14-mavzu: agressiyaning psixologik nazariyalari. Reja



Download 35,46 Kb.
bet5/8
Sana14.12.2022
Hajmi35,46 Kb.
#885420
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14 (1)

Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agressivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari — «frus­tratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar (John Dollard, 1939). Masalan, faraz qiling, bugun darsga kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so'ng mazza qilib ovqatlanishni mo'ljallagan edingiz. Mana qo'ng'iroq ham chalindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo'lgan masala borligini aytdi. Guruh yig'ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqatlanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko'p bo'lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi...
Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va'dalashganingizdek, o'rtog'ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. O'rtog'ingiz sizdan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Unga biror yomon gap aytishga bo'lgan ehtimol ortadimi?
Frustratsiya — bu maqsadga erishishga to'sqinlik qiluvchi barcha narsalardir (shu jumladan, ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bo'lsa, qoniqish olishni kutayotgan bo'lsa va uning bu istagi to'siqqa uchrasa frustratsiya kuchayishi mumkin.
Frustratsiya agressiyaning paydo bo'lishi uchun motivatsiya hosil qiladi. D. Dollard va M. Millerning fikriga ko'ra, frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sababga ko'ra agressiyani namoyon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin.
Bunday jazodan qo'rqish esa agressiya boshqa nishonga, obyektga yoki shaxsning O’z- o’ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo'lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941)
Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida o'tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko'rish mumkin: frus­tratsiya ba'zan agressiyani kuchaytirgan bo'lsa, ba'zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bernstayn va Filip Uorchel o'tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning assistenti eshitish apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis ishtirokchilarida frustasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab bo'lmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yetarlicha tushunarli bo'lganidir. Frustratsiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko'rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqaza­di). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani keltirib chiqazgan odam boshqacha yo'l tutish imkoniga ega bo'lgan bo'lsayu, bunday qilmasa (Averill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsi­yani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har doim ham frustratsiya bo'lishi shart emas, lekin agressiya bilan assotsiatsiyalanadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Others, 1990).

Download 35,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish