O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “STATISTIKA VA EKONOMETRIKA” KAFEDRASI DOTSENTI B.X. MAMATKULOV TOMONIDAN “STATISTIKA” FANIDAN “Mehnat bozori statistikasi” MAVZUSIDA TAYYORLANGAN MA’RUZA
3. Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar
statistikasi
Reja
1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.
2. Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari
4. “Mehnat bozori statistikasi” mavzusiga doir uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy misollarni yechish
1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga ehtiyoj,mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq.
MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik,ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
Ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish
ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish
Aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish;
Ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘rganish.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va
ularning o‘zgarishini tahlil qilish.
2. Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari
.
- Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni
mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21
dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar –
60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu
yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib
bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh nogironlari (N) mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va pensiya chiqqan kishilar ham mehnat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va pensinerlar (IP)dan iboratdir.
- Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:
- MR = MQA – N + IYO + IP.
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab
o‘rganish mumkin
ma’lumoti bo‘yicha
ijtimoiy guruhlar
mulkchilik shakli
xalq xo‘jaligi tarmoqlari
yoshi va jinsi
yoshi va jinsi
millati bo‘yicha va hokazo.
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi. Lekin nodavlat sektori o‘z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir mehnat resurslarining 70 % dan ko‘prog‘i nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va bu hissa yildan-yilga oshib bormoqda.
MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
Mehnat resurslarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rganilishi
makroiqtisodiy statistikada muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslarining qaysi tarmoqda ko‘p bandligiga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho beriladi. Agarda sanoatda band bo‘lganlar salmog‘i yuqori bo‘lsa (qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lganlardan) bunday mamlakatlarni industrial iqtisodiyotli davlat deyiladi. Agarda mehnat resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lsa, bunday mamlakat agrar iqtisodiyotli davlat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |