Muhokama-insho
– inshoning muhim turidir. Inshoning bu turida
o‘quvchilardan qiyoslash, ma’lum bir voqea-hodisaga baho berish, o‘z nuqtayi
nazarini himoya qilish, o‘zining haqligini isbotlash kabilar talab etiladi.
Muhokama-insho induktiv yoki deduktiv usul asosiga qurilgan bo‘lishi
mumkin. Induktiv usulda yaratilgan insholarda avval ilgari surilayotgan fikrni
asoslashga xizmat qiladigan dalillar, isbotlar keltirilib, so‘ngida umumiy xulosalar
beriladi. Deduktiv usulda esa xulosadan dalil va asoslarga boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |