14-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar



Download 103,73 Kb.
bet1/11
Sana16.03.2022
Hajmi103,73 Kb.
#494547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14 mavzu Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta kredit va moliyaviy



7294,8




14-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA VALYUTA-KREDIT VA MOLIYAVIY MUAMMOLAR
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta munosabatlari.
2.Valyuta bozori va valyuta operatsiyalari.
3.Valyuta tavakkalchiligi muammolari.
4.Valyuta bozorida xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish tartiblari.


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Valyuta munosabatlari; xalqaro savdo; transmilliy banklar; valyuta tizimi, valyuta interventsiyasi, valyuta savati, deflyatsion siyosat, demonetizatsiya, oltin standarti, oltin-deviz standarti, rezerv valyuta, qat’iy belgilangan kurslar tizimi, erkin suzish rejimi.
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta munosabatlari
Xalqaro valyuta munosabatlari tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim, ajralmas tarkibiy qismidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

  • xalqaro mehnat taqsimoti;

  • xalqaro savdo;

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfelli investitsiyalarning xalqaro miqyosdagi harakati;

  • ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi harakati;

  • xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari;

  • xalqaro iqtisodiy integratsiya.

Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir.
Xalqaro valyuta munosabatlarining sub’yektlari bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi.
Ammo har qanday valyuta xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirishda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydi. Ushbu vazifani, asosan, taraqqiy etgan mamlakatlarning milliy valyutalari va xalqaro hisob birligi bo‘lgan SDR (mablagiar jalb qilishning maxsus huquqi) bajaradi.
Xalqaro valyuta munosabatlarining yuzaga kelishi dastlab xalqaro savdoning yuzaga kelishi bilan izohlanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab boidi. Oʻz navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlarning valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlardan tashqari, davlatlararo siyosiy, madaniy va boshqa aloqalarda ham yuzaga keladi. Masalan, xorijiy davlatlarda diplomatik vakolatxonalar ochish va saqlash, o‘zga davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash, madaniy tadbirlami amalga oshirishda valyuta munosabatlari paydo bo‘ladi.
Banklarning paydo bo'lishi va ular faoliyatining rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Banklar, ayniqsa, tijorat banklari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish markazlariga aylanishdi. Transmilliy banklarning paydo bo‘lishi bilan xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishi yangi bosqichga chiqdi. Transmilliy banklarning dunyo bo‘ylab filiallar tarmog‘ining kengayganligi xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirish tezligi va hajmini oshirish imkonini berdi. Albatta, mazkur jarayonda xalqaro elektron to‘lov tizimlari muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda, davlatlararo xalqaro hisob-kitoblarning asosiy qismi SVIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) tizimi orqali o‘tadi.
SVIFT tizimi 1973-yilda 15 ta g‘arb davlatining 240 ta banki tomonidan tashkil qilingan edi. U faoliyatini 1977-yildan boshladi. Hozirgi kunda SVIFT faoliyati dunyoning 90 mamlakatidagi 4000 dan ortiq bankni qamrab olgan.
Xalqaro valyuta munosabatlari ishlab chiqarish munosbatlariga nisbatan hosilaviy bo‘lsa-da, ularning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, xalqaro kreditlar va xorijiy investitsiyalar kompaniyalar ishlab chiqarish faoliyatini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish imkonini beradi. Oʻz navbatida, xalqaro kreditlar va investitsiyalarning harakati xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Garchi oltinni demonetizatsiya qilish 1978-yilda tugallangan boʻlsa- da, hamon oltinning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri sezilib turibdi. Mazkur ta’sir quyidagilarda namoyon boʻladi:
- oltin xalqaro kreditlar uchun garov ta’minoti vazifasini o‘tamoqda;

  • xorijiy valyutalarda yetarlicha zaxiraga ega bo‘lmagan davlatlar oltinni sotish yo‘li bilan o‘zlarining tashqi majburiyatlari yuzasidan to‘lovlami amalga oshirmoqdalar;

  • hamon oltin noyob metall sifatida insonlami o‘zigajalb etmoqda. Bu esa, oltinni oldi-sotdi qilish bilan bog'liq bo‘lgan katta miqdordagi valyuta operatsiyalarini yuzaga keltirmoqda.

Jahon iqtisodiy inqirozlari xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo miqyosida birinchi marta iqtisodiy inqirozning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri 1929- 1933-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi - “Buyuk depressiya” paytida yuz berdi.
Mazkur iqtisodiy inqiroz natijasida banklarning ommaviy ravishda bankrot bo‘lishi yuz berdi, AQSH va Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya kuchaydi, oltinni markaziy banklarning zaxirasiga olib qo‘yish boshlandi. Buning natijasida xalqaro valyuta munosabatlari izdan chiqdi. Chunki, davlatlarning xorijiy valyutalardagi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlami amalga oshirish imkoniyati keskin cheklanib qolgan edi.
Buyuk depressiya va uning oqibatlari dunyo miqyosida xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotni yaratish zamriyatini yuzaga keltirdi. Shu tariqa, 1944-yilda AQSHning Bretton- Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaning qarori bilan Xalqaro valyuta fondi tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro valyuta munosabatlarini xalqaro miqyosda hisob-kitoblami xalqaro to‘lov vositalari orqali amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlarning yig‘indisi sifatida e’tirof etish mumkin.
Milliy valyuta tizimi - bu alohida olingan bir mamlakatda valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Davlat shakli deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlari davlat tomonidan tashkil etiladi.
Huquqiy shakli deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish maqsadida o‘matilgan qoidalarga rioya qilish va ulami bajarish valyuta munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun majburiydir.
Milliy valyuta tizimi mintaqaviy va jahon valyuta tizimlarining yuzaga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:


  1. Download 103,73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish