14-mavzu. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining



Download 105,92 Kb.
bet1/18
Sana22.01.2022
Hajmi105,92 Kb.
#400256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
сиртқи 6 мавзу


14-MAVZU. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining

qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik

davlat va fuqorolik jamiyati Asoslarini shakllanishi.


Asosiy tushuncha va iboralar: mustaqillik; referendum; huquqiy-demokratik davlat; fuqarolik jamiyati; siyosiy partiya; NNT; mahalla; Омбудсман; Oliy Majlis; Qonunchilik palatasi; Senat; Harakatlar strategiyasi.
14.1. Oʻzbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mustaqillikning huquqiy asoslarining barpo etilishi

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkam laydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfatlariga mos kelmas edi. Oʻzbekiston oʻz rivojlanishida qoʻygan asosiy maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarini barpo etishdir.

Eʻlon qilingan maqsadlarga avvalgi tuzumni tubdan buzib tashlamasdan, oʻtmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bolmasdi. Shu tufayli oʻz maqsadiga erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi:

l. Eski ma’muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq boʻlgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish.

2. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Oʻzbekiston oʻz taraqqiyot yoʻlini, avvalo, mamlakatda yaratilayotgan jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.

Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni – Konstitutsiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi 1990- yil 20- iyunda “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan edi. Buning uchun I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash boyicha komissiya tuzilgan edi.

1991- yil oktyabr-noyabrda Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti tayyorlandi. Ammo 1991- yil 31- avgustda Oʻzbekiston Mustaqilligi e'lon qilinishi bilan, vaziyat oʻzgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992- yil bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi va shu- yilning 26- sentyabrida umumxalq muhohamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani qaytadan tuzib, 1992- yil 21- noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qildi.

1992- yil 8- dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilindi. U 128 moddadan, 6 bolimdan iborat edi. Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli Oʻzbekistonning tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiluvchi chinaham demokratik Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi;



  • Davlat suvereniteti;

  • Xalq hokimiyatchiligi;

  • Fuqarolar huquqlari va erkinliklari;

  • Davlat hokimiyatining boʻlinishi;

  • Mahalliy oʻz-oʻzini boshqarishi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan voqea boʻldi. U mamlakatda huquqiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlar uchun asos boʻldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Demokratik huquqiy davlatni tuzish uchun eng avvalo davlat boshqaruvining hozirgi zamonaviy tizimini shakllantirish talab qilinadi. Davlat boshqaruvi xususida tuzilayotgan tizimning asosi prezident boshqaruvi boʻldi. Prezidentlik boshqaruvi, mustaqil davlat va respublikadagi ijrochi hokimiyatning boshligʻi bolmish Prezidentning haq-huquqlari va vakolatlari Prezidentni umumxalq tomondan saylanishida tasdiqlanadi (Konstitutsiya, XIX bob, 89-90 moddalar).

Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi ijroya hokimiyati Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan boʻlib, unga Prezident rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilib, parlament tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi 1990- yil noyabrda tashkil topib, mustaqillikka erishgandan soʻng davlat mustaqilligini ta’minlovchi organlardan iborat: Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq qoʻmitasi, shuningdek tashqi aloqalarni ta’minlovchi organlar vujudga keldi:

Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi Milliy Bank, Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi organlar: Davlat statistika qomitasi, Respublika ulgurji va birja savdosi aktsionerlik assotsiatsiyasi, Respublika xomashyo birjasi, Moliya Vazirligi va boshqalar.

Ijro etish hokimiyatining faoliyati parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan biri – Qonun ustuvorligidir. Demokratik jamiyat hayotida qonunning oʻrni beqiyos. qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a’zolariga bogʻliq boʻladi. Ma’lumki, 1990- yil 18- fevralda Oʻzbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi va u 1990-1994- yillarda faoliyat korsatdi,

Oliy Kengash sovet davrining koldigi boʻlib, shu bilan birga Oʻzbekistonning mustaqilligini ta’minlashda yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirishda muhim rol oynadi. 1990-1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo yangi demokratik davlat, Fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun yangi turdagi, zamon talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi. 1993- yil 28- dekabrda boʻlib oʻtgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar togʻrisida”; 1994- yil 22- sentyabrda boʻlib otgan XVI sessiyada “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi togʻrisida” qonunlar qabul qilindi.

Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu yangi parlamentni demokratik yoʻl bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi boʻldi. Oliy Majlis oʻzining shakllanishi, faoliyat koʻrsatishi, ish yuritish tartiblari bilan avvalgi Oliy Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat oʻrganidir:

– Oliy Majlis deputatlar saylovi koʻppartiyaviylik va muqobillik asosida oʻtkazildi.

– Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.

– Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat yuritmoqda, ya’ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy ishlamoqda.

2002- yil 27- yanvar kuni Oʻzbekistonda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi togʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ozgartirishlar kiritildi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XVIII-XX boblar). 2004- yil 26- dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov boʻlib otgan. Unda beshta partiya (XDP: “Adolat”, “Milliy tiklanish”, “Fidokorlar”, “Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi”) ishtirok etgan.

Ikki palatali Oliy Majlisga boʻlgan saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:

– saylovlar biz uchun chinaham demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy saviyasini oshirish uchun sinov boʻlgan;

– ikki palatali parlamentga saylovlar oʻtkazish tizimi va jarayonining oʻzi mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga olib keldi;

– saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini namoyon qildi;

Oʻzbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan koʻzlangan maqsadlar quyidagidan iborat:

– parlament oʻz vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur boʻlgan oʻzaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;

– parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;

– siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan oʻrini oshirish uchun;

– Senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;

– aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki qolami va faolligini yanada kengaytirish.

Fuqarolik jamiyatining keyingi rivoji saylov qonunchiligini takomillashtirishni taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, Mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi bir qator va qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lsa-da, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligi ta’kidlanib, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasining saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo‘yildi. 2019-yilning iyun oyida 18 bob, 103 moddadan iborat “Saylov kodeksi” qabul qilindi. Shu kodeks asosida 2019-yilning 22-dekabr hamda 2020-yilning 5-yanvarida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga o‘tkazilgan saylovlarda respublika tarixida birinchi bor 5 ta partiya ishtirok etdi.




Download 105,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish