14-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI REJA:
1. Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari
2. Mehnat resurslari statistikasi
3. Mehnat resurslari balansi
4. Aholining ish bilan bandligi statistikasi
5. Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi
1. Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari.
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va
o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega;
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi:
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas;
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi.
Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi.
2. Mehnat resurslari statistikasi
Mehnat resurslari – mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi hamda qonun hujjatlarida belgilangan iqtisodiy faollikning quyi va yuqori yosh chegaralariga kirmaydigan ishlayotgan shaxslar.
MR=MQA+IO’P.
Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
IF=IT+IM
Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish bo’yicha haftada kamida 2 soat mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar foyda yoki daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki jarohat, bemorni parvarish qilish tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi saqlangan yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda vaqtincha bo’lmagan shaxslar; haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni bajargan shaxslar.
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi – iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi.
Меҳнат билан бандлар сони қуйидаги формула бўйича ҳисоблаб чиқилади:
, бунда:- иқтисодиётнинг расмий секторида ишловчилар сони;
- иқтисодиётнинг норасмий секторида ишловчилар сони;
- мигрант меҳнатчилар сони - чет элларда ишлаётган Ўзбекистон Республикаси резидентлари, уларнинг мазкур мамлакатда рўйхатга олинган ёки олинмаганлигидан қатъи назар.
Ушбу бобдаги кўрсаткичларни ҳисоблашда давлат статистика ҳамда меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги ва бошқа тегишли идоралар маълумотларидан фойдаланилади.