14-mavzu: O’zbekistonda tarixshunoslik fanining alohida soha sifatida rivojlanishi Reja



Download 256,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.06.2022
Hajmi256,31 Kb.
#693787
1   2   3
Bog'liq
14-mavzu (1)

Uchinchidan,
1968-yilda FA Tarix institutida “Tarixshunoslik” bo‘limining tashkil 
topishi O‘zbekistonda tarixshunoslikning mustaqil soha sifatida rivojlanishida muhim rol 
o‘ynaganligini alohida ta’kidlash kerakdir. 
Bugungi kunda O’zbekistonda tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotchilik faoliyatini tashkil 
etishda rahbarlik qilayotgan — O’zR Fanlar akademiyasi Tarix instituti “Tarixshunoslik, 
manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” markazi (2020-yildan) rolini alohida e’tirof 
kerak. 
Shuni ta’kidlash joizki, “O’zbekiston tarixshunosligining zamonaviy modeli” ma’lum 
ma’noda jahon metodologik tafakkuriga tayanadi va hech bir shubhasiz tarixchi va 
tarixshunoslar o‘z ilmiy-tadqiqotchilik amaliyotlarida bu ijobiy tajribadan foydalanadilar. Bu 
ma’noda O’zbekistonda tarixshunoslik sohasida ma’lum tadqiqotchilik tajribasi to‘plangan. 
O’zbekistonda hech mubolag‘asiz tarixshunoslik sohasi tamal toshini qo‘ygan yirik olim, tarix 
ilmining biiimdon mutaxassislari В.V.Lunin, G.I.Jeltova va F.H.Qosimovlarning xizmatlarini 
e’tirof etish o‘rinli bo‘ladi. 
Haqiqatda ham Vatan tarix fani tarixiga tarixchi, sharqshunos, arxeolog va etnograflar, 
O‘rta Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqi madaniyati va tarixi bilimdoni nuqtai nazaridan 
birinchi marta o‘z mutaxassislik nigohini В.V.Lunin qaratganligini tan olmay bo’lmaydi. 
Shuningdek, O’zbekistonda 1970-yillarda, birinchi marta muammo tarixshunosligini 
F.H.Qosimov va Jeltovalar “ochganliklarini” ta’kidlash kerak. Aynan shu olimlarning xizmati 
tufayli O’zbekiston tarixshunoslarining keyingi avlodi tarbiya topdi, Vatan tarixshunosligi 
maktabi shakllandi. Bu yo‘nalishdagi tizimli ish to‘g‘risida shuni ta’kidlash o‘rinliki, aynan 
mazkur davrdan boshlab nafaqat umumlashtiruvchi, tahliliy-tanqidiy mazmundagi kapital 
asarlar, tarix fani holati yoritilgan ishlar chop etila boshladi. 1970-1980-yillarda muammo 
tarixshunosligi rivojlana borib, ushbu sohada jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi, 
dissertatsiyalar himoya qilindi va ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. 
Ma’lumki, O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi tarix fani vazifalari va mohiyatini 
tubdan o‘zgartirdi. Shunga ko‘ra, tarixshunoslik va tarixshunoslar ham yangi jamiyat talablari 
va mezonlari asosida o‘z oldida turgan vazifalarni qayta ko‘rib chiqib, bu jamiyat tafakkuriga 
mos keladigan tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishga kirishdilar va o‘tgan yillar davomida 
ma’lum natijalarga erishdilar
4

Mustaqillik yillarida tarixshunoslik sohasi dinamik ravishda, ma’lum darajada 
maqsadli rivojlanib bordi. Ushbu kontekstda muammo tarixshunosligi holati va xususiyatlari 
haqida fikr yuritar ekanmiz, uning rivojidagi asosiy tendensiyalardan biri mazkur 
3
Желтова Г.И. Социалистические строительство в Узбекистане (историографический очерк). Ташкент: 
Фан, 1975. 
4
Алимова Д.А. История как история, история как наука. Том I. Историческое сознание. Ташкент: 
Узбекистан, 2008, C.280. 



yo‘nalishdagi tarixshunoslar va ilmiy maktabning shakllanishi bo’ldi. Bu ilmiy maktabning 
yangiligi shunda bo’ldiki, tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan mavzuga oid tarixshunoslik 
manbalarini o‘rganish bilan cheklanmay, tadqiq qilinayotgan mavzu doirasida “tarixshunoslik 
jarayoni” tushunchasini tashkil qiladigan masalalarni ham ko‘rib chiqishni qamrab oldi. 
Tarixshunoslar ushbu tushunchaga “ilmiy tadqiqotlarni tashkil etilishini”, konkret 
tarixiy muammoga oid nazariy tasavvurlar tahlilini mujassamlashtirib, manbaviy asosidagi, 
tarixiy tadqiqot usullaridagi o‘zgarishlarni, tarixiy proflldagi ilmiy muassasalar faoliyati 
xususiyatlarini, tarix fani rivojining har bir bosqichida kadrlar salohiyatining shakllanishini 
ko‘rsatishga urindilar. Bu o‘rinda professor D.A.Alimovaning “Концепты истории 
Узбекистана: теория и гипотезы” mualliflik monografiyasini alohida ta’kidlash kerakdir. 
Ushbu asar olimaning O’zbekiston tarix fani holati tahlili, muammolari, ularning yechimiga 
oid qarashlari ifodasi va tarix fani rivojining nazariy-metodologik jihatlariga doir 
mulohazalarini taqdim qilgan teran tadqiqot bo‘lib, tarixchi mutaxassislar ilmiy faoliyatini 
tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. 
O’zbekiston tarixshunoslik fanida “Muammo tarixshunosligi” yo‘nalishi ustuvorlik 
kasb etadi. “Muammo tarixshunosligi” haqida so‘z yuritilar ekan, avvalambor, u nima va 
“oddiy tarixshunoslik”dan qanday farq qiladi, degan savolga javob berishga urinib ko‘rish 
mumkin. Muammo tarixshunosligi ma’lum bir muammoni yorituvchi ilmiy ishlar, u yoki bu 
muammo mavzuviy “bloklarga” kiruvchi alohida olingan tadqiqotlarning birlashmasidir. 
Muammo tarixshunosligida “o‘rganilayotgan masala bo’yicha turli ilmiy maktablar va 
yo‘nalishlar konsepsiyalari tahlili markaziy o‘rinni egallasa, konsepsiyalar tahlilida esa 
ularning kelib chiqishi metodologiyasi, konsepsiyalar genezisini o‘rganish hal qiluvchi 
ahamiyatga ega”. 
Muammo tarixshunosligi tadqiqotlari rivojidagi ikkinchi tendensiya tarixshunoslik 
manbalari janrining yiriklashuvi bo’ldi: ilmiy anjumanlar materiallari, jurnal maqolalari bilan 
bir qatorda individual monografiyalar chop etildi va alohida muammolar bo‘yicha doktorlik 
dissertatsiyalari himoya qilindi. O’tkazilgan yirik ilmiy anjumanlar tarix fani rivoji 
kontekstida tarixshunoslik muammolariga ham e’tibor qaratdi. O’zR FA Tarix institutida 
o'tkaziiib kelayotgan an’naviy “Tarixshunoslik o‘qishlari” tarix fani, muammo tarixshunosligi 
holati, mavzular doirasini belgilash, istiqbolda o‘rganiladigan dolzarb muammolarni 
aniqlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda
5

Mustaqillik yillarida muammoviy tarixshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlarni 
tavsiflar ekanmiz, shuni ta’kidlash zarurki, 1990-yillarning boshlaridagi muammo 
tarixshunosligiga doir tadqiqotlarda sovet davrida yaratilgan adabiyotlar o‘rganilgan va ular 
sovet tarix fani g‘oyalari asosida tahlil qilingan. 
Bu yillarda tadqiqotlar mavzusining yangilanishi ancha sekinlik bilan amalga oshdi. 
Tarixshunoslik tadqiqotlari mavzularining yangilanishiga ularning sifat jihatidan o‘zgarishiga 
mazkur fanga doir ilmiy izlanishlardagi yangilanish jarayoni turtki bo’ldi. Muammo 
tarixshunosligi rivojidagi Vatan tarixining dolzarb muammolarini qayta mushohada etishda 
yangicha yondoshuvlarga asoslangan tadqiqotlar 1990-yillarning o‘rtalaridan vujudga kela 
boshlaganligini kuzatish mumkin. Vatan tarixining dolzarb muammolarini o‘rganishda 
yangicha 
yondoshuvlarning 
ommalashuvida 
1994-yilda 
tayyorlangan 
O

zbekiston 
Respublikasi FA Tarix instituti Tarixshunoslik bo‘limida tayyorlangan “XX asrning dastlabki 
5
O’zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari. Tarixshunoslik o’qishlari-2004 materiallari. I 
qism. Toshkent, 2006, 157-bet. 



o’ttiz yilligida O’zbekistonda tarix fani (Tarixshunoslik ocherklari)”ni alohida ko‘rsatish 
kerak. Mazkur tarixshunoslik o’herklarida mustaqillik davri ilgari surgan, sifat jihatidan yangi 
vazifalardan kelib chiqib, XX asning dastlabki 30 yilligida O’zbekiston tarixi fani rivojining 
asosiy bosqichlari har tomonlama izchillik bilan yoritildi. Ushbu asarning ijobiy momenti 
sifatida ilmiy o‘rganish ob’yektiga kirgan muammo va masalalarni nihoyatda chuqur va 
jiddiy, yangi nazariy-metodologik yondoshuvlar asosida o'rganilganligini ta’kidlash zarur. 
XX asrning 90-yillarida sovet tarixshunosligida ilgari o‘rganilmagan prinsipial yangi 
mavzu paydo bo’ldi. Gap tarixiy sivilizatsion kommunikatsiyalar muammosi, avvalambor, 
Buyuk Ipak yo‘li haqida ketmoqda. Bugungi kunda ushbu mavzu O’zbekiston 
Respublikasining geosiyosiy va geo’lqtisodiy manfaatlari nuqtai-nazaridan uning jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuviga asosli ravishda inti layotganligi, dunyoning turli 
davlatlari bilan (asosan, iqtisodiy va transport kommunikatsiyalar sohasida) har tomonlama 
munosabat o‘matishida yetakchi mavzu bo’lib qolmoqda. 
Mustaqillik yillari ilmiy tarixshunosligida O’zbekistonning alohida hududlari 
tarixshunosligi masalalari tadqiq qilindi. Xususan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Xiva 
tarixshunosligiga oid ishlar chop etildi. Shuni ta’kidlash zarurki, ushbu tadqiqotlarda 
O’zbekiston tarixining umumiy va regional jihatlari turli muammoviy mavzuviy va 
xronologik rakurslari vatan adabiyotlari doirasida tahlil qilish bilan chegaralanmaydi. Ishga 
yuqori mutaxassislik mahorati darajasida chet el tarixshunoslik manbalari jalb qilinadi. 
Bunday yondashuv orqali vatan tarixining u yoki bu muammosi tarixshunosligining yaxlit 
manzarasi yaratiladi. 
So‘nggi yillardagi “istoriografik mahsulotlar” ijtimoiy-siyosiy mavzularni yetarlicha 
intensiv tadqiq qilish bilan xarakterlanadi. Ular mustaqillikning ilk yillarida qizg‘in bahs-
munozaralarga sabab bo‘lgan O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va uning 
oqibatlari, milliy-ozodlik kurashlari, “bosmachilik harakati”, milliy va diniy siyosatning 
amalga oshirilishi va xotin-qizlar muammolaridan iborat.
Jadidchilik harakati tarixshunosligi masalasini tahlil qilishda original yondashuvni 
qo‘llayotgan O’zbekiston tarixshunosligi maktabi bir muammo doirasida birlashgan ilmiy 
hamjamiyat xususiyatlarini namoyon qilmoqda. 
Mustaqillik yillaridagi muammoviy tarixshunoslikdagi eng katta yutuqlaridan biri 
bu - O‘zbekiston tarixining turli mavzularini xorijiy tarixshunosligini yoritish bo‘ldi. 
Yangi avlod tarixchilarining chet tillarini
o‘zlashtirishi, xorijiy mamlakatlarga safarga 
chiqish, ilmiy markazlar va kutubxonalaridan foydalanish imkonining vujudga kelishi 
bilan bu sohadagi tadqiqotlar ayniqsa kengaydi. 
Hozirgi paytda muammo tarixshunosligi funksiyasi ikki yoqlama bo’lib, bir 
tomondan tarixshunoslar an’anaviy ravishda vatan tarixi muammolarini o‘rganilishi, 
ilmiy maktablar va tadqiqotchilar faoliyatini baholashga, yoki bir so‘z bilan aytganda 
ma’lum bir muammo bo‘yicha ilmiy bilimlar to‘planishi jarayonini ko‘rsatishga 
urinmoqdalar. Ikkinchi tomondan-qadriyatli yondoshuv asosida muqaddam shakllangan 
tarixshunoslik an’analaridan ilmiy bilimlar rivojining zamonaviy bosqichi uchun nimalar 
muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlash funksiyasi bo‘lib, bu ancha murakkab vazifa 
hisoblanadi. Bu kontekstda mustaqillik davrida muammo tarixshunosligining rivojlanish 
darajasi, holati, ko‘larnini aniqlash muhimdir.
Sovet tarix fani holati, uning ilmiy-tashkiliy jihatlari, sovet tarixshunoslik maktabining 
xususiyatlari, sovet davlati mafkuraviy ko‘rsatmalari asosida yaratilgan ishlarda tarixiy 



haqiqatning buzilishi, tarixiy jarayonlarni yoritishdagi noxolisliklar va muammolar tarixchilar 
tomonidan zamonaviy yondoshuvlar asosida tadqiq qilindi va baholandi.
Ilm-fan rivojini rag'batlantirishda davlat grantlari muhim o‘rin tutganligini e’tirof 
etgan holda shuni qayd etish mumkinki, bu tarixshunoslik tadqiqotlarini amalga oshirishda 
ham ma’lum rol o‘ynadi. O’zR FA Tarix instituti “Tarixshunoslik va manbashunoslik” 
bo’limida “O’zbekistonda tarixiy tafakkur evolyutsiyasi va rivoji” grand doirasida amalga 
oshirilgan tadqiqotlar “XX asr O’zbekiston tarixshunosligi ocherklari”da mujassamlashdi. 
Mazkur tadqiqotda butun XX asr davomida O’zbekistonda tarix fani shakllanishi va 
evolyusiyasini bosqichma-bosqich o‘rganildi. Sovet davri va mustaqillik yillarida tarix fani 
holatini qiyosiy o‘rganilishi demokratik jamiyat sharoitida fan taraqqqiyotida ro‘y bergan tub 
o‘zgarishlarni aniqlash imkonini berdi. XX asrdagi tarixshunoslik jarayoni: tarix fanining 
tashkiliy jihatlari, O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarning tarix 
fanida aks etishi va o‘z navbatida tarix fani rivojiga ta’siri yoritildi
6

“Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limida “O’zbekistonda ta’lim tarixi va 
tarixshunosligi: tajriba, muammolar, rivojlanish va o’rganish istiqbollari” mavzusidagi 
fundamental granti ustida ilmiy izlanishlar natijasi ikki tomdan iborat kitobda o‘z ifodasini 
topdi. Ushbu tadqiqot Vatan tarixi fanida ustuvor vazifalardan biri - O‘zbekistonda ta’lim 
rivoji bosqichlari tarixi va tarixshunosligini u bilan bog’liq bo‘lgan, mazkur hududdagi 
madaniy - intellektual muhitni ilk o‘rta asrlardan to bugunga qadar bo‘lgan davrgacha yaxlit 
yoritishga yo‘naltirildi. 
Shuningdek, ushbu fundamental loyiha ustida katta tadqiqotchilik ishi amalga 
oshirilishi jarayonida, O’z MA arxivida bugungi kunga qadar ilmiy muomalaga kirmagan 
ta’lim tarixiga doir katta hajmdagi hujjatlar o‘rganilib, uning asosida ikki tomlik arxiv 
manbalarida ta’lim tarixini aks ettirgan to‘plam tayyorlandi va nashr etildi. 
“O’zbekistonning XX asr tarixi va tarixchilari” mavzusidagi amaliy tadqiqot XX asrda 
yashab ijod qilgan tarixchi olimlar faoliyati, va taqdirini o’rganishga bag‘ishlandi. 
Mustamlakachilik va sovet tuzumi siyosiy ko‘rsatmalari hamda mafkuraviy talablarining bu 
davrda ijod qilgan olimlar faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilindi. Mazkur tadqiqot 
natijasida shu nomdagi kitob chop etildi. 
Tarixshunoslik bo‘limida amalga oshirilgan muhim tadqiqotlardan yana biri 
O’zbekiston davlatchiligi tarixshunosligi masalasi bo’ldi. Ma’lumki, mazkur bo‘limning ilmiy 
yo‘nalishlarida manbalar va hujjatlarni o‘rganish hamda nashr etish, yaratilgan ilmiy 
mahsulotlar bibliografiyasini tuzish muhim o‘rin tutadi. Shuni inobatga olgan holda, ushbu 
sohada ham tadqiqotlar amalga oshirildi
7

O’zbekiston jamiyatining islohotlar, ochiq demokratik jamiyat qurish yo‘lidan 
rivojlanayotgan bir paytda ilmiy-tarixiy tadqiqotlar hamda tarixshunoslikda nazariy-
metodologik ishlanmalarning dolzarbligi va ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu mazmundagi 
ilmiy tadqiqotchilik ishini tashkil etish va amalga oshirishda “Tarixshunoslik va 
manbashunoslik” bo‘limi tom ma’noda ilmiy izlanishlar yo‘nalishlarini aniqlash va 
tadqiqotchilarni birlashtirishda ilmiy markaz vazifasini bajarib kelmoqda. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi tarix fanida 
yangi paradigmalarning shakllanishi va tarixchining ijtimoiy mavqeidan boshlab ijtimoiy fan 
6
Очерки историографии государственности Узбекистана. Т.Н./Отв. редактор Д. Алимова. Ташкент, 
2019, C.235.
7
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti nashrlari (1991-2015 yy.)/Mas’ul muxarrir 
D.Alimova. Toshkent: Fan, 2016, 151-bet. 



infrastrukturasining o‘zgarishiga olib keldi. Yangicha ilmiy qarashlar va yondashuvlarning 
shakllanishi, O’zbekiston tarix fanining dunyoga yuz tutishi, xorijdan axborotlarning kirib 
kelishi, kadrlar tarkibiy qismining yangilanishi, taqiqlangan arxiv manbalarining ochilishi, fan 
moddiy bazasining yaxshilanishi tarix fani taraqqiyotida ijobiy hol bo’ldi. 

Download 256,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish