Xotira va qadirlash kuni
Bu kunda minglab O‘zbekiston xalqi va poytaxtimiz mehmonlari “Mungli ona” xaykali ostiga gullar qo‘yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo‘lganlar xotirasini yoqga oladilar. Bu kunda yoshlar va yoshi ulug‘ kishilar, bolalar va yoki kattalar xotira maydonlarini ziyorat qilishga xarakat qiladilar. Ona xaykali yokidagi “Mangu olov” yonida zar harflar bilan “Sen har doim qalbimdasan” degan so‘zlar bitilgan.
Ma`lumki, urushdan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1 million 433 mingtasi ikkinchi jahon urushida qatnashgan va bu 60% mehnatga layoqatli aholini tashkil etadi. 450 mingdan ortiq o‘zbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan ko‘prog‘i nom nishonsiz ketgan. Aholining asosiy qatlamini bolalar va qariyalardan tashkil etganini hisobga olgan holda, mehnatga layoqatli 60 foiz aholi frontga jalb etilgan, beshvqat urush hech bir oilani chetda qoldirmadi.
O‘zbekistondagi nashri vatanga muhabbat, xalq oldidagi qarzdorlik va javobgarlikning asosiy dalili hisoblanadi.
Albatta, xalqimiz hayotida alohida o‘rin tutgan bu kun, har bir qishloq va shaharda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. O‘zbekistonda har bir oila va xonadon taqdiri ushbu kun bilan bog‘langan, chunki deyarli hammaning otasi, bobosi urushda qatnashgan va ikkinchi jahon urushida yaralangan yoki vafot etgan.
8 may kun Elektrmagnit moslashuv markazida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayramona dasturxon yozildi va osh damlandi. Tashkilot xodimlari, Yurtimiz aholidi singari avlodlar baxti va kurai zaminimizda tinchlik uchun o‘z jonlarini qurbon qilgan kahramonlar xotirasini yodga oldilar.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 6-8 may kunlari qator urush va mehnat fronti fahriylari, nuroniylar, afg‘on urushi qatnashchilari xolidan xabar olishni rejalashtirgan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.
Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!
“Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi
Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi.
Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.
Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |