14-ma’ruza
Mavzu:Nasos agregatini ishga tushurish, to’g’rilash va topshirish sinovlari. Nasos agregatlariga xizmat ko’rsatish.
Reja:
Nasos agregatini ishga tushurish.
Musbat so’rish balandligiga ega gorizontal markazdan qochma nasosni ishga tushirish
Suvga tushiriladigan elektronasosni ishga tushirish:
Tayans so’zlar: ekspluatatsiya, musbat va manfiy so’rish turlari, zadvijka, vakuum, salniklar, aptimal rejimlar.
Musbat so’rish balandligiga ega gorizontal markazdan qochma nasosni ishga tushirish.
1.Nasosni bosimli patrubkasidan keyingi zadvijkasi yopiq ekanligiga ishonch hosil qilinadi.
2.Vakuum-tizim baki (suv idishi) ga suv qo’yiladi va vakuum-nasos qo’shiladi.
3.So’ruvchi quvur va nasos korpusi suvga to’lgandan so’ng vakuum-tizim uziladi, vakuummetr va monometr kranlari yopiladi hamda 2…3 sekunda harakat uzatuvchi (privodnoy) elektrodvigatel qo’shiladi.
4.Agregat normal ishlaganda (begona shovqin va yo’l qo’yilmaydigan tebranishlar bo’lmaganda) nasos agregatini ikkilamchi ishga tushirish amalga oshiriladi va ishlatib ko’rish sinovlari boshlanadi. Nasos ishga tushirilgandan 1,5…2 min o’tgandan so’ng nasos korpusini qizib ketishini oldini olish uchun bosimli patrubkadan keyingi zadvijka ochiladi. Sal’nik va podshipniklarni sovutish uchun suv berilishi, yog’ni kelishi va harorati tekshirib ko’riladi. YOg’ning harorati turg’unlashguncha har 5…10 min da tek-shirilib boriladi.2 soat ishlatilishdan so’ng harorat o’zgarmasa va 60…700S dan oshmasa harorat turg’unlashgan hisoblanadi. Agar yog’ni harorati turg’un-lashmasa, unda sovutishga berilayotgan suvning sarfi ko’paytiriladi. Sovu-tishga berilayotgan suvning sarfi, bosim 0,1…0,3 MPa bo’lganda texminan 2…3 m3/soatni tashkil qiladi. Agar sovutishga berilayotgan suvning sarfini ko’paytirilishi ham harorati turg’unlashishiga olib kelmasa unda nasos agregati to’xtatiladi, qizishiga olib kelgan sabab bartaraf qilinadi.
5. Sal’nikli zichlagichlar ishi tekshiriladi. Normal ish payti sal’nik suv-ni alohida tomchilar yoki yupqa struyka shaklida o’tkazishi mumkin.Sal’nik qizib ketganda qisuvchi qopqoq boltlari bo’shatiladi, sizib o’tayotgan suv-ning sarfi ko’paytiriladi. Agregat normal, turg’un 0,25 dan 2 soatgacha davo-miylikda ishlagan bo’lsa, nasosni sinab ko’rish oxiriga yetgan hisoblanadi. Bu vaqt nasosni quvvatiga qarab qo’yidagicha aniqlanadi:
Agregat quvvati, kVt
|
10 gacha
|
11-50
|
51-100
|
100-400
|
> 400
|
Obkatkaning minimal davomiyligi, soatda
|
0,25
|
0,5
|
1,0
|
1,5
|
2,0
|
Quvvati 400 kVt dan ko’p bo’lgan yirik nasos agregatlarini ishga tushirishda sinab ko’rish, ishga tushirishi va obkatka sinovlari bir biridan ajra-tilmaydi, birgalikda o’tkaziladi.Agregat to’xtatilgan, podshipniklar tek-shirib ko’rilgan va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan so’ng nasos agregati yuklama ostida sinab ko’rishga qo’yiladi. Bunday sinov pay-tida podshipniklar harorati, yog’ vannalaridagi yog’ sathi, nasosning podship-niklari va sal’niklarini sovutishga berilayotgan suv sarfi va harorati, tebranishlar kuzatib boriladi, agregatning ish parametrlari-suv berishi (sarfi), napori va elektrodvigatelining iste’mol qiladigan quvvati aniq-lanadi.
Ish yuklanmasi ostida nasos agregatini sinab ko’rish 8…15 soat davomida o’tkaziladi, yirik nasos agregatlari ega to’xtovsiz 72 soat sinab ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |