14-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar


Valyuta tavakkalchiligi muammolari. (4.6)



Download 103,73 Kb.
bet9/11
Sana16.03.2022
Hajmi103,73 Kb.
#494547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14 mavzu Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta kredit va moliyaviy

3.Valyuta tavakkalchiligi muammolari. (4.6)
Valyuta riski deganda, valyutalarning almashuv kurslarining o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rish xavfi tushuniladi.
Valyuta riskining quyidagi turlari mavjud:

  1. Almashuv kursining o‘zgarish riski - almashuv kursining kutilmaganda o‘zgarishi natijasida xorijiy valyutaga qilingan quyilmalar qiymatining pasayish xavfi.

  2. Konvertirlash riski — valyuta-almashuv operatsiyalarini amalga oshirishga nisbatan cheklovlar o‘matish bilan bogiiq boigan risk.

  3. Iqtisodiy risk - kelajakda valyuta ayirboshlash kurslarining o‘zgarishi natijasida xorijiy valyutadagi aktivlar va majburiyatlarning milliy valyutadagi qiymatining o'zgarishi natijasida zarar ko‘rish xavfi.

  4. Konversion risk — aniq operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy yo‘qotishlar xavfi.

Konversion risklarga quyidagilar kiradi:

  • ochiq valyuta pozitsiyalari riski;

  • o‘tkazmalar riski;

  • tranzaksiya riski.

Ochiq valyuta pozitsiyalari riski bankning xorijiy valyutadagi talablari va majburiyatlarining miqdorlari o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelganda paydo bo‘ladi.
Oʻtkazmalar riski - kompaniyalar va banklarning xorijiy valyutadagi aktivlari va passivlarining qiymatini valyutalar kursining o‘zgarishi natijasidapasayishi xavfidir.
Tranzaktsiya riski — bu valyuta kursining o‘zgarishini toTovlarning kelgusidagi oqimiga ta’siri natijasida zarar ko‘rish xavfidir.

  1. Translyatsion risk — bu kompaniya yoki bankning xorijiy valyutadagi aktivlari va passivlarini qayta baholash natijasida zarar ko‘rish xavfidir.

XX asming 70-yillariga qadar jahon amaliyotida valyuta riski muammosi mavjud boTmagan. Chunki, Bretton-Vuds jahon valyuta tizimida (1944 y.) qat’iy belgilangan kurslar tizimi joriy qilingan edi va bunda valyutalarning kurslarini valyuta paritetidan tebranish chegarasi belgilab qo‘yilgan edi.
Yamayka jahon valyuta tizimida (1976-1978 yy.) qat’iy belgilangan kurslar tizimining bekor qilinishi va yetakchi valyutalarning barchasini erkin suzish rejimiga o‘tishi xalqaro valyuta munosabatlarida valyuta riski muammosining yuzaga kelishiga va chuqurlashishiga sabab boTdi.
Valyuta riski darajasiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur omillami iqtisodiy va siyosiy omillarga ajratish mumkin.
Iqtisodiy omillarga mamlakatda va xalqaro miqyosda iqtisodiy kon’yunkturaning o'zgarishi bilan bogTiq boTgan omillar (jahon iqtisodiy va valyuta inqirozlarining yuz berishi, mamlakatning tashqi qarzining oshib ketishi, inflyatsiyaning kuchayishi va h.k.) kiradi. Siyosiy omillarga esa, umshlar, mamlakatda siyosiy vaziyatning yomonlashishi kabi omillar kiradi.
Valyuta riski xalqaro valyuta munosabatlarida ishtirok etuvchi sub’yektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga, moliyaviy barqarorligiga nisbatan kuchli salbiy ta'sirni yuzaga keltirishi mumkin. Buning sababi shundaki, valyutalarning almashuv kurslarining o‘zgarishi natijasida olinayotgan valyuta tushumlarining qiymati pasayadi, kompaniyalar va banklarning balansida yirik miqdorda zararlar yuzaga keladi. Shu sababli, kompaniyalar va banklar valyuta riskidan himoyalanish maqsadida turli - tuman moliyaviy instrumentlardan va usullardan foydalanishadi. Xususan, forvard bitimlari, valyuta optsionlari va fyucherslari, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, ochiq valyuta pozitsiyasi hajmini cheklash kabi instrumentlar va usullar valyuta riskini boshqarishda keng qo‘llaniladi.
Tijorat banklarining faoliyatidagi valyuta riski muammosining chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Markaziy banklar tomonidan ularning ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan limitlar belgilanadi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilangan:

  1. Tijorat bankining bitta valyutadagi ochiq valyuta pozitsiyasining miqdori uning regulyativ kapitalining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.

  2. Tijorat bankining barcha valyutalardagi yakuniy ochiq valyuta pozitsiyasining miqdori uning regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmasligi lozim.

Rossiya Federatsiyasida ham tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limit me’yori mos ravishda 10% va 20% qilib belgilangan9.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatidagi valyuta riskini boshqarishda “valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish” usulidan keng foydalaniladi.
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilishning ikki xil talqini mavjud.
Birinchi talqinda valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish deganda, bir vaqtning o‘zida bir nechta valyutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi.
Ikkinchi talqinga ko‘ra, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish deganda, nobarqaror valyutalami sotib, ularning o‘miga barqaror valyutalami sotib olish yo‘li bilan valyuta zaxiralarining tarkibini yangilash tushuniladi.
Shuningdek, valyuta riskini boshqarishda forvard valyuta shartnomalaridan, valyuta optsionlari va fyucherslaridan keng foydalaniladi.



Download 103,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish