O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnologiyalarida asoslab berildi:
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnalogiyasi;
V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnalogiyasi.
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S. Granitskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Granitskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir: birinchi qism – barchani o‘qitish; ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko‘ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi etgan variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi, “ba’zan” uni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki u sinfdagi o‘quvchilarning tenglashish, o‘quvchilarning qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi etadigan, o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud: individuallashtirish o‘qitish jarayoni strate-giyasidir; individuallashtirish–individuallikni shakllantirishning zaru-riy omili; barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitish-dan foydalanishning mumkinligi; individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash; individual sur’atda, uslubda o‘r-ganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallash individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi, irodaning sustligi kamchiliklarini qayd qilish va enga olish;
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);
o‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;
o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |