16-ma`ruza. Donni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish.
Ma`ruza rejasi:
Donni qayta ishlash jarayonining texnologik sxemasining tavsifi;
Donni qayta ishlash jarayonining asosiy texnologik parametrlari;
Donni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Mahsulot ishlab chiqarishning asosiy uchastkasida tayyorlanadi. Uni tayyorlashda don dastlab tozalanadi va maydalanadi, so`ngra suv bilan aralashtiriladi, aralashma tayyorlanib unga issiqlik bilan ishlov beriladi. Mikrobiologik yo`l bilan olinadigan dorivor fermentlar va arpa fermenti ta`sirida aralashmaning ozuqa miqdori oshiriladi.
Donni qayta ishlash va aralashma tayyorlash bo`limini boshqarish tizimida don omborxonadan (transporter) tashish mexanizmlari 1 va kovshli vertikal transporter (noriya) orqali qabul qiluvchi sig`im III ga uzatiladi. Undan so`ng tozalash uchun separator IY ga va oraliq sig`imi Y ga, ishlab chiqarishga beriladigan umumiy don miqdorini nazorat qiluvchi qiluvchi portsiyali tarozi YI ga boradi. So`ngra don oqimi transportyor VII noriya VIII yordamida yig`ish sig`imi IX ga, undan keyin valiklikli maydalash qurilmasi X yuboriladi. Maydalangan don aralashtirish kamerasi XI ga yuboriladi va u erda maxsulot bilan bir xil holatga kelgungacha suv aralashtiriladi. Aralashtirish kamerasidan aralashma o`tkir ikkilamchi bug` bilan qizdiriladigan dastlabki pishirish kamerasiga uzatiladi. Donni qayta ishlash va aralashma tayyorlash bo`limini avtomatik boshqarish tizimini “Maslahatchi” rejimida ishlaydigan TJABS yordamida boshqarish ko`zda tutilgan bo`lib, lokal va tarmoq kontrollerlaridan hamda elektron hisoblash mashinalaridan foydalaniladi va ikki pog`onali boshqaruv amalga oshiriladi.
Birinchi pog`onada o`lchash o`zgartgichlari, (datchiklar) texnologik parametrlar signalizatorlari, TKM 21 rusumli lokal kontrollerlar, ijrochi mexanizmlar va ishga tushirish apparatlarini vositalari. Texnologik jarayonlar va jihozlarni boshqarish pul’tlari asosan mahalliy ob`ektlarda joylashgan.
Ikkinchi pog`ona tarmoq kontrollerlardan foydalanishni ko`zda tutadi. TKM51 unda analogli kirish va chiqish signallari, avtomatlashtirilgan ishchi o`rinlarini (ximik-analitik, operator-texnolog) eHM bazasida mavjud. Axborotlarni qabul qilish sanoat tarmog`i vositalari orqali amalga oshiriladi.
Donni qayta ishlash pog`onasi
Donni qayta ishlash pog`onasinng asosiy vazifasi belgilangan yo`nalish bo`yicha omborxonadan donni uzatish, mashina va mexanizmlarni himoyasi, ogohlantirish va boshqarish hisoblanadi. Buni himoya, (blokirovka) signalizatsiya va boshqarish sistemasi amalga oshiriladi.
Omborxonadan qayta ishlash uchun beriladigan donni avtomatik nazorat qilishni kontaktli hisoblagich (8-1) amalga oshirib, har bir portsiya avtomatik tarozidan o`tgan elektrik impul’sga aylantirilib, ATSP avtomatlashtirilgan markaziy pul’t orqali texnik nazorat pul’tida joylashgan elektr impul’slar hisoblagichiga (8-2) uzatiladi va telemonitorda hisobga olinadi. Asosiy ishlab chiqarish bo`limining ish unumdorligi PTQ orqali o`rnatiladi yoki texnolog ARMi orqali avtomatik rostlash sistemasi tarkibiga don dozatori (9-1) normallashtiruvchi o`zgartirgich (9-2), avtomatlashtirilgan markaziy boshqaruv pul’ti ATSPU, (9-3) TKM51, PI-rostlashni amalga oshiruvchi regulyator (9-4), ijrochi mexanizm (9-5) sifatida shiberdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |