14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


-jadval  Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/33
Sana23.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#841987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
14-мавзу

26-jadval 
Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari 
№ 
Belgilar 
Rahbarlik turlari 
Avtokratik rahbar 
Demokratik rahbar 
Leberal rahbar 

Qaror qabul qilishda
Yakkabosh, jamoa fikri 
bilan hisoblashmaydi 
Jamoa fikri bilan 
hisoblashadi 
Ko’rsatmaga binoan ish 
tutadi 

Qaror 
yechimlarini 
bo’ysunuvchilarga 
yetkazishda
Yozma va og’zaki 
buyruq ko’rsatma orqali 
Taklif orqali 
Iltimos qilish yalinish 
orqali 

Mas’uliyatni taqsimlash
To’la-to’kis rahbar 
qo’lida 
Vakolatiga binoan 
To’la-to’kis 
ijrochilarning fikriga 
binoan 



Bo’ysunuvchilarning 
tashabbuskorligiga
Yo’l qo’yadi 
Rag’batlantiradi va 
foydalanadi 
To’la-to’kis tayanadm 

Kadrlarni tanlashda
Kuchli 
raqobatdoshlardan 
qutulish tarafdori 
Ishchan, bilimdon 
xodimlarga mo’ljal oladi 
va ularning o’sishiga 
yordam beradi 
Beparvo 

Bilimga 
bo’lgan 
munosabatda
Hamma narsani o’zim 
bilaman deb hisoblaydi 
Muttasil o’qiydi va qo’l 
ostidagi 
bo’ysunuvchilardan ham 
shuni talab qiladi 
E’taborsiz, bari-bir, 
beparvo 

Muomalada
Salbiy, masofa saqlaydi 
Ijobiy, muloqatda 
kirishimli va faol 
Tashabbus ko’rsatmaydi 

Bo’ysunuvchilarga 
nisbatan
Kayfiyatiga qarab 
muomala qiladi, asabli 
Har xil, talabchan, 
xayrixoh, andishali 
Talabchan emas, 
muloyim 

Intizomga nisbatai
Qattiq, rasmiy, yuzaki 
Maqsadga muvofiq talab 
qiladi 
Yumshoq, yuzaki 
10 Rag’batlantirishga 
nisbatan
Onda-sonda 
rag’batlantirib, tez-tez 
jazolash tarafdori 
Onda-sonda jazolab, tez-
tez rag’batlantirish 
tarafdori 
Aniq mo’ljali yo’q 
Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib, aniq sharoitlarda birining 
salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi. 
 
2. Bozor munosabatlariga xos boshqaruv uslublarining shakllanishi. 
Hozirgi vaqtda bizning iqtisodiy taraqqiyotimizning birdan-bir yuli - bu ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor munosabatlaridir. Tabiiyki bu yangi boshqaruv uslubining shakllanishiga olib keladi.
Madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lgan davlatlarning bozor iqtisodiyoti davrini tahlil qila 
turib, birinchi qadamlar qo’yayotgan mustaqil davlatlarning boshqaruv uslubini aniqlab beruvchi 
ba’zi bir belgilarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin.
Birinchi guruh belgilari
 -
bu iqtisodiy fikr yuritishning yangi turi bo’lib, u yoki bu tavsiflarni 
faoliyat tomonini qayta baholanishini o’z ichiga oladi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti yangi 
turdagi iqtisodiy munosabatlarni, erkin tadbirkorlik munosabatlarini taqazo etadi. Bu 
munosabatlarga davlat idoralarining aralashishi avvalgidan bir oz kamroq bo’ladi. SHunday ekan, 
bozor 
munosabatlarini 
shakllanishida 
ishbilarmon 
odamlarni 
(rahbarlarni, 
tashkilotchi 
mutaxassislarni) tayyorlash zarur. Boshqacha aytganda tadbirkorlik, ishda faollik, erkinlik, yaxshi 
ishga va maoshga intilishlik kabi sifatlar birinchi darajali rol uynashi mumkin.
Ikkinchi guruh belgilari

yangi uslubdagi boshqaruvni aniqlab beradi. Bunda boshqaruv 
mehnat bilan band, ishbilarmonlikda bilimdon odamlarni belgilari majmuasini kitirish mumkin. Bu 
eng avval o’z sohasida o’ta bilimdon, madaniy, taraqqiyot darajasi yuqori davlatlarda to’plangan 
tajribani o’zlashtirgan, bozor iqtisodiyotini barcha zamonaviy sohalarini, ya’ni tadbirkorlik, 
menejment, marketing, bank ishi, soliq solishni va boshqalarni biluvchi mutaxassis bo’lmog’i 
kerak. So’z asosan keng armiyadagi ishbilarmon odamlar - mutaxassislar, o’ta yuqori darajadagi 
kasb egalari haqida bormoqda.
Uchinchi guruh belgilari - bu sheriklarga nisbatan tartiblilik, to’g’rilik, yulg’ichlikni yo’qligi, 
obru haqida g’amxo’rlik, madaniyatlilik, ziyolilikdan iborat. Bu guruh belgilarining mazmuni 
shundaki, zamonaviy, madaniy taraqqiyotli biznesda iqtisodiy operatsiyalarda tartiblilikni o’ta 
zarur, o’z-o’zidan kerakli bo’lgan sifat deb qaraladi.
Qoidaga binoan haqiqiy bizneschi yoki tadbirkor o’zi so’ziga xiyonat qilmaslikka xarakat 
qiladi. Bitimning tuzilishi uchun uning og’zaki roziligi yetarli hisoblanadi. Bu nooshkor qonunni 
buzganlarni katta noxo’shliklar kutadi.
Ko’plab shirkat, kichik va sherikchilik korxonalarini tartiblikdan ancha yiroq bo’lgan shaxslar 
tomonidan, (katta daromad olish uchun intiluvchi) mehnat bilan emas, balki turli nayrangbozliklar 
va aldashlar hisobiga katta daromad olish niyatida bunyod etiladi. Bunday korxonalarning hayotiy 


davri (tsikli) uzoq bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi davr jamiyatda ijobiy yo’nalishga ega 
odamlar faoliyati birinchi qatroga chiqarilmoqda.
To’rtinchi guruh belgilari - bu bozor iqtisodi taraqqiyotida muhim ijtimoiy rol o’ynaydigan 
tafsifdir. Ular yuqorida ko’rib chiqilgan tavsiflarga yaqinlashib keladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish xalqni, insonni farovonligini tiklash va yaxshilash 
uchun zarur. Shunga binoan inson omili bevosita barcha amaliy xarakatlarda birga bo’lmog’i kerak. 
Bozor iqtisodiyoti shakllangan va taraqqiy topgan davlatlar tajribasi shu haqida so’z yuritadiki, ular 
bu kabi tizimga yoki unga yaqin bo’lganiga egalik qiladilar, ularning asosiy belgilari: ijtimoiy 
haqlik, uning a’zolarini tengligi va ishbilarmon odamlarni o’z vatandoshlariga g’amxo’rligi va 
hokazolardan iborat.
Haqiqiy tadbirkor ishbilarmonlik olamida faqat o’ta yuqori daromad haqida g’amxo’rlik 
qilmasdan, balki ishni yaxshi sifati va uning korxonasidagi mehnatkashlarni farovonligi haqida 
o’ylashi zarur.
Biz ko’rib chiqqan menejment uslubini tavsifi birdaniga, qisqa vaqtda o’z shakliga kelmaydi, 
buning uchun maxsus yangi kadarlarni tayyorlash zarur. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish