O’zlashtirish operatori
O’zlashtirish operatori asosiy hisoblash operatori hisoblanadi. Agar dasturda hisoblash zarur bo’lsa, u holda o’zlashtirish operatoridan foydalanish kerak.
O’zlashtirish operatorini qo’llash natijasida operatorning o’ng tomonidagi ifodaning qiymati chap tomondagi o’zgaruvchiga o’zlashtiriladi.
O’zlashtirish operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Nomi:=Ifoda;
Bu erda:
nomi — O’zgaruvchi;
: = — o’zlashtirish operatori;
Ifoda — arifmetik, mantiqiy va boshqa ifodalar.
Nomi va Ifodaning tiplari bir hil bo’lishi kerak.
Masalan:
Qiymat := narx * miqdor; chegirma := 10; Topildi := False;
Ifoda
Ifoda operand va operatorlardan tashkil topadi. Operatorlar operandlar o’rtasida joylashib, operandlar ustida bajariladigan ishni ifodalaydi. Operandlar sifatida o’zgaruvchilar, kostantalar, funksiya va boshqa ifodalardan foydalanish mumkin.
Asosiy algebraik operatorlar 1.4.-jadvalda keltirilgan.
1.4-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |