Bachadon-uterus s. metra kovak organ bo’lib, unda homila rivojlanadi. Bola tug’ishiga qarab hayvonlar bachadoni har xil: masalan, ko’p bola tug’adigan hayvonlarda (cho’chqalar va itlarda) uzun hamda ko’p burmali bo’ladi. - Bachadon-uterus s. metra kovak organ bo’lib, unda homila rivojlanadi. Bola tug’ishiga qarab hayvonlar bachadoni har xil: masalan, ko’p bola tug’adigan hayvonlarda (cho’chqalar va itlarda) uzun hamda ko’p burmali bo’ladi.
- Sut emizuvchi hayvonlarning bachadoni tuzilishiga qarab 4 tipga bo’linadi.
- Qo’shaloq bachadan - uterus duplex ning o’ng va chap qismi saqlanib, bularning har biri bachadon qiniga ayrim teshikchalar bilan ochiladi. Bazi kemiruvchilarda (quyon), fillarda va boshqalarda ana shunday bachadon bo’ladi.
- İkkiga bo’lingan bachadon- uterus biparlitus ning qo’shaloq bachadondan farqi shuki, uning har ikkala qismi bir-biriga yaqinlashib, bachadon qiniga bitta teshik bilan ochiladi. Kemiruvchilar bachadoni ana shunday bo’ladi.
- İkki shoxli bachadon-uterus bicornis ning ikkala qismi bir-biriga birlashib, bachadon tanasini hosil qiladi, tanasidan ikkita shoxcha chiqib turadi. Bu bachadonning shoxi - cornea utega, tanasi - coprus uterus va bo’yni - collum uterus bo’ladi.
- Oddiy bachadon- uterus simplex ning o’ng va chap qismi bir- biriga qo’shilib ketadi. Tuxum yo’li ikkitaligicha qoladi. Bunday bachadon yuqori hayvonlar va odamlarda bo’ladi.
- İkki shoxli bachadon – juft, shoxi - cornua uteri, tanasi - corpus uteri hamda bo’yni - cervix uteris (Collum uteri) dan iborat bo’lib, shoxi va tanasi bo’shliq- cavum uteri hosil qiladi. Bachadon anchagina qalin bo’lib, orqa qismi bachadon qiniga tug’ri shaklda ochiladi.
- Bachadon uch qavatdan: ichki - shilimshiq parda, o’rta - muskul parda va tashqi- seroz parda qavatlardan iborat.
Bachadon shoxlari va tanasining shilimshiq pardasida to’rt qator joylashgan karunkulalar (so’galsimon o’siqlar) bo’lib, ularga yo’ldoshning tuklari kiradi, o’sayotgan bola kerakli oziqni ana shu tuklar orqali oladi. - Bachadon shoxlari va tanasining shilimshiq pardasida to’rt qator joylashgan karunkulalar (so’galsimon o’siqlar) bo’lib, ularga yo’ldoshning tuklari kiradi, o’sayotgan bola kerakli oziqni ana shu tuklar orqali oladi.
- Karunkulalar har qatorda 10- 14 gacha bo’ladi.
- Bachadon tos (yombosh) bo’shligida to’g’ri ichak ostida joylashadi.
- Qo’y va echkilar bachadoni ham qoramollarnikiga o’xshash bo’ladi.
- Cho’chqalar ko’p tug’ishi sababli bachadoni juda uzun -2 m gacha bo’lib, ichaksimon o’ralib joylashadi. Uning tanasi kalta, bo’yni esa anchagina uzun. Bachadon bo’yni bachadon qiniga qo’shilib ketadi, uning shilimshiq pardasida 14-20 ta yon do’mboqcha bo’ladi.
- Biyalar bachadoni anchagina oddiy tuzilgan bo’lib, shoxi tanasidan bir oz uzun, bo’yni yo’g’on, qinga ochiladigan teshigi uzun burma shaklidagi shilimshiq parda bilan o’ralgan bo’ladi. Bachadon III-IV bel umurtqalari ro’parasida joylashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |