Operator
|
Operand tipi
|
Ifoda tipi
|
*, +, -
|
Operandlardan birortasi real bo’lsa
|
Real
|
*, +, -
|
Ikkala operator integer bo’lsa
|
integer
|
/
|
real yoki integer
|
Doimo real
|
DIV, MOD
|
Doimo integer
|
Doimo integer
|
Standart funksiyalar
Tez-tez duch kelish mumkin bo’lgan hisoblash va tip o’zgartirishlarni amalga oshirishlar uchun Delphi tili dasturchiga bir qator standart funksiyalarni beradi.
Funksiya qiymati uning nomi bilan bog’liqdir. Shuning uchun funksiyadan ifodaning operandi sifatida foydalanish mumkin. Masalan, kvadrat ildizni hisoblash uchun k:=Sqrt(n) deb yozish yetarli, bu yerda Sqrt - kvadrat ildizni hisoblash funksiyasi, n-kvadrat ildizdan chiquvchi sonni o’zida saqlab turgan o’zgaruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |