Axloqiy xislatlar:
Ishbilarmonlik, ishchanlik, uddaburonlik xislatlari:
SHaxsning zakovatlilik, idroklilik, zukkolik xislatlari:
Irodaviylik xislatlari:
Ehtirosli xislatlar.
O`rta Sharq mutafakkirlari ta`limotida umuminsoniy qadriyatlar. Jahon
tarixiy-pedagogik jarayoni va uning hozirgi bosqichi umuminsoniy hamda milliy
masalalarni chuqur va har tomonlama o`rganishin ta`qozo etadi. SHarqning buyuk
olimlarinpng pedagogik qarashlari bu borada katta ahamiyatga ega. Ma`lumki, Al
Forobiy, Ibn Sino, Al Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g`oyalari hamda
pedagogik qarashlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga,
xususan,. Ovro`paga ko`p darajada ta`sir ko`rsatdi. SHu bilan birga o`z navbatida
uning ta`sirini ham o`ziga ola bildi.
O`rta asrlarda SHarq qomusiy olimlari tomonidan Turonda yangi davrning (IIII
asrlar) ko`pgina ilmiy tasavvurlari asoslari yaratilgan edi. Ular qadimgi SHarq
na Antik dunyoning boy ilmiy merosiga suyanib turib bir qator fan tarmoqlarining:
falsafa, jo`g`rofiya, tarix, riyoziyot va falakiyot ilmini shakllanishiga, ishlab
chiqilishiga hissa qo`sha oldilar.
Ularning ushbu yaratuvchilik ishlarida pedagogik jihatdai ahamiyatli bo`lgan
ko`plab g`oyalar va qoidalar aytib o`tilgan. Masalan, ular tomonidan birinchi
bo`lib riyoziyot fani, umuman olib qaralganda arifmetika belgilab, aniqlab berildi.
O`rta asr buyuk donishmandlarining g`oya va qoidalari -hozirga qadar
o`zining ahamiyatini yo`qotmagan, o`tkinchi bo`lmagan tarixiy, umuminsoniy
boylikdir. Tarixiylik jihatidan ijodiy yondoshilganda ular hozirgi
zamon.pedagogikasini boyitishi mumkin.
SHarq olimlarining merosidagi qimmatbaho sanaladiganlar bizningcha
boshqalari bilan bir qatorda quyidagilar ham hisoblanadi:
1. Al Forobiy Platon va boshqa yunon faylasuf-donishmandlarining pedagogik
g`oyalariga amal qila borib, o`zida shaxsni iqtidoriy, aqliy va nazariy tarbiyalashni
aks ettiradigan ma`naviy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi. Aristotelning
izdoshi Al Forobiy ham insonning aqliy kuchi bilan dunyoni bilish mumkinligini
tan oladi va himoya etadi, ya`ni mantiqiy mashqlar va mashg`ulotlar yordamida
rivojlanadigan va mukammallashadigan iqtidorni tan oladi.
2. Al Forobiyning tahlil etish va bo`laklash dialektikasi, induktsiyasi hamda
deduktsiyasi didaktik fanlar uchun juda katta qiziqish uyg`otadi. Uning fikricha,
fikrni tasdiqni «ehtimollikdan zamonaviylikka ko`chirish ikki yo`l bilan amalga
oshiriladi: 1.Bo`laklash metodi. 2. Tahlil metod. Qachonki extimollik asosiy
yo`naltiruvchi nuqta sifatida qaraladigan bo`lsa, tahlil metodi qo`llanadi».
3. Al Forobiy fikriga ko`ra, ta`limning asosiy shakli - ishontirish metodlaridir.
Ulguradiganlar uchun - mavhum fikrlar yordamida, o`rtachalar uchun
ko`rgazmalar yordamida, ya`ni obrazli shaklda. O`qitish ma`ruzalarga bog`langan
qism sifatida, so`zlashuvlar ko`rinishida suhbatiy tadqiqotlarning qismi sifatidagi
yo`l bilan amalga oshiriladi.
4. Al Forobiy ma`nodor, ta`sirli, san`at va so`zning juda ham muhim didaktik
rolini belgilab beradi (Bizning mohirligimizga ko`ra).
5.Ta`limning differentsiyasi haqidagi Al Forobiyning didaktik xulosalari
hozirgi vaqtga qadar o`zining kuchini yo`qotmadi: «Ishontirish metodlari va
xayolda paydo bo`lgan fikriy tasavvurlar oddiy xalqni, xalqlardagi va
shaharlardagi oddiy kishilarga ta`lim berish davomidagina qo`llanadi. Qaysiki,
ishonchli dalillash metodi, ya`ni narsalarning mohiyatiga o`zining aqli bilan
yetishish metodi tanlanganlar qatoriga chiqishi mumkin bo`lgan kishilarnigina
o`qitish davomida qo`llaniladi».
6. Al Forobiy ta`limning milliy xarakterini faqatgina tilni o`rganishda ko`radi.
Bir vaqtda har bir tilda belgilangan qoidalar mavjud bo`lishligini, umumiy bo`lgan
xarakterli belgilari, tilning o`ziga xosliklari bilan bir qatorda, qaysiki ularning
yordamida milliy tillar bir-birlaridan farq qilib turadigan belgilar ham mavjud
bo`lishligini ko`rsatib o`tadi.
7. Mantiq grammatika bilan bog`liqdir, hatto ularning nomlanishi ham bitta
ildizdan«nutqdan» olingandir. Mantiqning zarurligi xususida Al Forobiyning
dalillari ahamiyatga molikdir, qaysiki Al Forobiy tomonidan pedagogika, odobaxloq
va psixologiya sohasida amalga oshirilgan insonparvarlik hamda demokratik
an’analar uchun xos bo`lgan - o`zlarining qobiliyatlariga ko`ra hamma kishilarning
tengligi haqidagi fikrdir.
Nazorat savollari:
1.Kasbiy ta`limning qanday qonunlari bor?
2.Ta`lim va tarbiya printsiplari haqida nimalarni bilasiz?
3.Kasbiy ta`lim jarayonida shaxs rivojlanishining pedagogik shart-sharoitlarini
ayting.
4. Pedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasi haqida nimalarni bilasiz?
5. Kasbiy ta`limining qanday tamoyillarini bilasiz?
6. SHaxsning umumiy xislatlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |