14-Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi texnologiyalar reja: 1


Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi



Download 22,83 Kb.
bet3/5
Sana23.11.2022
Hajmi22,83 Kb.
#870969
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Mavzu

3. Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi
Programmalashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yil boshlarida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. N. Krauder tarmoqlangan programmani ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko‘ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi. G.K.Selevko programmalashtirilgan o‘qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni programmalashtirilgan o‘qitish deganda o‘qitish uskunalari (EHM, programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va b.) yordamida programmalashtirilgan o‘quv materialining o‘zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Programmalashtirilgan o‘quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo‘lmagan o‘quv axborotlari (“kadrlar”, “fayllar”, “odimlar”) seriyasidan iborat bo‘ladi.
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. O‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:
berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);
davriy (nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);
tarqoq – (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik);
qo‘l (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali.
Programmalashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, fanda dastlabki umumiy mo‘ljal yaratish; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil etish tizimini talab qiladi. Bunda avvalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi – zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi ob’ektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur; birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun.
Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi.
Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri – bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami bilish harakatlarini va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qa-tor ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi: ravon prog-rammalar; tarmoqlanuvchi programmalar; soddalashtirilgan programmalar; aralash programmalar; algoritm; blokli o‘qitish; modulli o‘qitish; bilim-larni to‘la o‘zlashtirish;

Download 22,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish