Investisiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko’ra, investisiya o’zini oqlaydi, agar bo’lsa. Bu yerda
Demak, investisiyaga talab funksiyasi. Ushbu funksiyaning grafigi kamayuvchi bo’lib, investisiya "narxi" bilan, ya’ni foiz stavkasi bilan investisiyaga qilinadigan xarajatlar o’rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (17.1-rasm).
17.1-rasm. Investisiyaga talab funksiyasi grafigi.
Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o’zgarmas (ya’ni, inflyasiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, nominal, - real foiz stavkasi bo’lsin. - inflyasiya darajasi sur’ati, ya’ni
bu yerda - joriy narx darajasi;
- ma’lum vaqt o’tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat berilgan bo’lib, u bir yildan keyin bo’lsin. U holda
.
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu yerda hozirgi sotib olish kuchi; - kelajakda sotib olish kuchi.
U holda
Bundan real foiz stavkasi quyidagiga teng:
ya’ni, yoki
Inflyasiya darajasi (sur’ati) kichik bo’lganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin:
Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne’matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablag’igadir. Ushbu pul mablag’ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham investisiyaga talab, bu pul jamg’armasiga bo’lgan talab, foiz to’lovi esa qarzga olingan pulning narxidir.
Takrorlash uchun savollar
Ishlab chiqarish omillari bozorini izohlab bering.
Raqobatlashgan mehnat bozor muvozanati qanday o’rnatiladi?
Firma foydasini maksimallashtirish uchun ishchi kuchini yollashni qanday shart bajarilgunga qadar davom ettiradi?
Mehnat qilish va dam olish o’rtasidagi bog’liqlikni izohlab bering.
Mehnat bozoriga kasaba uyushmasi qanday ta’sir ko’rsatadi va uning oqibatlarini izohlang.
Daromadning qanday turlarini bilasiz va ularni ta’riflab bering.
Lorens egri chizig’i yordamida daromadlar taqsimlanishi qanday tahlil qilinadi?
Kapital bozori va uning asosiy ko’rsatkichlari nimalardan iborat?
Loyiha, investisiya va investisiyalash jarayonlarini xarakterlab bering.
+iymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada?
Loyihalarni baholashda inflyasiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |