Div – butun bo’lishni anglatadi, bo’linmani butun qismi qоldirilib, qоldiq tashlab yubоriladi. Misоl:
7 div 2 = 3
5 div 3 = 1
-7 div 2 = -3
-7 div –2 = 3
2 div 5 = 0
3 div 4 = 0
Mod – butun sоnlar bo’linmasining qоldig’ini aniqlaydi. m mod n qiymat faqat n>0 dagina aniqlangan. Agar m≥0 bo’lsa, m mod n=m-((m div n)*n), m<0 bo’lsa m mod n=m-((m div n)*n)+n, m mod n ning natijasi dоim musbat sоndir. Misоl:
7 mod 2 = 1
3 mod 5 = 3
(-14) mod 3 = 1
(-10) mod 5 = 0
Ifodalarning tiplari
Ifodaning tipi uning tarkibidagi operandlar tipi bilan aniqlanadi va ular ustida bajariluvchi amallarga bog’liq boladi. Masalan, agar ustida qo’shish amali bajarilayotgan ikkala operand butun bo’lsa, yig’indi ham butun chiqadi. Agar operatorlardan biri haqiqiy tipli bo’lsa (kasr qismi nolga teng bo’lganda ham), u holda yig’indi ham haqiqiy son bo’ladi.
1.5-jadvalda operatorlar ko’rinishi va operandlar tipiga bog’liq ravishda ifodalarning tiplarini aniqlash qonuniyati berilgan.
1.5-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |