14-mavzu. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining


 Oʻzbekiston Respublikasi va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida aloqlar



Download 105,92 Kb.
bet11/18
Sana22.01.2022
Hajmi105,92 Kb.
#400256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
сиртқи 6 мавзу

15.7. Oʻzbekiston Respublikasi va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida aloqlar

O‘zbekiston va BMT. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMT savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta ob’yekt bor. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi.

YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada kengayib bordi. Jumladan, YUNESKO xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab – kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi natijasida “Shanxay beshligi” vujudga kelgan edi. 1997–1999-yillarda Moskva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.

2000-yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT”, deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida “ShHTni tuzish to‘g‘risida”gi deklaratsiya hamda “Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi.

2002-yil ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt-Peterburg sammitida uchta hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi, bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida “ShHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilindi.

2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati Hindiston, Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston mamlakatlari ham kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishdi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha sherikka aylandi. Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga a‘zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga a‘zo sifatida qabul qilindi.

2017-yilning iyun oyida tashkilotga a‘zo davlat rahbarlarining Ostonada bo‘lgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari e’tiborini Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta‘lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikka qaratdi.

2018-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylandi, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018-yil 23-24-noyabr kunlari Samarqandda Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha birinchi Osiyo forumi xalqaro maydonda katta ijobiy qiziqish uyg‘otdi.

2019-yil 2-noyabrda Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralarining yuqori texnologiyalari va innovatsion qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirish, ko‘rgazma-yarmarka faoliyati va multimodal transport-logistika komplekslarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarining muhim ahamiyatga ega ekaniga alohida e’tibor qaratdi. Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi ijrosini ko‘rib chiqdilar va yangi dasturni ma’qulladilar. Tadbirda jami 14 ta hujjat imzolandi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab MDHning Ashxabod sammiti qaroriga binoan Hamdo‘stlikka raislik O‘zbekistonga o‘tdi.

MDH doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari Shavkat Mirziyoyevning 11-oktabr kuni Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashining majlisidagi nutqida bayon etilgan.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni, avvalambor, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-logistika va tranzit salohiyatini ochish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish sohalarida kengayish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz bir vaqtning o‘zida Davlat rahbarlari kengashiga, Hukumat rahbarlari kengashiga, Tashqi ishlar vazirlari kengashiga, Iqtisodiy kengashga, a’zo davlatlarning Ustav va boshqa hamdo‘stlikdagi doimiy vakolatli vakillariga, iqtisodiy kengash huzuridagi iqtisodiy ishlar bo‘yicha komissiyaga raislik qiladi.

Raislik doirasida turli darajadagi va formatdagi 70 ga yaqin tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Raislik davomida O‘zbekiston ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 10 dan ortiq konseptual hujjatni tayyorlash va qabul qilishni rejalashtirmoqda.


Download 105,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish