14-Mavzu. Ochiq iqtisodiyotda Mendell-Fleming modeli (2 soat) Reja: 1-ma’ruza


Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat



Download 234,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.01.2023
Hajmi234,15 Kb.
#905544
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-мавзу Документ Microsoft Word

 
13.3. Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat 
Qayd qilingapn valyuta kursi sharaoitida monetar siyosat ko‘proq ichki balans muammosi 
bilan aloqador bo‘ladi.
Keltirilgan fikrlarni izohlab berish uchun quyidagi gepotetik misolni ko‘rib chiqamiz. 
Mamlakat banklaridagi aktivlar va pasivlarning tengligi shartini 
M=R
es
+DS
ko‘rinishida 
yozishimiz mumkin. Bu tenglik pul taklifi (bank tizimining majburiyati) valyuta rezervlari (sof 
xorijiy aktivlar) va bank tizimining ichki kreditlari yig‘indisiga tengligini anglatadi. Demak, pul 
taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog‘liq. 
Pul taklifining o‘zgarishini
ΔM=ΔR
es
 +ΔDS
ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bu erda ΔR
es 
to‘lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga
mos keladi. Tashqi balansni tiklash, o‘z navbatida 
valyuta kursini saqlab turish zaruriyati xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni talab qiladi. Bu 
esa valyuta rezervlarining ko‘payishi yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish 
barobarida Markaziy Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish 
bilan esa pul taklifi hajmini ko‘paytiradi.


Markaziy Bank to‘lov balansining iqtisodiyotdagi pul taklifiga ta’sirini valyuta rezervlari 
o‘zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin. Masalan, (to‘lov balansi taqchilligini yoki 
almashinuv kursi pasayishini bartaraf qilish maqsadlarida foydalanilishi natijasida) rezervlar 
qisqarganida Markaziy Bank ichki aktivlarni pul taklifi hajmi o‘zgarmasligini ta’minlaydigan 
darajada ko‘paytirishi mumkin.
YA’ni:
M=↓R
es
 +↑DS 
Bunda u ochiq bozordagi operatsiyalar yoki pul-kredit siyosatining boshqa vositalaridan 
foydalanadi.
Ammo sterillash imkoniyatlari cheklangan. Agar to‘lov balansining taqchilligi uzoq vaqt 
saqlanib qolsa, uni bartaraf qilishga intilish valyuta rezervlarini tugab qolishiga olib kelishi 
mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendensiyasini bartaraf qilish 
hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki
pul massasining qisqarishiga yo‘l qo‘yib berishga majbur bo‘ladi.
Demak, hattoki sterillash ham pul masssasini to‘lov balansi ta’siridan himoya qila olmaydi. 
Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin cheklab qo‘yadi. 
Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning 
mobilligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat xarajatlarining ko‘payishi foiz stavkasining 
o‘sishini keltirib chiqaradi (fond bozorida qarzga mablag‘ olib, davlat xususiy sektor 
foydalanadigan pul massasini kamaytiradi). Bu esa o‘z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini 
rag‘batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko‘payishi bilan 
bog‘liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig‘i bilan amalda 
qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o‘sish tendensiyasini bartaraf 
qilish uchun xorijiy valyutani sotib olish va muomalaga milliy valyutani ko‘p miqdorda 
chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur bo‘ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining 
o‘sishi bilan birgalikda) daromadlarning kengayishi uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratadi. 
 
SHunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosati pul-kredit 
siyosatidan farqli ravishda daromad darajasiga, o‘z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli 
ta’sir ko‘rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o‘sishi bilan ortib boradi.

Download 234,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish