14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash


Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishi



Download 49,5 Kb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi49,5 Kb.
#739799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 mavzu Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari

2.Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishi


Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi alohida qurilgan binoda yoki davolash-profilaktika muassasasiga qarashli binoning bir bo‘lagida alohida blok holida tashkil etilishi mumkin. Dorixona amaldagi me’yoriy hujjatlarining sanitariya qoidalari va me’yorlari talabiga mos keladigan hamda dori vositalarini farmatsevtika talablariga asosan saqlanishini ta’minlaydigan binolarda tashkil etiladi. Dorixonaning umumiy maydoni, xonalar soni va o‘lchamlari shifoxonaning ixtisosi, tuzilishi, faoliyat turi hamda ish hajmiga qarab belgilanadi. Bunda dorixonaga sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga mos keladigan, bajaradigan ish hajmiga qarab xonalar ajratiladi.
Davolash-profilaktika muassasasi dorixonasi binolari va jihozlanishi, faoliyat yuritish me’yor va qoidalari 26 dekabr 2016 yilda qabul qilingan SaNPiN№0337—16 bilan tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish xonalari texnologik jarayonni hisobga olgan holda uzviy ketma-ket bog‘langan bo‘lishi kerak. Dorixonaning ishlab chiqarish xonalari ichki devorlari yuzasi va shiftlari tekis bo‘lishi, ular dezinfeksiyalovchi hamda yuvish vositalari bilan changdan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Jumladan devorlarning yuzasini qoplash uchun och rangdagi suvga chidamli emal bo‘yoqlardan, kafellardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ushbu xonalarning pollariga plitkalar, kafellar yotqizilishi yoki choklari biriktirilgan lenolium bilan qoplanishi mumkin. Boshqaruv xonalari va yordamchi xonalarning ichki devorlari yuzasi, shifti hamda pollarini pardozlashda boshqa qurilish materiallaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar omborxonasi sanitariya qoidalari hamda me’yorlari talablariga javob berishi kerak va dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari, qo‘llanmalari asosida, farmatsevtika talablari darajasida saqlash uchun kerakli mebellar, stellajlar, shkaflar, asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborxona pollarining yuzasi dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalari bilan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak.
Termolabil dori vositalarini saqlash xonasida zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lishi, bunda xonaga kondensioner-sovutkichlar qo‘yilishi hamda xona havo harorati va namligini o‘lchash asbobi (termometr, gigrometr yoki psixrometr) bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu o‘lchov asbobi poldan 1,5—1,7 metr balandlikda, kirish eshiklari va isitish asboblaridan kamida 3 metr masofada o‘ratiladi hamda kundalik harorat ko‘rsatkichi maxsus daftarda qayd etib boriladi. Daftar to‘lgandan so‘ng bir yil saqlanadi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi. Dorixonada ishlab chiqarish xonalari (assistent xonasi, aseptika bloki) dorixona mebellari, dori turlarini tayyorlashda, aralashtirishda, filtrlashda, qadoqlashda, idishlarga quyishda, idishlar og‘zini berkitishda, sterillashda, sifatini tekshirish va baholashda, yorliqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, shuningdek, o‘lchov asboblari, tosh-torozilar, kimyoviy reaktivlar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. Dorixonada ishlatiladigan o‘lchov asboblari, tosh-torozilar Davlat qiyoslash markazi tomonidan belgilangan tartibda metrologiya ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak.



Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish