14-mavzu. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O'zbekiston



Download 436,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.06.2022
Hajmi436,91 Kb.
#692373
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu matni



14-mavzu. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
rahbarligida yangilanayotgan O'zbekiston: 
 milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari 
Mavzuni o’rganishdan maqsad:
Talabalarga 2017-2021 yillarda O'zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar 
strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy yetilishi va uning ahamiyati haqida 
ma'lumot berish. 
Kalit so'zlar:
Parlament, qonun ustuvorligi, modrnizatsiya, diversifikatsiya, 
baynalminallik, tolerantlik, paragmatik. 
Asosiy masalalar (Reja): 
1. 
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga 
joriy yetilishi va uning ahamiyati. 
2. 
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini 
ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 
3. 
Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirish, 
Ijtimoiy 
sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari; 
4. 
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda 
chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo'nalishlar. 
1. 
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ishlab 
chiqilishi, hayotga joriy yetilishi va uning ahamiyati. 
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el 
ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qizqish va e'tibor bilan 
o'rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli 
darajadagi ko'zga ko'ringan rahbarlar o'z fikr-muloxazalarini bildirmokdalar. 
Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo'nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti 
uchun g'oyat muxim axamiyatga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat. 
Birinchi yo'nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 
ustuvor yo'nalishlari alohida belgilab beriladi. Unda demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy 
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish 
asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini 
chuqurlashtirishga erishiladi, Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli 
byurokratik to'siqlarni kamaytirish, davlat boshkaruvida keng jamoatchilikning 
faol ishtirokini ta'minlash choralarini ko'rish buyicha aniq g'oyalar ilgari suriladi. 
Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustaxkamlash va natijada 
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muxrlab qo'yilganidek, davlatning 
yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, 


ayni paytda xalq o'z maksad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida 
ko'rishi kabi printsip va qoidalarni to'liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib 
qo'yilgan. 
Ikkinchi yo'nalish qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini 
yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan iborat. Bunda sud hokimiyatining 
chinakam samaradorligini ta'minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini 
demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo'yildi. 
Mazkur yo'nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini ta'minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini 
himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to'la va samarali ishlashi 
bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e'tibor beriladi. Oliy 
sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, xozirgi kun talablari asosida 
ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g'oyalar ilgari surildi. 
Jumladan, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish 
orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to'la himoya qila oladigan, 
ularning muammolarini o'z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga 
keltirish talab etiladi. 
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muximi, turli huquqbuzarliklarning 
oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko'rish, profilaktika tizimini 
yanada 
chuqurlashtirish 
va 
samaradorligini 
oshirish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustaxkamlash, 
qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning 
yuksak madaniyatiga erishish yo'l-yo'riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. 
Yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish orkali sud-huquq 
organlarini “jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya kiladigan, ularning 
kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammolarini qonun 
doirasida hal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish” (Islom Karimov) 
mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta'minlash bo'yicha amaliy yechim va 
takliflar ilgari suriladi. 
Uchinchi yo'nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo'nalishlarini o'zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barkarorlikni 
yanada mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
xisobidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, 
mamlakat eksport saloxiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo'yilgan. 
Qishlok xo'jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar 
xosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir maxsulotlar yetishtirish orqali jaxon 
bozoriga chiqishning yangi yo'nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish, mulkka egalik qilish va uning xajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka 
erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni 
rag'batlantirish mo'ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-
geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dehkonchilik madaniyatini nazarda tutgan 
xolda, hududiy extiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish 
choralarini ko'rish belgilangan. 


To'rtinchi yo'nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari 
o'z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini izchil 
oshirish, jumladan, mexnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o'rinlari 
yaratish, mexnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda 
tutilmokda. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'likni saqlash tizimini takomillashtirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog'lom 
turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga aloxida axamiyat berilmoqda. 
Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta'minlash, hayot sharoitlarini 
yaxshilash, 
yo'l-transport, 
muxandislik-kommunikatsiya 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo'ljallangan va 
munosib turmush darajasini ta'minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga 
erishish chora-tadbirlarini ko'rish eng muxim vazifa qilib qo'yilgan. 
Ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, 
yetuk inson - yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga aloxida e'tibor beriladi. 
Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni 
taqozo etadi. 
Beshinchi yo'nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni 
ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat soxasidagi 
ustuvor vazifalar bilan bog'liq bo'lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintakalarda 
urush davom etayotgan, qon to'kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni 
ta'minlashga jiddiy e'tibor berish eng muxim vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
O'ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan 
O'zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, o'zaro ishonch, bir-birini 
tushunish, turli e'tiqod va madaniyatlarni xurmat qilish singari bag'rikenglik 
fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta'kidlanadi. 
O'zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 32 millionli oilamiz istikboli uchun 
diniy e'tikodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat'i nazar, har bir fuqaro 
mas'ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib 
belgilangan. 
O'zbekistonning 
tashqi 
siyosatida, 
O'zbekistan 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
belgilanganidek, 
davlatlarning 
suverenitetini, 
hududiy 
yaxlitligini xurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, 
chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning 
umume'tirof etilgan boshqa koida va normalariga asoslanib, o'zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat olib borish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish 
muxim vazifa qilib qo'yilgan. 
Aytish 
mumkinki, 
2017-2021 
yillarda 
O'zbekistan 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi o'tgan 
25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni 
umumlashtirib, xozirgi kunda davrning o'zi oldimizga qo'yayotgan dolzarb 
masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo'ljallangan 
tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo'lib, u o'zining 


moxiyat e'tibori bilan O'zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarishni 
ta'minlaydigan strategik dasturdir. 

Download 436,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish