Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida
”
gi Farmonida olib
borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi tasdiklandi
3
. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari aloxida muxim o‘rin egallaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta
tarkiby
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish
masalasi turadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doyr loyixalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida e’tiborga loyiq.
2016 yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSh dollaridan ko‘p investitsiya
kiritildi, bu 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el
investitsiya va kreditlari xajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod
bo‘ldi.
3
“Харакатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони. // “Халқ
сўзи”, 8 феврал 2017-йил
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik
164ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450
MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan
foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax
viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish,
“
Indorama Qo‘qon tekstil”
xorijiy korxonasi
va
“
Fanteks
”
MChJda yigiruv ishlarini tashkil etish,
“
GM O‘bekiston
”
aksiyadorlik
jamiyatida
«
T-250
»
ruso‘midagi yengil avtomobillar ishlab chikarishni tashkil
qilish
»
, shu bilan birga,
«
Sirdaryo viloyatidagi
«
Guliston Med Texnika
»
qo‘ushma
korxonasida steril shprislar ishlab chiqarish
»
va boshqa loyixalar shular
jumlasidandir
4
.
2017-2021 yillarda O‘bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
«
Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili
»
da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo‘nalishida
korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari kredita, xorijiy investitsiya va
kreditlar xisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyixasini nazarda
tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning
yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi
80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh
tayyor maxxsulotlar o‘zlashtiriladi.
2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish
quvvatini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
- meva-sabzavot va go‘sht-sut maxsulotlarini qayta ishlash soxasida 147 million
dollarlik 63 ta loyixa;
- rangli va qimmatbaxo metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million
dollorlik 6 ta loyixa;
- kimyoviy xom ashyolarni chuqur kayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta
loyixa;
- uglevodorod xom ashyolarini kayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million
dollarlik 6 ta loyixa;
- tayyor charm-poyabzal maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6
million dollarlik 9 ta loyixa;
- farmasevtika maxsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million
dollarlik 7 ta loyixa;
- qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million
dollarlik 29 ta loyixa;
- tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj maxsulotlari ishlab chikarishni oshirish
bo‘yicha 178 million dollarlik 15 ta loyixa.
4
http ://www.uza.uz/oz/politics/zbn-respublikasi-vazirlar-mahkamasining-majlisi-t-ris-15-01 -
2017
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021
yillarda axolining energiya ta’minotini yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish soxasida
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish xisobidan ko‘umir qazib olishni yiliga 7,8
million tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyixalarni amalga
oshirish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlar, ularning natijalari atroflicha
muxokama qilinmokda.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish
masalasini xal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch
tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va
moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chikarish quvvatlaridan foydalanish
darajasini
yuksaltirish
asosida
ishchilar
sonini
ko‘paytirishga
erishish
rejalashtirilgan. Bu tadbirlar latijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi,
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim o‘zgarish
korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional isloxotlarning
sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab
chikarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish
bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatildi.
Turizm tarmog‘i jaxon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va
bugungi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish
bo‘yicha ikkita yirik tarmoq — neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi
uchinchi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm soxasi jaxonda bo‘ladigan jami eksportning
10 foizini beradi xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham budjet muassasalari
xodimlarining ish xaki, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini inflyatsiya
sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Budjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy
nafaqalar xajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida
muntazam oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016 yil 22 avgustdagi PF-4822-
son
«
Ish xaki, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish
to‘g‘risida
»
gi Farmoniga asosan 2016 yilning 1 oktabridan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi hududida eng kam:
- ish xaki - oyiga 149 775 so‘m;
- yoshga doyr pensiyalar - oyiga 292 940 so‘m;
- bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 292 940 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz fuqarolarga
beriladigan nafaqa - oyiga 179 755 so‘m kilib belgilandi.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan
takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va axolining boshqa ijtimoiy extiyojmand
qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar
uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi
«
Ish xaki,
pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doyr
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
»
gi PF-2753-son karori qabul kilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
- barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida xech kanday cheklovlarsiz
to‘liq xajmda naqd shaklda beriladi;
- 58 ta tog‘li va olis tumandagi budjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to‘lash,
ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga
oshiriladi;
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo‘lsada,
o‘tgan yili Bandlikka kumaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5
foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl
va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik.
Bunday xolat bandlikka ko‘maklashishiing faol siyosat choralarini amalga
oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj
axoli toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini
ko‘rishga zaruriyatini keltirib chikaradi.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim
yo‘nalishlarini qisqartirishii va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab
chiqarish soxasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi soxasi mutaxassislari tayyorlashni
kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik
yo‘nalishlarini qayta ko‘rib
chiqish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Sh.Mirziyoev mamlakatimizni 2016
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida
ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to‘xtalib,
quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar:
«
Uchinchi vazifa - ayollarni ularga munosib mexnat
bilan bandligini ta’minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish
borasidagi muxsm masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik,
xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari amalga
oshirilmoqda
»
.
Do'stlaringiz bilan baham: |