izochiziqlari 1-3 rasmlarda ko‘rsatilgandek
aniqlandi.
1-rasm. Pishitish uchburchagida tola siljishining yigirish kamerasi tezligiga va
uning diametriga bog‘liqligi izochiziqlari
Ko‘rinib
turibdiki, yigirish kamerasining diametri oshgan sari tolaning
siljishi kamayib boradi. Tola siljishining kamayishi ipda strukturaviy
notekislikning kamayishiga, ya’ni ip xossalari yaxshilanishiga olib keladi. Afsuski,
bu holat mashinada yigirish kamerasi harakat tezligini kamaytirishni taqozo etishi
izochiziqlardan ko‘rinib turibdi. Ipni katta tezliklarda
tolaning minimal siljishi
bilan olish uchun mumkin qadar diametri kichik yigirish kamerasidan foydalanish
kerak. Shuning uchun ham OE ipni katta tezliklarda yigirishda kichik diametrli
kameralardan foydalanilyapti. Boshqa omillar ta’sirini tahlil etish natijasida
yigirish mashinasining optimal parametrlarini tolaning
eng kam siljishi nuqtai
nazaridan aniqlash mumkin.
Keyingi omillar ta’sirini aniqlash maqsadida 2-racmda ko‘rsatilgan tola
siljishining izochiqlari keltirildi.
2-rasm. Pishitish uchburchagida tola siljishining ipning chiziqiy zichligi va
yigirish kamerasining diametriga bog‘liqligi izochiziqlari
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, 1-rasmdagidek yigirish kamerasi diametrining
kattalashishi tola siljishi qiymatini kamaytiradi. Izochiziqlar to‘g‘ri
chiziqlardan
iborat bo‘lib, ipning chiziqiy zichligi va yigirish kamerasi diametriga mutanosib
o‘zgarishini ko‘rsatadi. Ip chiziqiy zichligi kamayishi va kamera diametrining
kichiklashishi pishitish uchburchagida tola siljishining kamayishiga olib keladi.
Demak, kichik diametrli kamera va past chiziqiy zichlikdagi ip shakllanishida tola
siljishiminimal bo‘ladi.
Pishitish uchburchagida tola siljishi
fazosining uchinchi qirqimi
3-rasmda ko‘rsatilgan. Rasm tahlilidan shuni ta’kidlash mumkinki, tola siljishi ip
chiziqiy zichligi o‘sishi bilan ortib boradi, lekin izochiziqn_ing qiyalik burchagi T
kattalashgan sari kattalashishini ko‘rish mumkin. Bu yerda tolaning eng kichik
qiymatda siljishi kameraning katta harakat tezligida va ipning pastroq chiziqiy
zichligida kuzatiladi.
3-rasm. Pishitish uchburchagida tola siljishining ipning chiziqiy zichligi va
yigirish
kamerasi aylanish tezligiga bog‘liqligi izochiziqlari
Qo‘yilgan maqsad-tola siljishining eng kichik qiymatini ta’minlovchi
omillar kattaliklarini aniqlab, yigirish mashinasi ishini optimallashdan iboratligini
nazarga olib, yuqoridagi maqsad sirtlarini ustma – ust qo‘yib, tahlillar natijasida
optimal ishchi parametrlar aniqlandi. OE yigirishning pishitish uchburchagida tola
siljishining minimal qiymati