14-Ma’ruza Mavzu: Dorivor moddalarning kerakli a’zoga yo‘naltirilgan ravishda etkazish tizimlari. Mikrokapsulalar



Download 326,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.03.2022
Hajmi326,08 Kb.
#503858
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу

Fizik-kimeviy usullar
ikkita bir-birida erimaydigan yoki aralashmaydigan fazalar bilan 
ajralib turadi. 
Koatservatsiya, ya‟ni hamma tomchilarning yig„indisi bir joyda bo„lishiga aytiladi. SHu 
holat orqali mikrokapsulaning barpo etishi fizik-kimeviy usulga kiradi. 
Oddiy va murakkab koatservatsiya holati uchraydi. 
Oddiy koatservatsiya usulini ko„rib chiqamiz. Mikrokapsulaga aylantiruvchi dori moddani 
/yog„, vitaminlarning yog„li eritmalari, gormonlar va boshqa/ jelatin eritmasida 50 
0
S haroratida 
emulgirlanadi. Moyni suvdagi emulsiyasi hosil bo„ladi./2-5 mkm kattalikda/ keyin qobiq hosil 
qiluvchi eritmaga aralashtirib turgan holda 20% suvli natriy sulfat solinadi va uning suvini
tortib olish xususiyatiga ko„ra jelatin koatservatsiyaga uchraydi. 
Geterogen suyuq sistema xosil bo„ladi. /b/u ikki fazadan iborat. Xarorat pasaygan sari 
koatservat: jelatinning mikrotomchilari yog„li dori moddaning atrofiga marjon kabi yig„iladi. /v/ 
keyin ular qo„shilib ketib, yupqa qobiq singari qoplab oladi. Oldin jelatin qobig„i suyuq bo„ladi,
lekin sovutiladi va mikrokapsula qotib tayer bo„ladi. /g/ Na
2
SO
4
sovuq eritmasiga /18-20 
0
S/ 
solinadi. Filtrlanadi va mikrokapsulalar yuviladi. Natriy sulfatdan tamoman yuvilgandan so„ng, 
mikrokapsula qobig„i 78-80% suv saqlashi mumkin va shuning uchun ularni quritish lozim 
/issiq quritgich, adsorbentlar yordamida, spirt orqali yoki havoda/.
Oddiy koatservatsiya usulida mikrokapsulalarni olish jarayoni 12- rasmda keltirilgan. 
 
 
Rasm 1.
 Mikrokapsulalarni oddiy koatservatsiya usulida olish sxemasi
a- polimer eritmadagi ( 2) dorivor moddaning ( 1) dispersiyasi; b- koatservatsiya- eritmada, 
polimerning yuqori va past konsentratsiyali fazalarini hosil bo„lishi; v - moy tomchilari 
yuzasidagi koatservatning mikrotomchilarini yig„ilishi ( “ marjon”); g – koatservat 
mikrotomchilarini birlashishi va mikrokapsulalarni hosil bo„lishi 
Murakkab koatservatsiya usulida ikki polimerning salbiy va ijobiy zaryadlari o„zaro 
qo„shiladi va rNi o„zgartiradi. Ular 1,II va III komponentli bo„lishi mumkin. 1-
komponentligida ikkala polimer ham bir guruhli birikmadan bo„lib /salbiy va ijobiy zaryadlari 
teng miqdorda/ zarrachalar amfoter/ uchraydi va salbiy amfionlar ijobiy amfionlarga intiladi. II-


komponentli koatservatlarda ikkala polimer har xil birikmalar va qarama-qarshi makrokation va 
makroanionlari bor. Ularning o„zaro ta‟siri natijasida koatservatlar hosil bo„ladi. III- 
komponentli koatservatlarda amfionlar /makrokation, makroanion/ va tuzli eritmalarning 
mikroionlari /kation va anion/ ishtirok etadi.
Misol tariqasida II komponentli jelatin va gummiarabik koatservati mikrokapsula dori 
moddalar bilan murakkab koatservatsiya usulini keltiramiz. 10% jelatin eritmasi /rN 8,0/ va 
11% gummiarabik eritmasi olinadi. 11% gummiarabik eritmasida yog„li dori moddalar 
emulgirlanadi. Aralashgich yordamida 50
0
haroratda ikki suyuqlik aralashtiriladi va rNi 6,5 
gacha sirka kislota eritmasi solinadi. SHunda ikkala polimerning zaryadlari qarama-qarshiga
aylanadi. Suv va sirka kislotasi qo„shilib rNi 4,5 gacha pasayadi. SHundan keyin jelatin 
makrokation gummiarabik makroanioniga ta‟sir etib, koatservat tomchilari yog„li dori moddani 
o„rab qobiq hosil qiladi. 
37% formaldegid eritmasi bilan suv tortib olinadi. Qotib qobiq hosil bo„lgach, 10
0
Sgacha 
harorat pasaytiriladi va rN 9,0 gacha ko„tariladi. SHunda qobiq mustahkam bo„ladi.
Mikrokapsula quritilib, elanadi. 

Download 326,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish