14-Mavzu. Restoran biznesida banket xizmatlarining o`rni Reja


Ofitsiantlarning kisman xizmati bilan o‘tkaziladigan



Download 55,24 Kb.
bet4/6
Sana28.05.2022
Hajmi55,24 Kb.
#612923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13 mavzu

4.Ofitsiantlarning kisman xizmati bilan o‘tkaziladigan

Kichik banketlar
Norasmiy banketlarda xizmat ko‘rsatish shakli yubiley, oilaviy tadbir va boshka tadbirlarda beriladigan nonushta, tushlik, kechki taom yoki oddiy mehmondorchilik tarzida tashkil etilishi mumkin.
Bunday banketlarda mehmonlarning o‘tirishi erkin bo‘lib, guruhlarga bo`lingan xolda yoki shu yerda shakllangan guruhdagi notanish kishilar xam bir stol atrofida o‘tirishi mumkin. Biroq banket sardori uchun markazda aloxida o‘rinlar qoldiriladi yoki kuzga tashlanadigan joyda stol bezatiladi.Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Bu xildagi banketlarni o‘tkazish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, stollarni qo`yish va mehmonlarni joylashtirishida ikki xil yondashuv vujudga keladi:
• stollar aylana, kvadrat yoki to`rtburchak, shuningdek P, T. Ye.111 shakllarda bo`lishi mumkin: stollarni buyurtmachi bilan kelishgan xolda guruhlarga bo`lib bezatish ham mumkin. Yubiley soxiblari yoki hurmatli mehmonlar hammani ko‘rib turadigan qulay joyga joylashtirilishi kerak. Stollar zalga simmetrik tarzda qo`yiladi.
Qabul banketlariga qaraganda bu banketlarning taomnomalari uncha murakkab bo`lmaydi. Banket stolini bezash ham ancha kamtarona bo`ladi. Bunday banketlarda idish-tovoq va anjomlar qabul banketlaridagidek stolga qo`yiladi. Taom va ichimliklar mehmonlarning buyurtmasi bo‘yicha bajariladi. Gazaklar katta idishlarda 6-10 kishi uchun birdaniga olib kelinishi, mexmonlar ehtiyojiga yarasha o‘z tarelkalariga o‘zlari yoki yonida o‘tirgan kishi yordam berishi mumkin. Bunday vaziyatda ofitsiantiing xizmati talab qilinmaydi. Mehmonlarning foydalanayotgan idish-tovoq va anjomlari qisman almashtiriladi. Bunday banketlarda har 8-10 kishiga bitta ofitsiant xizmat ko`rsatiladi.
Banket stolini bezash uchun stolga gullar qo`yiladi. Banketda mehmonlar ko`p bo`lsa, bosh ofitsiant ofitsiantlarga rahbar tayinlaydi va stollarga raqamlarni belgilab chiqadi. O‘z navbatida tayinlangan rahbar ofitsiantlarni sektorlarga bo‘lib chiqadi.Bunday banketlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, sovuq gazaklar, xar xil ichimliklar va mevalar mehmonlar kelguniga qadar banket stollariga quyib chiqiladi. Bu yerda zal bilan taom tarqatish joyining oralig`i, zalda havo xarorati va boshqa sharoitlar xisobga olinadi. Ofitsiant taom idishlari, ichimlik va boshqalar uchun zarur anjomlar qancha miqdorda kerakligini oldindan yaxshi bilishi kerak. Shu maqsadda bosh ofitsiant va ofitsiantlar xar bir banket stolining xisobini olib chiqadi.Gazaklar quyilgandan so‘ng ichimliklar keltiriladi. Ichimlik shishalari mexmonlar xoxishi bilan ochilishi yoki ochmasdan olib kelinishi xam mumkin. Shishalar 2-4 tadan stolning chetidagi bo‘sh joyga qo`yladi. Mehmonlarga qulay bo`lishi uchun shishalar hamma stollarga quyiladi, xoxlagan mehmon ichimliklardan qo`yib ichaveradi.Buyurtmachining xoxishiga binoan ichimliklarning bir qismi saqlab turilishi mumkin. Shishalar yordamchi stolda turadi va xizmat jarayonida zarur bo`lib qolsa, banket stoliga olib kelinadi. Banketdi xizmat ko‘rsatish. Banketga tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘ng, mexmonlar dasturxonga taklif kilinadi, har bir stolga biriktirilgan ofitsiant ularni kutib oladi va o‘tirishga yordamlashadi. Ofitsiant mexmonlarni joylashtirish, ularga suv qo`yib beradi, so‘ng taomnomada belgilangan gazaklarni tavsiya qiladi. Gazaklarni berilgandan so‘ng stoldagi bo‘shagan idish va shishalar yig`ishtirib olinadi, ularning o`rniga yangisi, tozalari olib kelib qo`yiladi. Tarelkalarni olishda mexmonlardan ruxsat so‘raladi. Agar mexmon idishlarni olish mumkin degan ishora qilsa, ofitsiant ruxsat so‘ramasdan idishlarni olib ketishi mumkin.
Baliqli gazaklar berilgach, gazaklardan so`ng bosh ofitsiant banket tashkilotchilari bilan kelishgan xolda issiq taom berish kerakligini beriladi. Bu jarayon taom berilishidan 20-30 daqiqa oldin bo‘lishi kerak. Birok issiq taom berishdan oldin 20-25 daqiqalik tanaffus e’lon qilinishi mumkin. Shunday paytla raqsga tushish, musiqa tinglash uchun imkoniyat yaratiladi. Bu vaqtda ofitsiantlar stollar ustidagi bo‘shagan idish-tovoq va anjomlar, shishalarni yig`ishtirib oladi. Stol ustiga idishlarda qolgan gazaklarni buyuruvchi ruxsatisiz ofitsiant banket oxirigacha olib ketmasligi kerak. Ularni birlashtirib bitta idishga solib, shakllantirib estetik tus berishi va mexmonlar idishiga solishi mumkin.
Mexmonlar tanaffus paytida o‘rinlaridan turmasdan issiq taom keltirish oldidan ofitsiant ularning idishlarini ular ko`z oldida almashtiradi. So‘ngra issiq taomni keltiradi. Yordamchi stolda ofitsiant taomlarni qizdirilgan tarelkalarga taqsimlaydi va banket stoliga keltirib, mexmonlar oldiga qo`yadi. Issiq taomlar oshpazlar tomonidan to`g`ridan-to`g`ri tuzilishi va mehmonlarga berilishi ham mumkin.
Bunda ofitsiantlar taomlarni mexmonlar oldiga olib borib beradi. Banket jarayonida ofitsiant bir necha marta stol ustidan foydalanilgan idishlarni yigib oladi. Bu ishki shirinliklar va issik ichimliklar berish oldidan xam bajarishi mumkin. Qolgan taomlar ham xuddi shunday usulda beriladi. Banketda ofitsiant quyidagi vazifalarni bajaradi:
• taomlarni solishda va ichimliklar quyishda ofitsiant mehmonlarga yordam beradi
vaqti-vaqti bilan ofitsiant mehmonlar tarelkalarni qulayroq qilib tuzatib turadi: oldidagi
• mehmonlar iltimosiga ko‘ra taom tayyorlash usullari. iste’mol xususiyati haqida ma’lumot beradi:
Restoran servisini tashkil qilish foydalanilgan idish-tovoqlarni mehmonlar oldidan o`z vaqtida yig`ishtirib oladi;
Issiq taomlar olib beradi:
• shirinliklar va kofe olib keladi; stolga qo`shimcha ichimliklar olib keladi.


Download 55,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish