14-mavzu. Innovatsion biznesda narx siyosati


Narx siyosatini shakllantirish



Download 28,24 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi28,24 Kb.
#889676
1   2   3
Bog'liq
14-mavzu (1)

Narx siyosatini shakllantirish

Narx bilan iste’molchilar о‘rtasiqa juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiyasi bilan izohlash mumikin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda kо‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga tо‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar kо‘proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mо‘ljalalngan - bо‘lar qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, muyna va boshqalar.
Ikki narx segmenti yaqqol kо‘zga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori bor. Kо‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar guyo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bо‘lgan mahsulotlar xaridida kо‘p kо‘zatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai nazaridan narx о‘zgarishlariga о‘ta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch kо‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda yakka (unitar) talabga bо‘lish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi о‘zgarishlarga о‘ta sezuvchan bо‘ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi о‘zgarishlarga yetarli darajada sezgirlik kо‘rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar kо‘p bо‘lgan, ularning bir mahsulot urnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda kо‘zga tashlanadi. Kо‘pgina qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday qilib, narxlardagi о‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq kо‘tarilib- pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xoxishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini kо‘rsatadi, ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bо‘lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona kat’iy narxda izlaydi.
Marketologning vazifasi xam bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbо‘l narxlarni topish hisoblanadi. Kо‘pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq tadbiq tekshirish, urinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni urganish yuli bilan statistik taxlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab о‘zgarishini о‘lchashni о‘tkazishga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish xajmining kо‘payishi yoki kamayishi bilan bog‘liq xolda о‘zgarish-о‘zgarmasligia qarab doimiy, shartli-doimiy, о‘zgaruvchan turlarga bо‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot xajmiga qarab о‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk solig‘i (daromad solig‘i), qо‘shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.
О‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog‘liq xolda о‘zgarib boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish xaqi va boshqalar kiradi. Shartli-doimiy xarajatlar boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi.
Tо‘liq xarajatlar jami doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlar yigindisidan tashkil topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar xam hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish xajmi kо‘paygan (kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga tо‘liq xarajatlarning kо‘payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlarlardan pastroq narx xech qanday foyda bermaydi.


    1. Download 28,24 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish