14-maruza boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar, O’quv jarayonini tashkil etish usullari va shakllari. Reja



Download 32,75 Kb.
Sana04.10.2019
Hajmi32,75 Kb.
#22996
Bog'liq
14 maruza

14-MARUZA

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH USULLARI VA SHAKLLARI.

Reja :

1.Ta’limning zamonaviy texnologiyalari

2.Ta’lim shakllari tavsifi

3. Ta’lim usullarining tasnifi: bevosita va bilvosita pedagogic ta’sir usullari

4. Pedagogik ta’sirning ta’lim tarbiyadagi o’rni

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:

Ishontirish, pedagogik ta’sir usullari, talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri, ta’sir etish texnikasi, nutq texnikasi

Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan bo’lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg’otishlari, xurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib borishlari talab etiladi.

Ta’limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondoshuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan birisi, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarining moddiy texnik va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish masalasi alohida qayd etilgan. Bundan kelib chiqqan holda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi hisoblanadi. O‘quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularning aqliy va ijodiy tafakkurini, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, bugungi pedagogikaning muhim vazifalaridan. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda ham turlicha uslublar qo‘llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarning jadal taraqqiy etib, ta’lim sohasiga jadal kirib kelishi, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani bu boradagi bilim va malakalarimizni ham mos ravishda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, boshlang‘ich sinflarda kompyuterdan foydalanib dars o‘tish tavsiya qilindi.

Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Front Page”, “Abobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. O‘qish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko’rgazmali slaydlardan dars jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va hikoyalarni o’qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; matematika fanida oddiy amallardan foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli o‘yinlar tashkil qilish; tabiatshunoslik fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda slaydlar yordamida tushunchalar berish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Bunga misol qilib, 4-sinf ona tili darslarida foydalanish uchun yaratilgan “Kelishiklar” mavzusidagi elektron taqdimotni aytish mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi. Kitob. uz saytida 1-4 sinf o’quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari mavjud. Ammo ular matn va ovoz shaklida taqdim etilmagan. Elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish maqsadga muvofiq. Audio va video axborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan yaratilgan “Sanashni o‘rganamiz”, “Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron dasturlar o’zining qiziqarliligi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, foydalanish uchun soddaligi, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy mushohada yuritishga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

“Sanashni o‘rganamiz” – boshlang‘ich sinf o’quvchilari uchun matematika fanidan elektron o’quv vositasi. Mazkur elektron dars ishlanma orqali boshlang‘ich sinf o’quvchilari 4 amalni bajarish ko‘nikmasini hosil qilish bilan birgalikda kompyuterning “sichqoncha” qurilmasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.

“Alifbo saboqlari” - 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Alifbeni o‘rgatuvchi dastur hisoblanadi. Dasturning afzallik tomoni shundaki, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish (harfni talaffuz qilish va yozish, o‘sha harf bilan boshlanuvchi narsalarning nomlarini o‘rganish)ga yordam beradi. Shuningdek, harflar o‘rganilgandan so‘ng, mustahkamlash maqsadida rasm beriladi. Berilgan katakchaga rasmdagi narsaning nomini to’ib yozish to’shiriladi. Shu yerda o‘quvchining kompyuter orqali yozuv malakalari shakllantirilib boriladi, test bilan ishlashga ham o‘rgatiladi.

“Aljabr” - 1-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Dastur orqali o‘quvchilar 10 ichida raqamlashni, tartiblashni, qo‘shish va ayirish amallarini bajarishni, taqqoslashni o‘rganadilar. Dastur o‘quvchiga og‘zaki misol yechishning avtomatik darajada o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

“5x5” - 2-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, karrali jadvalni o‘rgatuvchi dastur hisoblanadi. Dasturning takrorlash qismida kompyuterning o‘zi tartib bilan 2 dan boshlab 9 gacha karrali jadvalni o‘rgatadi. Imtihon qismida esa o‘quvchi mustaqil ravishda jadvalni ishlab chiqadi. Shunisi e’tiborliki, bir xonani bajarmasdan turib, ikkinchisiga o‘tmasligi o‘quvchini o‘z ustida ishlashiga majbur etadi. Dasturni o‘qituvchi uchun haqiqiy yordamchi desak bo‘ladi. Chunki, sinfning 30-40% o‘quvchisi karrali jadvalni o‘rganishida qiyinchilikka duch keladi. Dastur o‘sha o‘quvchilarga karrali jadvalning avtomatik darajada o‘rganishlarini kafolatlaydi.

Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma’nan yetuk shaxs bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat.

2.1. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning shakllari.

Yurtimizda ta‘lim mazmuniga alohida e‘tibor qaratilib, DTS o‘quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o‘tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o‘quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O‘qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog’chadan so’ng maktabning dastlabki davrlari muhim o’rin tutadi. Shu bois boshlang’ich ta‘lim davri ta‘lim jarayonidagi eng mas‘uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o’stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta‘lim jarayonini qiziqarli, ta‘sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e‘tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o’yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya‘ni o’quv faoliyatiga o’tganligi bilan xarakterlanadi.

Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o’zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlaming roli beqiyosdir. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini, o’qish motivlarini rivojlantiradi. O’qish motivlari ta‘lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o’rin tutadi.

Didaktik o‘yinlar boshlang’ich sinflarda ta‘limning samarali borishiga o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya‘ni didaktik o’yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o’quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Didaktik o’yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta‘limning keyingi bosqichlarida ham o’quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali ta‘sir ko’rsatadi.

Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshlang’ich sinflar uchun yaratilayotgan o’quv qo‘llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko’zga tashlanib turadi. Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta‘limni tashkil etishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o’quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta‘lim shakllarini amalga oshirish uchun ko’zlangan natijaga erishishda eng qulay yo’l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u haqiqatdan ham ta‘lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ta‘lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.

Ta‘lim ishiga texnologik yondashuv:

— ta‘lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;

— o’qish-o’qitish jarayonini uzviy bog’liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo’lishni;

— ta‘lim jarayonida mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barchasini bir xil bajarishni nazarda tutadi.

Pedagogik texnologiyada ta‘lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo’lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o’qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e‘tibor qaratishlari zarur. Har bir o’qituvchi avvalo o’zi o’qitadigan o’quv predmeti va har bir o’tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak. Shuni ta‘kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o’tkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi. Didaktik jarayonning samarali o’tishida motivlar muhim o’rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo’ladi.

Motiv kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da‘vat, turtki. Shunday ekan, muallimlar bolada o’qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o’stirishlari kerak. Motivlar o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni oson egallashlariga yordam beradi. Motiv bolada bilim olishga ishtiyoq va qiziqish uyg’otadi. O’qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quvchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan xoli bo’lmaydi.

Boshlang’ich sinf o‘ qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o’yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a‘zosi ekanligini his etishga, intizomga bo’ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo’ladi. Bola yosh bo’lishiga qaramay, endi uning maktabda o’qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o’rganish kabi zarur yumushlari ko’p. Muhimi, o’yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga o’tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda o’tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o’qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o’qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o’z- o’zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin. Ayniqsa boshlang’ich ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida o‘quvchilarni darsga jalb etish samarali bo’ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati to‘liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o’quvchilaring bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta‘lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e‘tibor qaratishlari zarur.



«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o‘quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo‘lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan edi. O‘qituvchi bir o‘quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O‘qituvchi matnlarni o‘qib bergan yoki bolalariga o‘qitib so‘zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo‘llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o‘zlashtirgan. Keyinchalik individual ta`lim o‘rnini guruhlar asosida o‘qitish egallagan. O‘rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og‘zaki savol-javob, yuqori pag‘onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf-dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin hozirlagan.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko‘plab pedagogik nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan edi. Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo‘lib, uning asoschisi fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya, Shvesariya kabi ko‘plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi» tuzildi va unda yangi maktablarga qo‘yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo‘lib, unda haq to‘lashga qodir kishilarning bolalarigina o‘qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, to‘liq jihozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo‘llanilgan. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bo‘lgan. Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo‘lib, bolalarning miyasini yodlab olingan bilimlar bilan to‘ldirish orqali ta`lim berish o‘rniga, ularning fikrlash qobiliyatini umumiy o‘stirish yo‘li bilan ta`lim berishga harakat qilingan. O‘quvchilarga qanday qilib kuzatish, gipotezalar topishni, o‘z taxminlarini tekshirib ko‘rishni o‘rgatganlar. Bunday maktablarda o‘qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini tarbiyalashga asoslangan edi. XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862- 1926) «ish-harakat pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g‘oyalarida ham o‘ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha, mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o‘quvchilar o‘z faolliklarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, harakat qiladilar. Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar, shuningdek, o‘simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o‘tkazish, og‘zaki va yozma ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha hamma darslar ana shu qoidalar asosiga qurilishi lozim. Mavzuning barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish; o‘quvchilarning ravon va to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qishining takomillashuviga erishish; Mashg‘ulotga o‘quvchilarning faol qatnashuviga erishish; ularning o‘qish motivlarini qo‘zg‘ash va qiziqtirish, o‘quvchilarni faollashtirish yo‘llarini bеlgilash va qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishish; Pеdagogik tеxnologiyalarni o‘zlashtirish va boshlang‘ich ta'limda uni qo‘llash yo‘llarini izlash va takomillashtirish, o‘z ustida ishlash; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish motivlarini o‘stirish ustida ishlash; Darsni hayotiy tajribalar bilan bog‘lash. Va buning oqibatida o‘quvchi to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qishga o‘rganadi, turli mashqlar vositasida tеz o‘qish malakalari takomillashadi. Vatan haqidagi tushunchalari kеngayadi, Vatanga muhabbat shakllanadi, Vatandan g‘ururlanish, ya'ni milliy g‘urur shakllanishiga asos yaraladi. Matn bilan mustaqil ishlashga o‘rganish. O‘z fikrini erkin bayon etishga o‘rganish; o‘rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so‘zlar, tеz aytishlarni o‘rganish. o‘rtoqlari fikrini ma'qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o‘rganish.

Pedagogik ta’sir ko’rsatish Pedagogika o’z metodlarinilarini yo’q joydan yaratmaydi. U hayotdan kishilar xulqatvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, ulardan tarbiyaviy ishda pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari sifatida foydalanadi. Pedagogik ta’sir ko’rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga xizmat qiladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, bolalarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq manbaiga, har bir o’quvchining shaxsiy muddaosiga aylantiradi. 2.Pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari Pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari - ishontirish, talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikridir. O’zaro hamkorlikda ta’sir ko’rsatishning natijasi ishontirishdir. U haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. M.: Kommunizmga ishonish. Ishonch 3 tarkibiy qismdan iborat: 1. Bilim; 2. Hissiyot; 3. Xulq-atvor. U tushunish - kechinma - qabul qilish orqali amalga oshadi. Ishontirish shakllari quyidagilar: ma’ruza, bahs, munozara, suhbat, hikoya qilish, dalillash, ko’rsatish (namoyish qilish), shaxsiy namuna. Pedagogik talab - ta’lim-tarbiya jarayonida ko’p qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, u tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi shaxsiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Pedagogik ta’sir ko’rsatish usuli bo’lgan talab bilan jamoani tashkil etish metodi sifatidagi yagona pedagogik talablarni farqlay bilish lozim. Agar yagona pedagogik talablar bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini rag’batlantirish mazmunini, jamoani jipslashtirishda pedagoglar bilan bolalarning harakatlari birligiga erishish yo’llarini ta’minlasa, talab esa xulqatvor va faoliyat normalarini, bolalarning xatti-harakatlari hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir. Istiqbol - ta’sir ko’rsatishning juda ta’sirchan usuli bo’lib, u bolalarning xattiharakatlarini ular oldiga maroqli, qiziqarli maqsadlar qoyish yo’li bilan ta’minlaydi, bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul maktab o’quvchilarida shaxsning eng muhum fazilatlaridan biri bo’lgan maqsadga intiluvchanlikni shakllantirishga yordam beradi. Rag’batlantirish va jazolash - tarbiyaning eng an’anaviy usuli bo’lib, tarbiyalanuvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya’ni foydali xatti-harakatlarni qo’shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning nomaqbul xatti-harakatlarini to’xtatishni ta’minlaydi, bunda ularning huquq, burchlarini kengaytirish yoki cheklash, ularga axloqiy ta’sir ko’rsatish yo’lidan foydalaniladi. Rag’batlantirish va jazolash metodi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganligi sababli uni qo’llashda juda ehtiyot bo’lish lozim. Jamoatchilik fikri - ta’sir ko’rsatishning qudratli usuli bo’lib, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam rag’batlantirib borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to’liq amalga oshiradi. Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti pedagogikaning tarbiyalanuvchilarga bo’lgan munosabatlarining chinakkam insonparvarligidir. 3. Pedagogik ta’sirning ta’lim-tarbiyadagi o’rni Respublikamiz istiqlolga erishgan hozirgi davrda shaxsga chuqur, asosli va umumiy talablar qo’iladi, lekin ikkinchi tomondan, shaxsga katta hurmat ko’rsatiladi. Bu shaxsga bo’lgan talablarni va unga bo’lgan izzat-hurmatni birga qo’shish - ikki xil zarur shart bo’lib, pedagogning bolalarga bo’lgan munosabatlarining chinakkam insonparvarligidir. Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari o’z tarbiyalanuvchilari taqdiriga beparvo bo’lgan kishilar qo’lida sof kasb-korlik vositalari emas, balki insonlar orasidagi jonli munosabatlar majmuidir. Umuman, pedagogik ta’sir ko’rsatish usullarini mukammal egallamasdan va undan mohirona foydalanmasdan turib ta’lim-tarbiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmaydi. Ijtimoiy ruhiyat nazariyasida va pedagogik amaliyotda o’ zaro fikr almashishda ta’sir ko’rsatish ikki usulda olib boriladi: ishontirish va ta’sir etish. Rus pedagogi Uspenskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo’li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”, degan edi. O’qituvchi faoliyati o’z o’quvchilarini ishontirish va ta’sir etishni talab qiladi. Pedagogning barcha ta’sirlari: tarbiyalanuvchilarning munosabatlari, fikrlari, his-tuyg’ulari, harakatlarini o’zgartirishga va mustahkamlashga yo’naltirilgan bo’lib, u muhit va tabiatning hamkorligiga ta’sirlanadi. O’zaro hamkorlikda ta’sir ko’rsatishning natijasi ishonchdir. Ishonch asosida o’qituvchining bilimlar tizimi, dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi. Ishonch – o’zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko’ramiz. Ishonch ikki xil, ya’ni haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. Haqiqiy ishonch real borliq hayot talablariga mos bo’lib, u insonni qadrli, obro’li qiladi. “Bolalikka buyuk hurmat-ehtirom bilan qarash lozim”, degan Iuvenal (123-b). Inson o’z ishonchini himoya qilish uchun o’limga ham boradi. Soxta ishonch o’zi va birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo’ladi. O’quvchilardagi soxta ishonchni o’zgartirish uchun o’qituvchi ko’p kuch sarflaydi. U uch yo’nalishda olib boriladi: sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, qimmatli maxsus individual tajribani yaratish, noto’g’ri ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur, tushunchalarni bartaraf etish. Ishonch odamlarning dil rishtalarini bog’lovchi katta kuch. Buning uchun odam boshqalarga ishonmog’i, ixlos qilmog’i kerak. Halollik, adolat sof vijdonlilik, poklik, so’z va ish birligi ishonchning mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hyech kim ishonmaydi. Insonda ishonch uchta tarkibiy qismdan tarkib topadi: bilim - hissiyot - xulq-atvor. Ishonch quyidagi formula: tushunish - kechinmalar - o’ziga qabul qilish - bajarish (o’z faoliyati va atrofidagilar tajribasi) asosida amalga oshiriladi. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki o’zgaradi. Iishontirish shakllari tubandagilar: munozara, bahs, suhbat, hikoya qilish va namuna. Ishontirish hamkorlikda ta’sir ko’rsatishda maksimum ta’sirli bo’lishi uchun quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak. - ishontirish mazmuni, shakli o’quvcnining rivojlanish darajasiga mos bo’lishi (kichik o’quvchilarda ertak, fantastik hikoyalar va boshqa); - ishontirishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish; - ishontirish umumlashgan, konkret asoslarga, misollarga, boshlang’ich sinflarda ovozli materiallarga tayanishi; - ishontirishda o’qituvchi o’zi xabar qilayotgan narsaga o’zi chuqur ishonishi va h.k. Ishontirishning o’zaro hamkorlikdagi ta’sir ko’rsatish samarasi quyidagi shartlarda yuz beradi: - o’zaro hamkorlikda ta’sirning kuchi ishontiruvchining obro’siga va voqyeaning mazmuniga bog’liq (o’quvchi o’qituvchiga qanchalik ijobiy munosabatda bo’lsa, shunchalik unga tez ishonadi); - ishontirishda o’quvchining individual ruhiy holatini hisobga olish; - ishontirishda ishontiruvchining intellektual hissiy holati bilan ishonuvchining holati mos bo’lishi kerak. Masalan, bola haddan tashqari hayajonlanganda noxush his-tuyg’ular unda hukmronlik qilganda uning xulqidagi kamchiliklarni ko’rsatish orqali ta’sir ko’rsatish samara bermaydi. Ishontirish metodi ta’sirli bo’ladi qaysiki, fikr, hissiyot va iroda bir butun holda muvofiqlashadi. Ishontirishning samarasi o’qituvchining so’z va ish harakat birligiga ham bog’liq. Ta’lim va tarbiyada o’qituvchining ishontirishi haqida Ibn Sinoning quyidagi ibratli so’zlari qimmatlidir: “Har bir so’z harakat va mimika bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi zarur”. Pedagogik ta’sir ko’rsatishda ishontirish metodi bilan bir qatorda ta’sir ko’rsatish metodi ham qo’llaniladi. Uzoq yillar pedagogik jarayonda ta’sir etish tan olinmas edi. Biz xohlasak, xohlamasak ta’sir ko’rsatish elementlari hayotda o’zaro hamkorlikda muhum rol o’ynaydi. So’z yordamida biz o’quvchilarda ziyraklik yoki qo’rquvni, o’ziga ishonch yoki ishonchsizlikni, zerikish, ishonch yoki shubha singarilarni hosil qilamiz. O’quvchilarga ta’sir qilish so’zning fandagi ma’nosiga qarab emas, so’z va nutq intonasiyasi, aniqligini ifodalovchi hamda bularni mustahkamlovchi imo-ishoralar – yuz, qo’l harakatlari bilan bevosita hissiyotga ta’sir etadi. Bu haqda Makarenko: “... Yuz harakatlarini yaxshi egallamagan, o’z yuzida zarur ma’nolarni bera bilmaydigan yoki o’z kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi bo’lishi mumkin emas”, - deb o’rinli ta’kidldgan. Suxomlinskiy so’zning ta’siri haqida: O’qituvchining so’zi - tarbiyalanuvchining qalbiga ta’sir o’tkazadigan yagona so’z. Tarbiyachilik san’ati - avvalo, gapirish, inson yuragiga murojaat qila olish san’atidir. Men shunga astoydil ishonamanki, ko’pincha katta janjal bilan tugaydigan, maktabda tez-tez sodir bo’lib turadigan mojarolar – o’qituvchilarning o’quvchilar bilan gaplashishni bilmasliklari oqibatidir”, - degan fikrlari qimmatlidir. Pedagogik ta’sirning samarali bo’lish shartlaridan biri tubandagilardir: o’quv materialining mazmuni: ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining ta’sir ko’rsatishga bo’lgan munosabati; ta’sirning o’quvchi yosh va individual sifatlariga va ta’sir ko’rsatishdagi holatiga bog’liqligi; o’qituvchining ta’sir ko’rsatish texnikasiga; ta’sir ko’rsatishning asoslangan sifatiga va amalda qo’llash uchun yaratilgan sharoitga va boshqalarga bog’liq. Ta’sir ko’rsatish turlari Ta’sir ko’rsatish ko’pincha quyidagi asosga ko’ra klassifikasiya qilinadi, ular 5 ta turda olib boriladi: 1. Harakat manbaiga asoslanib ta’sir ko’rsatish: a) boshqa kishi orqali ta’sir ko’rsatish; b) o’ziga-o’zi ta’sir qilish - ta’sir etish obyekti bilan subyekti mos tushadi. 2. Subektning holatiga asoslanib ta’sir ko’rsatish: a) uyg’oq holda ta’sir ko’rsatish; b) uxlagan holda ta’sir ko’rsatish; c) gipoteza holida ta’sir ko’rsatish (faraziy, taxminiy). 3.Ta’sir ko’rsatuvchining bor yoki yo’qligi, ta’sir ko’rsatish maqsadiga qarab, ongli ravishda, zo’r berish orqali amalga oshiriladi: a) oldindan mo’ljallab ta’sir ko’rsatish; b) mo’ljallamaSdan ta’sir ko’rsatish. Mo’ljallangan ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi oldiga qo’yilgan maqsad asosida ruhiy ta’sir ko’rsatishni ongli tashkil etib, o’z oldiga qo’ygan natijaga erishadi. Masalan, o’qituvchi yaxshi o’qigan o’quvchining o’qishdagi ijobiy tomonlarini o’quvchilar oldida maqtaydi va unga kuchli ta’sir etadi. Mo’ljallanmaganda ta’sir ko’rsatuvchi o’z oldiga maqsad qo’ymaydi. Ba’zan o’qituvchi o’zi tushunib yetmay, odatdagidan murakkab bog’lanishda bir o’quvchiga murojaat qilib unga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, sen hamma vaqt shundaysan. Senga biror ishni topshirsam, baribir sen uni uddalay olmaysan, kabi. c) o’ziga-o’zi ta’sir etish ham mo’ljallangan va mo’ljallanmagan. Inson ongli ravishda o’zidagi salbiy sifatlarni yo’qotishga intiladi. Mo’ljallanmaganda esa ongsiz, erkin, o’z xohishicha amalga oshiradi. 4. Ta’sir etish natijasiga qarab ikkiga bo’linadi: a) ijobiy; b) salbiy. Ijobiy ta’sirda ijobiy ruhiy sifatlar shakllanadi (odat, qiziqishlar, munosabatlar). Salbiy ta’sir ko’rsatishda salbiy sifatlar shakllanadi. Masalan, tahqirlash, ma’naviyasizlik va h.k. 5. Ta’sir etish mazmuniga qarab farqlanadi: a) ochiqchasiga ta’sir ko’rsatish. Ta’sir ko’rsatishni to’g’ridan-to’g’ri, ochiqchasiga ta’sirlanuvchi biror aniq harakatga da’vat etadi. Masalsn, bundan keyin hyech qachon chekmaysan; b) yashirin holda ta’sir ko’rsatish. Ta’sir ko’rsatishda maqsad yashirinadi, to’g’ri aytilmaydi, u yoki bu mo’ljal qilingan ta’sir harakat orqali amalga oshiriladi. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning shakllari Maktabda pedagogik ta’sir etishning tubandagi shakllari qo’llaniladi. I. Bevosita oldindan mo’jallab ta’sir etish (bu to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etish deyiladi) qaysiki komanda, buyruq va murabbiy ta’sir etish qo’llaniladi. Buyruq va komanda o’quv-tarbiyaviy jarayonda tubandagi turlarda qollaniladi: 1. Ogohlantiruvchi yoki yo’naltiruvchi shaklda. Bunda vazifa qisqa vaqtda bajarishga da’vat qilinadi. Masalan, Diqqat! Tayyorlaning! 2. Bajaruvchi shaklda. Masalan, to’g’irlaning! Smirno! Stop! 3. Ta’qiqlovchi shaklda. Masalan, To’xta! Tugat! Bas! 4. Namuna asosida bajariladi. Masalan, men shunday bajarsam, sen han shunday bajar. Validek bajar. Murabbiy ta’sir ko’rsatish shakli. Masalan, “Sen yaxshi o’qiy olishing mumkin. Bugun sen uch soat dars tayyorlaysan” kabi. II. Bilvosita ta’sir ko’rsatisn o’quvchiga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bilvosita ta’sir ko’rsatishning tubandagi shakllari mavjud shama shaklida (o’qituvchiga jamoat isnlaridagi faolligi uchun uni qo’llab-quvvatlaydi”. “Mabodo, sen charchamadingmi?” ta’sir ko’rsatishning bilvosita ma’qullashi). Ta’sir ko’rsatishning pedagogik ta’sir texnikasi Ta’sirning samarasi, ta’sir ko’rsatuvchining ovoz tuzilishi, qarashlari (aft-bashara holati), harakatlarning uzviyligiga bog’liq murabbiyning ta’sir ko’rsatuvchiga ko’rsatgan ta’siri qaysini so’z bilan ta’sir ko’rsatish mazmuni uning intonasiyasini, imo-ishorani, yuz, aft harakatlarini qo’llab-quvvatlaganda kuchli bo’ladi. Bular mazmunga zid bo’lmasligi kerar. To’g’ri aloqa uslubini shakllantirishda o’zini tuta bilish, o’zini bilish, haqqoniy bo’lish boshqalar tarbiyasiga ijodiy yondashish, pedagogik texnikani rivojlantirish, hazilni sezish singari sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta o’qituvchi doimo o’z o’quvchilarini xizmat qilishi va ular shaxsini himoya qilishi shart. Sinov savollari 1. Pedagogik ta’sir vositalari deganda nimani tushunasiz? 2. Ishontirish nima? 3. Pedagogik talabni ta’riflang? 4. Rag’batlantirish va jazolash metodlarini tavsiflab bering 5. Jamoatchilik fikri nima? 6. Nutq texnikasini tavsiflang. 7. Nutq madaniyati nima? 8. Nutq texnikasi tavsiflang. 9. To’g’ri aloqa uslubi nima? 10. Ta’sir etish texnikasi deganda nimani tushunasiz?
Download 32,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish