14-mavzu. Mehnat tarbiyasi ma’naviy tarbiyaniig negizi


SHaxsning umumiy xislatlari (sifatlari, jihatlari)



Download 46,96 Kb.
bet15/17
Sana23.01.2022
Hajmi46,96 Kb.
#404345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14-mavzu

SHaxsning umumiy xislatlari (sifatlari, jihatlari):

1.YOqimlilik, jozibadorlik, dilbarlik, ko`rkamlik. Insonni birlamchi

ko`rishdayoq ko`zga tashlanadigan jozibali, dllbar o`ziga xosligi. Ko`rkam odam

faqat kiyimi bilangina emas, muomalasi, odobi bilan e`tibor topadi.

2.YOqimtoylik, kelishganlilik - bunday xislatli kishilar xipcha, yengil, bo`yibastiga

mos, ortiqcha og`lrlikdan xoli, kiyimi o`ziga, yoshiga, ishiga, atrof muhitga

mos tanlangan insonlar xisoblanadi. Kelishganlilik, qimmatbaho kiyimlar bilan

yoki mingan avtomashinasining rusumi bilan emas, balki o`z ishiga, yoshiga mos

xatti-harakatlari, odob va axloq normalariga rioya qilishlik bilan o`lchanadi,

xarakterlanadi.

3.Istarasi issiqlik - ayrim insonlar haqida gap ketganda istarasi issiq yoki turqi

sovuq deb baholashadi. Istarasi issiq odamning yuzidan nur yog`ilib turadi. Inson

yuzining rangi oq, qora, sariq, bug`doyrang bo`lishi mumkin, lekin istarasi issiqlik

rang tanlamaydi.

4.Maftunkorlik, fusunkorlik, afsunkorlik ko`proq ayollarga xos bo`lib,

go`zallik, o`ziga maftun etuvchi o`ziga xoslik bilan xarakterlanadi.

5.Oydinlik, yorqinlik, ochiqlik - bunday xislatli insonlarni ko`ngli ochiq

odam, teskarisini esa mug`ombir deyiladi. Uzbeklarda bir maqol bor: yuz ko`r hol,

so`r deyiladi. YA`ni inson yuzida uning ochiq ko`ngilliligi ravshan ko`rinib turadi.

6.Salobatlilik, savlatlilik, hurmatga sazovorlilik. Hurmatli insonning salobati

bosadi, deyiladi xalqimizda. Bu xislat ham kiygan kiyimi bilan o`lchanmaydi.

Ruslarda, mehmon kiyimiga qarab qarshi olinib, aqliga qarab kuzatiladi, degan bir

naql bor. Savlatlilik kishini atrofdagilarning nechog`lik hurmatini joyiga qo`yishi,

tutgan mavqeidan o`zini pastroq olib boshqalarnig hurmatini balandroq qo`yishga

xarakat qilishi bilan xarakterlanadn.

7.Buyuklik, daholik - ulkan inson tashabbusni o`z gardaniga oladi, u

ko`pchilik insonlar taqdirini ijobiy tomonga burishga tayyor turadi.

8.Monandlik, muvofiqlik, uyg`unlik - insoinning xam aqliy, ham jismoniy,

ham axloqiy, ham irodaviy xislatlarining uyqashliligi tushuniladi.

9. Rivojlanganlik, taraqqiy qilganlilik, yetuklik, aqlirasolik, iqtidorlilik,

salohiyatlilik-inson olgan bilimlar salmog`i bu bilimlarning yaxshi ishlarga tezkor

qo`llanilishi bilan o`lchanadi.

10. Har tomonlilik, har taraflamalilik, ko`ptomonlamalilik - shaxsda

shakllangan va rivojlangan ijobiy xislatlarning ko`p qirraliligini, ayrim olingan

xislatdan ko`ra ko`pchilik xislatlarning bir xilda mukammal rivojlanganligi

tushuniladi.

11. Bekamiko`stlik, butunlilik - xalqimizda hamma xislatlari badastur degan

naql bor. Aslida beayb parvardigor, ummatlar ichida xam bir butun, yaxlit insonlar

uchraydi.

12.Nafislik, noziklik, nafosatlilik, latofatlik inson o`zining nafis tabiati,

yurish-turishi bilai go`zallik namunasini eslatadi.

13.YAshovchanlik, umriboqiylik, barhayotlilik. SHunday insonlar borki,

ularning nomi tirikligidayoq tarix daftariga oltin xarflar bilan yoziladi. Biri

qoldirgan shogirdlari bilan, biri yaratgan buyuk ilmiy, San’at asarlari bilan, yana

biri afsonaviy qahramonligi, kishilar katta ko`pchiligining taqdirini yaxshi

tomonga burishligi bilan, xalqiga, butun olam axliga ko`rsatgan karomati bilan

barxayot bo`ladi.

14.So`zamollilik, so`zga chechanlilik, shoirtabiatlik - shaxsning so`zamolligi

birinchi so`rashishidanoq bilinadi. To`liq ma`nodagi so`zamollik deganda

eshituvchilarga mazmunli va`z ayta olishlik, yetkazilishi zarur bo`lgan ma`noni

bo`rttirib, dramalashtirib, lirik so`zlar, qochirim gaplar bilai bezash ko`nikmasi,

xalqsevar shoirlar she`rlaridan, so`z ustalarinig naqllaridan, xalq maqollaridan

ustalik bilan foydalanish tushuniladi. So`zamollik san`ati nutq madaniyati bilan

bog`liq narsa.

15.Ruhlanganlik, ko`tarinkilik, jo`shqinlik, ulug`vorlik, ulug`sifatlilik -

o`quvchilarni, talabalarni, nainki barcha tinglovchilarni biron bir faoliyatga

safarbar qilish uchun so`z aytuvchining o`zi ko`tarinki ruxda bo`lishi, jo`shqin nutq

so`zlashi lozim.

16.Jiddiylik, bosiqlik - ma`lum tajriba soxibi, masalaga yengil-yelpi qaramay

jiddiy yondoshadigan, kam gapirib ko`p ishlaydigan, xar bir so`zi, har bir

harakatiga javob beradigan shaxs.

17.Moslashuvchanlik, egiluvchanlik - oldindan kutilmagan, og`ir sharoitlarga

tez moslashib, butun imkoniyatlarini, muammolarini yechishga qaratish, bahona

qidirmay imkoniyat izlash.

18.Madaniyatlilik, odoblilik, kamsuqumlilik -har bir millatga xos odob-axloq

normalarining umuminsoniy madaniy, madaniylik elementlari bilan hamohang

bo`lishi.

19.Ziyolilik, savodxonlik, o`qimishlilik - shaxs umumiy xislatlarining asosini

tashkil etadi. Ziyoli shaxs o`zining xatti-harakatlari bilan ziyo tarqatadi,

o`qimishlilikning namunosib ko`rsatadi, odamlarning ko`ngliga tezroq yo`l topa

biladi.

20. Tabiiylik, odillik, oddiylik- shaxs o`z xatti-harakatlari, odobi, axloqiy

tabiiy qanday bo`lsa shundayligicha ko`rsatish xislati.


Download 46,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish