14-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Odam tanasi mikroflorasi, ularni o’rganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati (2 s)



Download 417,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana21.07.2022
Hajmi417,92 Kb.
#833125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
14-амалий машғулот

Qizilo’ngach
ning doimiy mikroflorasi yo’q yoki juda kam miqdorda bo’lib, bular, asosan, 
og’iz bo’shlig’idagi mikroblarning vakillari hisoblanadi. 
Me’da
ga ovqat bilan birga hamda og’iz bo’shlig’idan ko’p miqdorda har xil 
mikroorganizmlar tushadi, lekin uning mikroflorasi nisbatan ko’p emas: 1 ml me’da 
suyuqligida 103 mikroblar bo’lib, ular, asosan, kislotaga chidamli turlardir (laktobakteriyalar, 
Sarcina ventriculus, Bac. subtilis, achitqi va boshqalar). Bu biotopga tushuvchi ko’pgina 
mikroblar me’da kislotasi ta’sirida nobud bo’ladi, ammo me’da suyuqligining nordonligi 
doim bir xil bo’lmay, o’zgarib turadi, bu, asosan, fiziologik sabablar va oziq-ovqatlar turiga 
bog’liq. 
XX asrning 80-yillarida me’dada uchraydigan yana bir mikroorganizm Heliobacter 
turkumiga mansub H.pylori (alloxton mikroorganizm) topildi va u gastrit rivojlanishida 
asosiy sababchilardan biri ekanligi tasdiqlandi.
Ingichka ichak
ning
 
yuqori bo’limlarida mikroorganizmlar me’daga nisbatan kam (1 ml 
da 102–103 atrofida) bo’ladi, bunga sabab o’n ikki barmoq ichakka tushadigan o’t 
moddasining bakteritsid ta’siri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, laktobatsilla, bifidumbakteriya, 
Str. faecalis va kandidalar (zamburug’lar) topiladi (autoxton mikroflora). Alloxton 
mikroorganizmlarga ichak tayoqchasi va N.pylori lar misol bo’la oladi, bu mikroblar o’n ikki 
barmoq ichakda yara paydo bo’lishiga olib keladi. 
Mikroorganizmlar ingichka ichakning pastki qismida ko’paya boradi va ular sifat jihatidan 
yo’g’on ichak mikroflorasiga yaqin turadi. 
Yo’g’on ichak
odam organizmi bioptatlari ichida eng ko’p mikrob tutuvchi joy 
hisoblanadi. 1 g najasda 109–1011 ta 500 turdan ortiq mikroorganizm uchraydi. Odam kuniga 
najas bilan 17ґ1012 mikroblarni tashqariga chiqaradi. Obligat mikrofloraning 98–99% 
anaerob mikroorganizmlar — bakteroid, bifidobakteriya, laktobakteriya, fuzobakteriya, 
peptokokk, klostridiya, korinebakteriya, peptostreptokokk va boshqalar hisoblanadi. 
Fakulьtativ anaeroblar — E.coli, Str. faecalis, Enterobacter, Citrobacter va boshqalar. 
Alloxton mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi: Proteus, Klebsiella, Cl. perfringes, Cl. 
sporogenes, Ps. aeruginosa, C. albicans, Ent. coli va boshqalar. 
Odam ichak mikroflorasi hayoti davomida o’zgaradi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning 
ichagiga asosiy mikroflora, ona suti orqali tushadi (bifidobakteriya, L. acidophilus). 
Sun’iy boqiladigan, 
oyiga 
yetmay tug’ilgan va nimjon chaqaloqlar ichagi 
mikrobiotsenozida bifidumbakteriyalar miqdori kamaygani aniqlangan, buning hisobiga 


ichak tayoqchasi, enterokokklar, stafilokokklar va laktobakteriyalar ko’payib ketadi. Sigir 
suti ichadigan chaqaloqlarda grammanfiy anaeroblar (enterobakteriya, kokklar) ko’payadi. 
Sun’iy ovqatlantiriladigan chaqaloqlarda onasini emgan chaqaloqlarga nisbatan ichak 
kasalliklari ko’proq kuzatiladi. Bolalarda me’da-ichak mikroflorasining normal shakllanishi 
uchun bolani tug’ilganidan boshlab to 1–2 yoshgacha emizish juda katta ahamiyatga ega. 
Щunday qilib, yo’g’on ichak mikroflorasini quyidagi 4 guruhga bo’lish mumkin: 
1.Mikrofloraning asosiy massasini spora hosil qilmaydigan qat’iy anaeroblar tashkil etadi, 
bularga Bifidobacterium turkumining grammusbat bakteriyalari kiradi. Yo’g’on ichak 
mikroflorasining 96–98% bifidobakteriyalar va bakteroidlarga to’g’ri keladi. 
2.Ikkinchi guruh grammanfiy E.coli va grammusbat enterokokklar, spora hosil 
qilmaydigan Lactobacillus turkumining sut achitqi tayoqchalari, ya’ni fakulьtativ 
anaeroblardan tashkil topgan. Ular ulushiga barcha mikroblarning 1–4% to’g’ri keladi. 
3.Uchinchi guruhga fakulьtativ anaeroblarning qoldiq mikroflorasidan tashkil topgan 
(yo’g’on ichak mikroblarining 0,01–0,001%). Bu guruhga Staphylococcus, Proteus, 
Clostridium, Pseudomonas, Candida lar misol bo’la oladi. 
4.To’rtinchi guruhga Enterobacteriaceae oilasining ichak infektsiyalarini qo’zg’atishi 
mumkin bo’lgan doimiy va vaqtincha uchraydigan vakillari (Salmonella, Shigella, 
Enterobacter va boshqa turkum a’zolari) kiradi. 

Download 417,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish